Jizzax Prezident maktabi / RASMIY
1.45K subscribers
6.03K photos
520 videos
52 files
1.84K links
Download Telegram
#speech_time

🏢 Jizzax shahridagi Prezident maktabida erta tong ko'tarinki bayram kayfiyati bilan boshlandi. 1-oktyabr "O'qituvchilar va murabbiylar kuni" munosabati bilan maktab o'quvchilari mehridaryo ustoz va pedagoglarga samimiy tilaklar aytib, tabriknomalar va sovg'alar bilan iliq kutib olishdi.

⚡️Tonggi nutq paytida "Zakovat" intellektual o'yinida faol qatnashib, respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgan o'quvchilar taqdirlandi.

Barcha ularga keyingi bosqichda ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

⚡️Shuningdek, haftaning eng shov-shuvli voqeasi maktab Prezidentlik saylovi natijalari e'lon qilindi. Natijalarga ko'ra 33 foiz ovoz bilan Ergashev Dostonjon g'oliblikni qo'lga kiritdi va maktab prezidenti etib saylandi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun barchamiz uzoq kutgan "Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi qonun Oliy Majlis Senati tomonidan qabul qilindi.

Mazkur Qonun ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan 640 mingdan ziyod pedagog — tarbiyachi, o‘qituvchi va murabbiylarining haq-huquqlarini, jamiyatdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, ular orqali farzandlarimiz tahsil olayotgan ta’lim dargohlaridagi muhitni yaxshilashga xizmat qilishi shubhasiz.

Davlatimiz rahbarining pedagoglarimiz faoliyatini himoya qilishga qaratilgan bir qator Qaror va Farmonlari mavjud bo‘lib, ular orqali pedagoglarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, ularning haq-huquqlarini himoya qilish uchun shart-sharoit va huquqiy asoslar yaratilgan. Shunga qaramay, pedagoglarimizning nufuzini oshirish uchun ushbu Qonun juda muhim edi.

Qonun eng avvalo bugungi kunda juda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘ladigan masala, pedagog xodimlarga o‘z kasbiy faoliyati bilan shug‘ullanishiga g‘ayriqonuniy ravishda aralashuvlardan himoyalanish huquqi berilayotganligi bilan ham ahamiyatga molik. Mana shu birgina jihat, ya’ni pedagog o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirish chog‘ida o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilishi, pedagogning nufuzini yangi bosqichga ko‘taradi, deb o‘ylayman.

Fursatdan foydalanib yaqinlashib kelayotgan qutlug‘ sana bilan tabriklayman, bugungi qabul qilingan Qonun barchamizga muborak bo‘lsin!
“Barqaror rivojlanish madaniyatini targ‘ib qilish va O‘zbekiston bolalari va yoshlarini iqlim masalalariga jalb qilish bo‘yicha” Milliy strategiya qabul qilindi

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida yoshlar tashabbuslari asosida ishlab chiqilgan Milliy strategiyani imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

❗️
Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova, Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikramov, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, UNICEF tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamadzade, UNESCOning Ta'lim bo'yicha mutaxassisi Mariko Fujisawa qatnashishdi.

⚡️Uchrashuvda, shuningdek Toshkent shahridagi 81-maktab va Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Ma’lumot uchun, mazkur ikki maktab ”Eco-schools Uzbekistan" loyihasi doirasida Ekologik ta’lim fondi (FEE) 7 qadam dasturining oliy mukofoti — Yashil bayroqqa sazovor bo’lishgan.

Tadbir davomida mas'ullar ekologik muammolarning naqadar dolzarbligi va ushbu qabul qilinayotgan Milliy strategiyaning ahamiyati haqida so'z yuritishdi.

✔️ Shuningdek, xalqaro tashkilotlar, mas'ul vazirlik va yoshlar ishtirokida ishlab chiqilgan mazkur hujjatda:

bolalarda ekologik muammolar bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirish;
mamlakatda iqlimbardosh va muqobil energetika manbalaridan keng foydalanish;
oziq-ovqatni isrof qilmaslik va chiqindilarni qayta ishlash;
ekologiyani asrashga o‘z hissasini qo‘shganlarni munosib rag‘batlantirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanayotganligi
ta'kidlandi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirini jonli efirda tomosha qiling!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“1-oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni"ga bag‘ishlangan bayram tadbirlari davom etmoqda.

⚡️Poytaxtimizdagi Xalqaro anjumanlar saroyida vazirlik tizimidagi 40 nafar ta’lim sohasi xodimlarini "Xalq ta’limi fidoyisi", "Xalq ta’limi a’lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

❗️Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ushbu mukofotlarni o‘z egalariga topshirdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM