Jizzax Prezident maktabi / RASMIY
1.54K subscribers
6.6K photos
559 videos
52 files
2K links
Download Telegram
🎞 Ustozlar va ularning mashaqqatli mehnatiga bag‘ishlangan filmlar

❗️Ustozlarning nafaqat o‘zi, balki ular haqidagi yaxshi film ham tarbiyalashi, o‘rgatishi mumkin.

⚡️ Dam olish kuni yaxshi film tomosha qilishingiz va ilhom olishingiz uchun ushbu ro’yxatni taqdim etamiz:

1. “Super 30”;
2. “Ron Klark tarixi”;
3. “Moʻjiza”;
4. “Iqtidorli”;
5. “Uch savdoyi”;
6. “Ustoz”;
7. “Matematik moʻjizalar”;
8. “Ibrat”;
9. “Uyg‘onish davri odami”;
10. “Hayot go‘zal”;
11. “Zulmat”;
12. "Xorchilar”;
13. “Ikkichi”;
14. “Tafakkur o‘yinlari”;
15. “Yerdagi yulduzchalar”;
16. “Olg‘a, Hindiston!”;
17. “O‘rindosh”;
18. “Murabbiy”;
19. “O‘qituvchi”;
20. “Zakovatli Uill Xanting”...

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mehr_ulashaylik
#charity_work

⚡️Ijtimoiy himoya milliy agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda Jizzax shahridagi Prezident maktabi volontyor o'quvchilari bilan yo'lga qo'yilgan “Mehr ulashaylik” loyihasi asosida navbatdagi manzil koʻmakga ehtiyojmand inson xonadoniga tashrif buyurildi.

Bu loyihadan ko'zlangan maqsad o'quvchilarda mehr, muruvvat, sahovatpeshalik hamda odamiylik xissini oshirish, jamiyatga foyda keltirish, muhtojlarga yordam berishni maqsad qilgan.

Xayriya ishi orqali har bir inson o‘z ulushini qo‘shishi va jamiyatda ijobiy o‘zgarishlarga erishish uchun harakat qilishi mumkin.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
⚡️Jizzax Prezident maktabida tongi “Speech Time” tadbiri.

Bugun Jizzax shahridagi Prezident maktabi 10-sinf o'quvchilari
"Ecological companies" hamda
"Film Frenzy" mavzuslarida o'quvchilarga taqdimot qilishdi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#psychologist_time

Hayo - xaloskordir!

⚡️ Jizzax shahridagi Prezident maktabida MMIBDO' D. Haydarova, tarix fan o'qituvchisi M. Lapasov hamda maktab psixologi N. Egamova tomonidan o'quvchilar uchun "Hayo - xaloskordir" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

Davra suhbati davomida "Hislatlar jamlanmasi" mavzusida psixologik trening o'tkazildi. Maqsad odob-axloq shakllanishida insoniy, ijobiy sifat va hislatlarni doimiy shakllantirib borishdan iborat.

♻️Davra suhbatida o'quvchilarga odamiylik, yaxshi va yomonni ajrata bilish, insoniylikning yuksak mezoni bo'lmish ibo, hayo, vafo, sadoqat va ma'suliyat haqida eslatib o'tildi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Vatan_tayanchi

📍Jizzax shahridagi Sharof Rashidov xiyobonida Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilariga “Vatan tayanchi” ko‘krak nishoni va guvohnomalarini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi rahbariyati va xodimlari, Agentlik tizimidagi maktab jamoalari, harbiy xizmatchilar, mahalla faollari, faxriylar, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

🤩 Agentlikning Jizzax viloyatida joylashgan 15 ta: Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining 300 nafar oʻquvchisi “Vatan tayanchibolalar va oʻsmirlar vatanparvarlik harakatiga aʼzo qilinib, ularga harakatning koʻkrak nishoni va guvohnomalari topshirildi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook