Jizzax Prezident maktabi / RASMIY
1.45K subscribers
6.01K photos
520 videos
52 files
1.84K links
Download Telegram
⚡️Jizzax shahridagi Prezident maktabida “O‘quvchilar bilan samarali psixologik faoliyat yuritish: interaktiv metodlar, muammolar bilan ishlash” mavzusida psixologik trening mashg‘ulotlari bo'lib o’tdi.

📘Ushbu psixologik treningda maktabgacha va maktab ta’lim muassasasi psixologlari qatnashishdi hamda mashg'ulot so'nggida faol ishtiroki uchun har bir qatnashuvchiga sertifikat taqdim etildi.

#psixologiktrening #psixolog

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
⚡️Jizzax shahridagi Prezident maktabi hamda 4-sonli umumta'lim maktabi o’quvchilari o'rtasida “Jasorat – millat g‘ururi va iftixori” shiori ostida sportning “Voleybol, basketbol va futbol” yo'nalishlarida o'rtoqlik uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

#voleybol #basketbol #futbol

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#psychologist_time

🏢 Jizzax shahridagi Prezident maktabida O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi qo'riqlash bosh boshqarmasi Jizzax viloyati qo'riqlash boshqarmasining harbiy xizmatchilari bilan birgalikda "Bola huquqi himoyasida birgamiz!" mavzusida psixotrening mashg'uloti tashkil etildi.

⚡️ Unda "Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiya"ning tegishli moddalari haqida ma'lumotlar berildi hamda xizmat faoliyati doirasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan turli vaziyatlar yechimi yuzasidan amaliy mashg'ulotlar olib borildi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
Forwarded from Hilola Umarova
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

Hurmatli vatandoshlar,
Qadrli pedagoglar!

Shonli tariximiz zarvaraqlariga nazar tashlar ekanmiz, bugungi tinch va faravon hayotimiz uchun necha o‘n yillar oldin zahmat chekkan ota-bobolarimizning buyuk xizmatlari yodimizga keladi.

Millat ravnaqi hamda o‘zbek yoshlarining bilimli va ma’rifatli bo‘lib kamol topishi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan jadid hamyurtlarimizning buyuk jasorati, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan bobolarimizning mardlik va fidoyiligi bugungi yoshlar uchun katta o‘rnak bo‘lishi tabiiy. O‘tmishimizning bu lavhalari buyuk tariximizning ajralmas bir bo‘lagi, desam ayni haqiqat bo‘ladi.

Xotira — aziz, qadr — muqaddas. Bugungi xotirjam hayotimiz va Jonajon O‘zbekistonimizning nurli kelajagi, ertangi istiqboli uchun o‘z vaqtida umrini baxshida etgan minglab vatandoshlarimiz xotirasi biz uchun doimo aziz va muqaddasdir!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
🏢Jizzax shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari "9-may Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan maktabimizda xizmat qilayotgan Milliy Gvardiya xodimlariga o‘zlarining minnatdorlik xatlarini topshirishdi!

📌O‘quvchilar xodimlarining mashaqqatli mehnatlarini etirof etib, ularni bayram bilan tabriklashdi, o‘zlarining kichik sovg‘alarini berishdi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook