Jizzax Prezident maktabi / RASMIY
1.46K subscribers
6.14K photos
525 videos
52 files
1.87K links
Download Telegram
⚡️Jizzax shahridagi Prezident maktabi pedagog-tarbiyachisi Barno Mamanova 5,6,7-sinflar uchun "Tozalik va obodlik ko'ngildan boshlanadi" mavzusida amaliy mashg'ulot o'tkazdi. Tozalik inson hayoti uchun qanchalik ahamiyatli ekanligi haqida so'z yuritildi. Qizg'in bahs va munozaralarga boy tarzda o'tgan mashg'ulot o'quvchilarda yaxshi taassurot qoldirdi.

Bu kabi taqdimotlar o'quvchilarning ongida tozalikka e'tiborni kuchaytirishga xizmat qiladi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Jizzax Kiber Arenasida bo'lib o'tgan IT Community roadshow taqdimotidan videolavha.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax Prezident maktabida “Ekologik xabardorlik va harakat” seminari bo‘lib o‘tdi!🌍♻️

Jizzax shahridagi Prezident maktabida Young Climate Champions loyihasi doirasida "Ekologik xabardorlik va harakat" nomli seminar tashkil etildi. Tadbirda 150 dan ortiq o‘quvchi ishtirok etdi va iqlim o‘zgarishi hamda uning oqibatlari haqida chuqur tushunchaga ega bo‘lishdi.

🌱 Seminar davomida:
Iqlim o‘zgarishining sabablari va oldini olish yo‘llari bo‘yicha interaktiv mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
O‘quvchilar Eko-zakovat va Eco-debat bahslarida qatnashib, ekologik muammolar yechimlari bo‘yicha fikr almashishdi.
Seminar yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

♻️ Tabiatga e’tibor – kelajakka e’tibor! Ushbu tadbir ekologik xabardorlikni oshirish va yoshlarni ekologik muammolarga yechim topishga undashga xizmat qildi.

#YoungClimateChampions #EkologikXabardorlik #EcoSeminar #JizzaxPrezidentMaktabi

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🚀 Jizzax Kiber Arenasida IT Community Roadshow taqdimoti bo‘lib o‘tdi!

⚡️ Jizzax IT hamjamiyati uchun muhim kun! IT Community Roadshow tadbiri Jizzax Kiber Arenasida bo‘lib o‘tdi va texnologiya sohasiga qiziquvchi yoshlar, mutaxassislar hamda startap asoschilari uchun katta imkoniyat yaratdi.

💡 Tadbir davomida:
IT industriyasidagi so‘nggi trendlar va innovatsiyalar taqdim etildi;
Startaplar uchun imkoniyatlar, grantlar va inkubatsiya dasturlari haqida ma’lumot berildi;
IT sohasidagi mutaxassislar tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi;
Ishtirokchilar networking orqali yangi hamkorlar va do‘stlar orttirishdi.

📍 Texnologiya va innovatsiyalar sari yana bir qadam! IT Community Roadshow – bu nafaqat taqdimot, balki yangi g‘oyalar, bilim va imkoniyatlar platformasi bo‘lib xizmat qildi.

#ITCommunity #Roadshow #Jizzax #Texnologiyalar #Startap #Innovatsiya

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
📢 E’lon: IGCSE, AS va A Level CAIE Imtihonlari – May/iyun 2025

Sizni xushxabar bilan tanishtiramiz! Bizning maktabimiz May/iyun 2025 imtihon sessiyasi uchun Cambridge imtihonlariga talabgor o‘quvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni boshladi. Agar siz ushbu imtihonlarga ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi ma’lumotlarga e’tibor bering:

Kimlar ro‘yxatdan o‘tishi mumkin? – Barcha talabgor o‘quvchilar
Imtihon turlari: – IGCSE, AS Level va A Level dasturlaridagi fanlardan imtihon topshirish imkoniyati mavjud.

📅 Muhim sanalar:
📍 Ro‘yxatdan o‘tishning oxirgi kuni: 2025-yil 10-fevral
📍 Imtihon sanalari: 2025-yil 30-aprel – 11-iyun

📞 Qo‘shimcha ma’lumot olish yoki ro‘yxatdan o‘tish uchun biz bilan bog‘laning (@utkurb) yoki shaxsan maktabimizga tashrif buyuring.

Sizning akademik muvaffaqiyatingiz biz uchun muhim!

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#psychologist_time
#CIS
#LEADERSHIP_TRAINING

⚡️Jizzax shahridagi Prezident maktabida maʼmuriy-boshqaruv xodimlari uchun "Liderlik xususiyatlari: o'zlikni anglash muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish" nomli psixotrening mashg'ulotlari oʻtkazildi.

Liderlik xususiyatlarini rivojlantirishda o'zlikni anglash va muloqot qobiliyatlari muhim o'rin tutadi. O'zlikni anglash, liderning o'z kuchi va zaif tomonlarini tushunishiga yordam beradi, bu esa uni yanada samarali boshqaruvchi qiladi. Muloqot qobiliyatlarini rivojlantirish, o'z fikrini aniq va tushunarli ifodalash, shuningdek, boshqalarni tinglash va ularga hurmat bilan yondashishni o'rganish orqali jamoa bilan muvaffaqiyatli ishlash imkonini beradi.

Psixotreningda bu qobiliyatlarni rivojlantirish, liderga o'zining ichki resurslarini topishga va boshqalar bilan to'g'ri muloqot o'rnatishga yordam beradi, bu esa jamoaning umumiy maqsadlarga erishishida katta rol o'ynaydi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💧 Energiyani va suvni tejash – kelajak uchun mas'uliyatimiz! 🌱

Global Perspectives fanida o‘quvchilar barqarorlik mavzusi doirasida suv va energiyani tejash muhimligi haqida o‘z fikrlarini bildirishdi. 🌍💡

Bu tashabbus o‘quvchilarga ekologik muammolar haqida chuqurroq o‘ylash, muammolarga innovatsion yondashish va barqaror hayot tarzini shakllantirish imkonini berdi.

Har bir kichik qadam – katta o‘zgarishlarga olib keladi! 💙 Siz ham barqaror kelajak uchun o‘z hissangizni qo‘shing:

💡 Keraksiz chiroqlarni o‘chirib qo‘ying.
🚰 Suvni behuda sarflashdan saqlaning.
♻️ Energiyani tejaydigan texnologiyalardan foydalaning.

Kelajak avlod uchun toza va yashil dunyo yaratish har birimizning qo‘limizda! 🌍

#BarqarorKelajak #GlobalPerspectives #EnergiyaniTejaylik #SuvniTejaylik

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Jizzax Prezident maktabida tongi “HOPE” loyihasi.

Jizzax shahridagi Prezident maktabi 10-Blue sinf o'quvchisi Suyunova Mohinur " The impact of social media on Society" mavzusida o'quvchilarga taqdimot qildi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook