Jizzax Prezident maktabi / RASMIY
1.45K subscribers
6.01K photos
520 videos
52 files
1.84K links
Download Telegram
#Tanlov #Insho

⚡️Jizzax shahridagi Prezident maktabida Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan "Tarix qa'ridagi ikki yulduz" mavzusida insholar tanlovining maktab bosqichi o'tkazildi.

🔹O'quvchilar bobokalonlarimizning bizga qoldirgan meroslaridan chiqargan xulosalarini bir joyga jamlab, o'z mulohazalarini qayd etishdi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Ta’limning uzviyligini ta’minlashda hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ta’limning uzviyligini ta’minlashda hamkorlikdagi yo‘nalishlar, jumladan ikki tashkilot tizimidagi ta’lim muassasalari integratsiyasi, turli fan olimpiadalarini tashkil etish, akademik litsey o‘quv dasturlarini ixtisoslikka moslashtirish, OTM bitiruvchi bosqich talabalarining Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablaridagi amaliyotini tashkil etish yuzasidan hamkorlikni yanada kuchaytirish, shuningdek, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni olib borishda professor-o‘qituvchilar tajribasidan foydalanish kabi takliflar muhokama qilindi.

Muloqot so‘nggida tomonlar bildirilgan takliflarni amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh tashkil qilish va amaliy chora-tadbirlarni boshlashga kelib olishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Navoiy_tavalludining_583_yilligi

Gʻazal mulkining sultoni sifatida barcha turkiy xalqlar orasida yuksak qadrladigan buyuk shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy ijodi chinakam ma’noda o‘zbek adabiyotining ulkan xazinasidir.

❗️Navoiy o‘z davrida ikki — turkiy va forsiy tillarda birdek ijod qilgan kam sonli ijodkorlardan. Uning barcha asarlarida inson va borliq, uning ichki kechinmalari va tuyg‘ulari, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-falsafiy yo‘nalishlarga doir dolzab mavzular katta badiiy mahorat bilan tasvirlangan.

⚡️Yoshlarni ilm olishga undovchi, Vatanga sadoqat hamda ota-ona va yaqinlarni qadrlash ruhida tarbiyalaydigan nazmiy asarlari necha asrlarki xalqimiz tomonidan sevib mutolaa qilinadi.

Alisher Navoiy — o‘zbek adabiyoti va tarixining buyuk shaxslaridan biridir.
⚡️Jizzax shahridagi Prezident maktabida sport yo’nalishining futbol doirasida “Prezident maktabi Superkubogi”ning final o’yinlari bo'lib o'tdi.

🏆Superkubok doirasidagi uchrashuvlarda o'z mahorati bilan ajralib turgan futbolchilar uchun quyidagicha nominatsiyalar topshirildi.

🏆Golden ball
🏆Golden boot
🏆The best(defender)
🏆The best(forward)
🏆Puskás award

❗️Ma’lumot uchun final uchrashuvlari 3-o'rin va 1-o'rin o’yinlari uchun bo’lib o’tdi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Samarqand viloyatidagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning o'qituvchi hamda o'quvchilari Samarqand shahridagi Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qo’yishdi.

Nukus shahridagi Prezident maktabida "Tarix qa'ridagi ikki yulduz" mavzusida  insholar tanlovi o’tkazildi.

Termiz shahridagi Prezident maktabida “Zakovat” intellektual o‘yinining ikkinchi mavsumi boshlandi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabi o’quvchilari Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti faoliyati bilan tanishdi.

Andijon shahridagi Prezident maktabi direktorining Maxsus fanlar boʻyicha yangi oʻrinbosari tayinlandi.

Jizzax shahridagi Prezident maktabida futbol bo’yicha “Prezident maktabi Superkubogi”ning final o’yinlari bo'lib o'tdi.

Navoiy shahridagi Prezident maktabida Navoiy viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi vakillari ishtirokida  davra suhbati oʻtkazildi.

Nurota tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari o'rtasida "Tarix unutmaydigan ikki buyuk shaxs" mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi .

Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Yangi O’zbekiston” universiteti vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Do‘stlik tuman ixtisoslashtirilgan maktabda “Besh tashabbus” doirasida  o‘quvchilar o‘rtasida "Kubik-rubik" musobaqasi o‘tkazildi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o'quvchisi Alisher Ahatjonov AQShning Cincinnati universiteti grantini qo'lga kiritdi.

Chinoz va Quyichirchiq tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablari o'qituvchilari o'rtasida futbol musobaqasi oʻtkazildi.

Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o’quvchilari Asakabank faoliyati bilan tanishdi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri jamoasi tomonidan “Alisher Navoiy” nomli spektakli namoyish etildi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida “Robo-Coding” seminari o’z nihoyasiga yetdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube