Jizzax Prezident maktabi / RASMIY
1.52K subscribers
6.59K photos
558 videos
52 files
1.99K links
Download Telegram
#Direktorlar_Angliyada
#birinchi_kun

🗺“Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi" ishtirokchilari uchun bugun Angliyadagi Portsmut universitetida seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi.

📝Unda:
Buyuk Britaniya ta’lim tizimining o‘ziga xosligi;
samarali boshqaruv uchun direktor va o‘qituvchilarning birgalikda ishlashlarining samaradorligi haqida so‘z bordi.

Kunning ikkinchi qismida esa bola xavfsizligi hamda maktabda sog‘lom va xavfsiz muhitni ta’minlash haqida seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda bu borada o‘qituvchilar va maktab rahbarlari bilan bir qatorda ota-ona va mahalliy jamoachilikning birgalikda harakatini muhimligi ta’kidlandi.

🗣Ta’kidlash joiz: ayni vaqtda kasbiy rivojlanish seminarlarida ishtirok etayotgan direktorlar o‘z tajribalarini kelgusida boshqa maktab direktorlari bilan bo‘lishishlari rejalashtirilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Bugun Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Buyuk Britaniyaga ta’lim sayohatiga jo‘nab ketayotgan o‘quvchilar bilan uchrashdim.

Rosti, beg‘ubor, orzulari osmon, ko‘zlarida kelajakka katta ishonch porlab turgan bu yoshlarni ko‘rib, zavqim oshdi. Ularning o‘z fikrlarini turli chet tillarida burro-burro bildirib muloqot qilishayotganidan xursand bo‘ldim.

Tanlovda yurtimizdagi 7000 ga yaqin maktabdan qariyb 35 ming nafar o‘quvchi qatnashdi. Ularning 32 ming nafardan ortig‘i ingliz tilidan, ming nafardan ortig‘i nemis tilidan, ming nafarga yaqini fransuz tili yo‘nalishlarida ushbu tanlovlarda ishtirok etdi.

Bugun uchrashuvda qatnashgan 70 nafar o‘quvchilar mazkur tanlovning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, Respublika bosqichiga chiqqan eng baxtli o‘g‘il-qizlarimiz, desam adashmagan bo‘laman.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, xorijiy tillarni egallash yoshlarimizga dunyo eshiklarini ochish barobarida, ularning jahon ilmu fanini o‘rganishlarida katta yordam beradi.

Ham sayohat, ham ta’limga doir ushbu safar o‘quvchilarga katta motivatsiya beradi hamda yanada chuqur bilim egallashlariga zamin yaratadi. Ular O‘zbekistonga qaytganidan so‘ng, u yerda olgan taassurot va bilimlarini o‘z tengdoshlari bilan bo‘lishadi.

❗️Fursatdan foydalanib, tanlovda g‘olib chiqqan o‘quvchilarning ustozlariga ham o‘z minnatdorligimni bildirmoqchiman. O‘quvchilarga bilim berish bilan bir qatorda, ularni ushbu bellashuvlarga qiziqtira olish ham o‘qituvchilardan katta matonat va sabr talab etadi.

⚡️Sayohatingiz maroqli va taassurotlarga boy o‘tishiga ishonaman, aziz o‘quvchilar! Oq yo‘l sizlarga!
#fan_olimpiadasi
#matematika_va_kimyo

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida faoliyat koʻrsatayotgan matematika va kimyo fani oʻqituvchilari oʻrtasida ikki bosqichli olimpiada oʻtkaziladi.

🗺 Mazkur olimpiadaning birinchi bosqichi tizimdagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi matematika va kimyo fani oʻqituvchilari oʻrtasida joriy yilning 25-noyabr kuni hududlarda boʻlib oʻtadi va unda 914 nafar ishtirokchi, shundan 559 nafar matematika, 355 nafar kimyo fani oʻqituvchilari ishtirok etishi kutilmoqda.

❗️Olimpiadaning birinchi bosqichidan har bir fan boʻyicha muvaffaqiyatli oʻtib, 1-2-3-oʻrinlarni qoʻlga kiritgan jami 84 nafar ishtirokchilar uchun olimpiadaning ikkinchi bosqichi 2024-yilning 5-6-yanvar kunlari Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda oʻtkaziladi.

