Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Vaqtingiz bo'lganda bemalol ko'ring.Ketgan vaqtingiz foydali boladi albatta
❤2
Do what can be done nowww and leave what's not is your control to get rid of overthinking
You can't control: The past, The results, The Future, Other people's opinion
You can only effect for your future now but you can't control. Control your words,thoughts,self-awareness, how you treat others!

❤🔥3⚡2❤2
https://t.iss.one/+JtcdIRKmjGM5MDIy
Html+Js+Css+React+Nodejs
Full stack o'rganmoqchi bo'lganlarga 👆. Albatta foydali
o'zimni materiallarim yigilgan joy

⚡2❤2🏆2
Ishlar bitganda insonlardan voz kechish oson, ammo unutmang: haqiqiy insonlik yo'lida kimnidir yomon qilib ko'rsatib yoki orqasidan yomon gaplar tarqatib o'z maqsadingizga yetish sizni buyuk qilmaydi.
Orqasidan gapirish — ojizlik alomati. Yaxshi odamlar yuziga tik qaraydi, ojiz va yomon insonlar esa orqasida so'z yuritadi. Birovning yordami bilan yuksalib, keyin uni yomonlash orqali siz faqat o'zingizni yerga urasiz.
Haqiqiy qadr, insonlarning siz uchun qilgan mehnatlari va samimiyatini qadrlashda namoyon bo'ladi. Hayot bumerang kabi — bugun boshqani yerga urdingizmi yoki orqasidan yomonladingizmi, ertaga xuddi shu zarba o'zingizga qaytadi.
Shunday ekan, o'zini buyuk ko'rsatish uchun boshqalarni tahqirlash va ortidan gapirishdan ko'ra, chin inson bo'ling. Axir, maqsadga yetish uchun odamlarni qurbon qilish emas, ularning duosini olish zarur. Unutmang: 'Har bir qilgan ishning savobi va gunohi bor.'

⚡3❤3❤🔥2👍1🥴1🗿1
Forwarded from Nothing (Javohir Abduxalilov)
Ota-onang uchun harakat qil,
Qolganlarni sensiz ham kuni oʻtadi..)❗️
Qolganlarni sensiz ham kuni oʻtadi..)❗️
❤🔥5👌3🦄2🔥1👀1
Ilmni izlashmi yo uni ko‘rsatishmi?
Hozirgi zamonda ilm olish, yangi narsalarni o‘rganish va o‘z ustida ishlashni o‘rniga, ko‘pchilik ilmli insondek ko‘rinishga harakat qilmoqda. Go‘yoki, insonlar bilim bilan emas, bilimli ko‘rinish bilan jamiyatda qadrlanishni afzal biladilar.
Qadim zamonlarda ilm izlagan kishi yil davomida kitoblar titib, murabbiylar darsida soatlab o‘tirardi. Ular har bir tushunchani tushunib, hayotga tatbiq qilishga urinishardi. Bugungi kunda esa bu jarayon yengillashgan, axborotga kirish imkoniyatlari kengaygan bo‘lsa-da, ilm olish istagi qashshoqlashgan.
Ko‘p insonlarning maqsadi — o‘zini ilmli qilib ko‘rsatish. Kiyinishidan tortib, so‘zlash uslubi, ijtimoiy tarmoqlardagi paydo bo‘lishigacha, hammasida bu ko‘zbo‘yamachilikni ko‘rish mumkin. Chuqur bilimga ega bo‘lmasdan, odamlarga “men ham o‘zimni rivojlantiryapman” degan taassurotni berish odatiy holga aylanib bormoqda. Bu esa ikki muammoni keltirib chiqaradi: birinchidan, jamiyatdagi haqiqiy bilimli insonlarning qadrsizlanishi, ikkinchidan, yolg‘on obro‘ga intilish tufayli ilmni izlashdan yuz o‘girish.
Ilmli bo‘lish va ilmli ko‘rinish o‘rtasidagi farqni anglash muhim. Ilmli bo‘lgan inson kamtarligi bilan ajralib turadi: u o‘zining nimani bilmasligini biladi va bilgan narsasini boshqalarga yetkazishga urinadi. Ilmsiz bo‘lib, ilmli ko‘rinishga harakat qiladigan inson esa maqtanchoqligi va o‘ziga ishonchsizligi bilan taniladi. Chunki u o‘zining bilmaganini yashirishga urinar, o‘zidan boshqalardan ustunroq ko‘rinishga harakat qilar.
Bu ikki guruhning jamiyatga ta’siri ham turlicha: haqiqiy ilmli odamlar jamiyatni oldinga olib chiqsa, soxta ilmli ko‘rinuvchilar esa rivojlanishdan ko‘ra ortga tortadi. Chunki ular o‘zlarini ko‘rsatishdan ortiq harakat qilishmaydi va boshqalarning ishonchini noto‘g‘ri maqsadlar yo‘lida suiiste’mol qilishadi.
Haqiqiy rivojlanish, haqiqiy bilimga intilishdan boshlanadi. O‘zimizdan so‘raylik: biz ilmli bo‘lishga intilyapmizmi yoki faqat ilmli bo‘lib ko‘rinishni istayapmizmi? Shuni unutmasligimiz kerakki, chiroyli so‘zlar, ko‘zga tashlanadigan liboslar va sun’iy muloqot oxir-oqibat fosh bo‘ladi. Ammo haqiqiy bilim, qanchalik sekin bo‘lmasin, insonni yuqori darajalarga olib chiqadi.
Ilmni sevish – bu nafaqat insoniy burch, balki o‘zini anglash va rivojlanish yo‘li hamdir.
Ohirigacha o'qiganingiz uchun raxmat !🦾

❤5⚡4💯2👾2