JavaScript || DSA
324 subscribers
10 photos
1 file
68 links
Assalomu Alaykum:
Bu Kanalda Dasturlashga oid turli xil masalalar tashlab boriladi.

Bu Kanalni ochishdan maqsad masala ishlash ko'nikmasini oshirish. Masalalar asosan leetcode.com dan olinadi va tarjima qilinadi.

Takliflar: @abduhamid0v
Download Telegram
Salom, mening ismim Begzod. Men 16 yoshdaman va shu yoshimgacha ikkita start-up loyihasini sinab ko‘rganman. Har ikkisi ham kutilgan natijani bermadi, lekin ular menga katta tajriba va saboq bo‘ldi. Endi esa, shu jarayonda nimalardan xato qilganimni sizlar bilan bo‘lishmoqchiman.

1-Yaxshi g’oya qilish, haqiqatdan ham siz qilayotgan projectga bozorda talab bor yoki yoqligini o’rganish(market research).

2-Sizga “raqobatdosh” bo’lgan loyhalarni yaxshilab o’rganib chiqsh va ulardan ajralib turish uchun userlar uchun kerakli bo’lgan funksiyalar qo’shish.

3-Yaxshi team yig’ish, iloji boricha team boshlanishiga 2 kishidan o’tib ketmasligi kerak, va team a’zolari bilan ulushlarni oldidan kelishib oling, ertaga turli xil muammolar chiqmasligi uchun.

4-MVP’gacha bo’lgan yoki projectni full planini tuzib oling, ya’niki qanaqa funksiyalar bo’lishi, qanaqa pagelarda bo’lishi, qanaqa programming lang’larni ishlatishni ish boshlanmasdan oldin yozib oling, loyiha davomida qilib ketamiz degan gap bo’lmasin.

5-UI/UX kuchli e’tibor bering(ko’p hollarda start-up qilishda teamga desinger olishmaydi, teamni o’zi qiladi, iloji boricha desinger oling)

6-Reklama, marketing’ga qattiq e’tibor bering, userlar uchun “free try” yoki “discount”lar qilib bering. Va agar sizni loyhangiz pullik bo’lsa, ya’niki userlar ishlatish uchun pul to’laydigan loyha bo’lsa, birinchi navbatda “free try” yo’lga qo’ying va productionga chiqaring, ya’niki userlar “free try”dan foydalanib turadi, siz loyhani qolgan qismini tugatib turganizcha.

7-Mukammal qilishga urinmang, barbir loyha sizni ko’nglizga yoqqanchalik zo’r chiqmaydi, ya’niki “Bu buttoni rangini o’zgaritishim kerak, va login pageni bunaqa qilish kerak, responsive sal xatolik bor” bu gaplar bilan siz faqat vaqtni cho’zasiz.

8-AI code yozadi ekan dep, ai’ga promt berib, codega qaramasdan, o’qimasdan copy qilishni to’xtating, ai ham xato qiladi, ai yozgan codeni yaxshilab o’qib, o’ranib keyin paste qiling, chunki bu project ertaga production chiqadi.

9-Har kuni yoki har 2 kunda team bilan gaplashib progress’larni share qilib, muammolar bo’lsa google meet qilib, doim birga aloqada bo’lib turing.

10-Pul qizg’onmaslik loyiha uchun, chatgptni premium versiyasi kerak bo’layabdimi teamga, sotib oling, marketingni o’zim qilaman, rekalamani o’zimiz qilamiz demang, shu ishda o’zini ustalari bilan gaplashing, hech bo’lmaganda maslahat oling agar o’zingiz qilmoqchi bo’lsangiz.

11-Ko’p maslahat olmang, ko’pi bilan shu sohada yurgan 2-3 ta odam bilan gaplashib, ulardan maslahat oling bo’ldi, “hamma bilan maslahat oshi qilish kerak emas”.

P.s: Sizda qanday xatoliklar bo'lgan ?