🗣Olimpiada jarayonlari va natijalari bilan Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali maʼlumot berib boramiz.

#Prezident_maktablari
#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Direktorlar_Angliyada
#ikkinchi_kun

🗣Xabar berganimizdek, bir guruh maktab direktorlari Angliyadagi Portsmut universitetida kasbiy rivojlanish mashg’ulotlarida ishtirok etishmoqda.

❗️Bugungi treninglarda:
o’quvchiga yo’naltirilgan ta’lim,
maktab direktorlari uchun o’quvchining manfaatlarini birinchi o’ringa qo’yish hamda
o’quv dargohida bolalar uchun har tomonlama qulay muhit yaratish haqida so’z bordi.

Kunning ikkinchi yarmida esa ta’limdagi o’zgarishlar va islohotlarni amaliyotga joriy etishdagi risk va muammolar hamda ta’limda natijaga erishish uchun inobatga olinishi lozim bo’lgan jihatlar haqida seminar bo’lib o’tdi.

📝Eslatib o’tamiz, Portsmutdagi kasbiy rivojlanish mashg’ulotlari 2 hafta davom etadi.


Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#seminar_trening
#Xalqaro_oʻqituvchilar_tajribasi

⚡️Zarbdor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining pedagog xodimlari uchun "Learning and teaching" mavzusida viloyat Prezident maktabining xalqaro toifali o'qituvchilari Filippinlik Daniel Patot va Hindistonlik Narendra Khaire tomonidan seminar-trening bo'lib o'tdi.

📝 Seminar davomida:
E-learning (o'qitish metodlarida elektron platformalaridan foydalanish)
Loyihaviy ta'limga asoslangan mashg'ulotlar

Filippin davlatida kasbi maktab maslahatchisi bo'lgan xalqaro toifali matematika o'qituvchisi Daniel Potot tomonidan o'qituvchilar va 11-sinf o'quvchilari uchun:
Career - Personality Inventory Tests (karyera - shaxsiyatni inventarizatsiya qilish testlari)
Xalqaro o'qitish metodlari
O'quvchilarni kasbga yo'naltirishda jaxon tajribasi
Xalqaro sertifikatlar va A-Level ga ega bo'lish o'quvchilar uchun qanday ustunliklar mavjudligi borasida seminar bo'lib o'tdi.

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Millatni uygʻotgan ijodkorlar loyihasining davomi sifatida Oʻzbek jadidlari ruknidan.

📌 Oʻzbek jadidlari orasida oʻz oʻrniga ega boʻlgan ijodkor, atoqli ma'rifatparvar, istedodli shoir va pedagog, O'zbek xalqi maorifi, adabiyotining ulkan namoyandalaridan biri bo'gan Abdulla Avloniy

👉 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook | Youtube
#Xorijiy_hamkorlik

Xabar berganimizdek, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod  hamda ixtisoslashtirilgan maktab direktorlari Angliyaning Portsmut shahriga malaka oshirish uchun jo‘nab ketishgandi.

📆 Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, Oʻzbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi Favqulotda va Muxtor elchisi Ravshan Usmanov, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi boshqarma boshligʻi Nargiza Qoʻchqorova hamda Portsmut universiteti rahbariyati va masʼul shaxslari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

🗣Unda malaka oshirishga kelgan tizimdagi maktab direktorlari uchun ushbu malaka oshirish jarayonlarining ahamiyati, qolaversa, tajriba tariqasida tadbir qatnashchilarining 2 kun davomida Angliyadagi maktablarda direktor sifatida amaliyot o‘tashi haqida fikr-mulohazalar almashildi.

🌐 Mezbonlar tomonidan Oʻzbekistonda taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan keng islohotlar, yirik loyihalar, shuningdek, Angliya va Oʻzbekiston oʻrtasida rivojlanib borayotgan barcha sohalar singari taʼlimda ham ikki tomonlama yaqin hamkorlik va doʻstona munosabatlar alohida eʼtirof etildi.

#Angliya #Portsmut

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube