Jizzax Prezident maktabi / RASMIY
1.45K subscribers
6.12K photos
524 videos
52 files
1.86K links
Download Telegram
#mehr_ulashaylik
#volontyorlik_ishi

Jizzax shahridagi Prezident maktabi jamoasi va o'quvchilari " Keksalarni e'zozlash" haftalagi doirasida mahallalardagi yolg'iz qariyalarni holidan xabar olish, ularning uy yumushlariga yordamlashish maqsadida bugun Jizzax shahar Olmazor mahallasida yashovchi yolg'iz ayol Quysinoy O'ralovaning uyiga tashrif buyurishdi.

💫Ushbu ko'ngillik loyihasi yil davomida amalga oshirib borilishi rejalashtirilmoqda !

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
📌PS MODEL UNITED NATIONS!

🏢 Jizzax shahridagi Prezident Maktabida Model United Nations konferensiyasining alternativ varianti.

Bu loyiha yuqori sinf o’quvchilarining siyosiy va madaniy dunyo qarashini kengaytirish, omma oldida nutq so’zlay olish va jamoaviy ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun tashkil etilgan bo’lib, har xil sohadagi muammolarni hal qilishda o’z tashabbuslarini, fikrlarini ifoda etishlari uchun imkoniyat yaratadi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
#Xorijiy_tashrif
#Prezident_maktablari

Ayni paytda amaliy tashrif bilan O'zbekistonda bo'lib turgan Tatariston Respublikasi prezidenti Rustam Minnixanov Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Jizzax shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurdi.

Unga Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri Abduqodir Toshqulov va Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev hamrohlik qilishdi.

❗️Uchrashuv davomida mehmonlarga Prezident maktabi faoliyati, maktab hayoti hamda o'quvchilar tomonidan erishilgan yutuqlar haqida ma'lumot berildi.

📌Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov o'quvchilar bilan suhbatlashdi va yaratilgan sharoitlar hamda Prezident maktablari loyihasini alohida e'tirof etdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT TANLOV❗️

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi oliy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi bilim yurtlari talabalari o‘rtasida “QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!” shiori ostida videoroliklar tanlovini e’lon qiladi!

🔰 Tanlov uchun materiallar quyidagi talablar asosida qabul qilinadi:

🔸 videoroliklar davomiyligi 2-3 daqiqadan oshmasligi kerak;
🔸tilni madh etuvchi she’rni ijro etish mahoratiga e’tibor qaratish lozim;
🔸materiallar 👉@moturidiyuz_bot👈 telegram manziliga 2022-yil 17-oktyabr soat 17:00 ga qadar yuborilishi so‘raladi.

♻️Tanlov g‘oliblari Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan munosib taqdirlanadi.

Shoshiling va iqtidoringizni namoyon qiling!

_____________
Bizni rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring 🔽

🌐 Telegram | Facebook