@JavaScriptQuiiz
🔥4👍1
Ogoh bo'ling!!!.

Hozirda turli xil dasturlash kanallarida "Palon narsani o'rgataman" dep yozib qoladi, shu yozgan odamlarga yozaman, bilsam ular ustozi yozib olgan screen share'ni yoki SkillSwap'da bepulga chiqib yotgan kurslarni pullashadi. Va shu yozgan odamlarni accountiga e'tibor bersangiz na ism yozilgan, na username bor, hech qanaqa informatsiya yo'q. Mayli sizga kursni ham beradi, lekin sizda u kursni kim o'tayabdi, qanaqa dasturchi, nima ishlar qilgan, bilimi qanaqa hech qanaqa ma'lumot yo'q bo'ladi.

O'zim 4 ta shunaqa odamga duch keldim, ishonib kurs sotib olib o'tirmang, ishonchli joydna kurs sotib oling, ishonchli joydan bilim o'rganing.

@JavaScriptQuiiz
👍4
🎯 JavaScript || DSA'dan yangilik yaqinlashmoqda!

Salom, do‘stlar!

Tez orada startap bo‘yicha yangi turdagi kurs boshlanadi — bu O‘zbekistonda ilgari bo‘lmagan eksperimental formatda o‘tadi.

🎯 Kursning maqsadi — sizni startap jarayoniga yaqinlashtirish. Natijasi kafolatlanmagan😁: bu tajriba muvaffaqiyatli yakunlanishi ham, kutilmagan burilishlar bo‘lishi ham mumkin.
Lekin eng muhimi — yo‘qotadigan hech narsa yo‘q, chunki muvaffaqiyat bo‘ladimi yoki yo‘qmi, har holda biz birgalikda o‘rganamiz.

💡 Eng faol ishtirokchilar uchun esa amaliyot yoki ish imkoniyatlari ham bo‘ladi. Albatta bu kursimizning qanday ketishiga bog’liq!

📘 Hozircha tafsilotlar sir bo‘lib qoladi va hammasi noyabrda (o’rtalarida) oshkor qilinadi.
Bu vaqtda men sizlarga Deep Learning Mathematicsni o‘rgatishda davom etaman. Bu bilimlar sizning ushbu kursdagi rolingizga bevosita ta’sir qiladi.

O‘rganishda davom eting va yangi bosqichga tayyor turing!

@JavaScriptQuiiz @EldorML
🔥17👍10
JavaScript || DSA pinned «🎯 JavaScript || DSA'dan yangilik yaqinlashmoqda! Salom, do‘stlar! Tez orada startap bo‘yicha yangi turdagi kurs boshlanadi — bu O‘zbekistonda ilgari bo‘lmagan eksperimental formatda o‘tadi. 🎯 Kursning maqsadi — sizni startap jarayoniga yaqinlashtirish.…»
📌 Ushbu post orqali siz JavaScript’da OOP (Object-Oriented Programming) nima ekanini, uning asosiy 4 ta methodini ko'rib chiqamiz.

🧠 OOP — bu kodni obyektlarga bo‘lib yozish usuli, ya’ni kodni yaxshiroq tushunish, qayta ishlatish va kengaytirish imkonini beradi.

👉 Postni to‘liq o‘qish: click

@JavaScriptQuiiz » #medium
👍2
🧠 JavaScript Intervyu Savoli

Quyidagi kodda nimalar sodir bo‘ladi va bu yerda memory leak xavfi bormi?

function createBigArray() {
const bigArray = new Array(1_000_000).fill("data");
return function () {
console.log(bigArray.length);

const logger = createBigArray();
logger();

🤔 Sizningcha, bu kod xotirani to‘g‘ri boshqaradimi, yoki closure sababli memory leak yuz beradimi?

💬 Fikringizni izohlarda yozing! 👇

@JavaScriptQuiiz
🧠 JavaScript Intervyu Savoli

Quyidagi kod bajarilgandan so‘ng console.log(result) qanday valueni chiqaradi?

const obj = { name: "Begzod" };
const copy = obj;
copy.name = "Eldor";

const result = obj.name;
console.log(result);

🤔 Sizningcha, result "Begzod" bo‘ladimi yoki "Eldor", nima uchun unday javob chiqayotganini ham tushuntirb bering?

💬 Javoblaringizni izohlarda yozing! 👇

@JavaScriptQuiiz
Ichimizda парочка'lar bormi ?

Hullas 1 haftacha oldin project idea kelib qoldi, ya'niki yozishga uyaladigan bollar uchun zo'r telegram bot qilib qo'ydim.

Bu bot'dan bemalol do'stizga ham hazil qilsangiz bo'ladi.

Tg bot oldin qilib ko'rmaganman, serverga qo'yish, shunaqa mayda-chuda narsalarni o'rganishim bilan, kanalga share qilaman.

@JavaScriptQuiiz
JavaScript interview postlarni qaysi darajaga moslab yozganim sizga yaxshi?
Anonymous Poll
29%
Junior
47%
Middle
24%
Senior
🧠 JavaScript Intervyu Savoli (Middle daraja)

Quyidagi kodni run bo'lganda natija qanday tartibda chiqadi?

console.log("1");

setTimeout(() => {
console.log("2");
}, 0);

Promise.resolve().then(() => {
console.log("3");

console.log("4");

💬 Javobingizni izohlarda yozing! 👇

@JavaScriptQuiiz
👍3
🧠 HTML Intervyu Savoli

Quyidagi HTML struktura semantik jihatdan to‘g‘rimi? Agar yo‘q bo‘lsa, nimani o‘zgartirish kerak?

Blog Title

Written by Begzod

November 9, 2025

Blog content here...

💬 Takliflaringizni izohlarda yozing! 👇

@JavaScriptQuiiz
🔥5👍2
🧠 JavaScript Intervyu Savoli

Quyidagi codeda consoleda nima chiqadi va nega shunday bo‘ladi?

console.log(a);
console.log(b);
console.log(c);

var a = 1;
let b = 2;
const c = 3;

💬 Javobingizni izohlarda yozing! 👇

@JavaScriptQuiiz
👍3🔥2
🖥 Coding

"countCharacterFrequency
" nomli function yozing.

Bu funksiya string qabul qiladi va har bir belgi necha marta uchraganini ko‘rsatadigan object qaytaradi.

Masalan: "hello" → {h:1, e:1, l:2, o:1}

@JavaScriptQuiiz
1.2-1.3 Middle Javascript Interview Questions .pdf
4.5 MB
Xalqaro kompaniyalar tomonidan eng ko'p so'raladigan Javascript suhbat savollari tahlilini bugungi videoda ko'rib o'tdik. Ko'p kandidatlar javob berishga qiynaladigan savollar sirasiga kiradi.

Havola: https://www.youtube.com/watch?v=N3203QcriP0
👍5
Assalomu alaykum, agar telegram bot, web site qilish kerak bo'lsa, murojat qilishingiz mumkin: @abduhamid0v
👍1🔥1👏1
Do'stlar man instagramda content qilishni boshladim, ertaga birinchi video tayyor bo'ladi.

Umid qilaman, silar bunda menga yordam beraslar.
🔥4👍1👏1
Dasturlashni self-study o'rganish uchun o'zbek tilidagi manabalar.

Front-end:
* Ulug'bek Samigjanov(HTML, CSS, BOOTDTRAP, JavaScript)
* Akhror web (HTML, CSS, JavaScript, React, Redux, Tailwind)
* Sammi.ac (Angular, Vue,React, JavaScript)

Back-end:
* Saud Cyber (Node js)
* Sammi.ac(Node js, telegram bot)
* Eldor ML(Pyhton)

AI(Suniy intelekt)
* Eldor ML(ML Asoslari, Deep Learning Math)
🔥7👏2👍1