JavaScript || DSA
324 subscribers
10 photos
1 file
68 links
Assalomu Alaykum:
Bu Kanalda Dasturlashga oid turli xil masalalar tashlab boriladi.

Bu Kanalni ochishdan maqsad masala ishlash ko'nikmasini oshirish. Masalalar asosan leetcode.com dan olinadi va tarjima qilinadi.

Takliflar: @abduhamid0v
Download Telegram
N ta sonning faktorialini toping

🛑Misol:
Input: N = 5
Output: 120
Tarif: 5! = 5 * 4 * 3 * 2 * 1

Input: N = 3
Output: 6
Tarif: 3! = 3 * 2 * 1

Maslahatlar:

🌐Agar savol qiyinlik qilsa, internetdan izlab ko'ring, qanday ishlashini tushunib oling va o'zingiz qayta ishlab ko'ring!

🔄 Iterativ va rekursiv yo'llarda ishlab ko'ring va javoblaringizni commentlarda muhokama qiling!

💬 Muhokama qiling! Bu juda muhim!

@JavaScriptQuiiz
🔥5👍1
Sonni teskarisiga o'giring❗️

🛑Misol:
input: N = 123
output: 321
Tarif: 123 ning teskarisi 321.

Input: N = 234
output: 432.

Input: N = -123
Output: -321.

⚡️ Maslahatlar:

🌐Agar savol qiyinlik qilsa, internetdan izlab ko'ring, qanday ishlashini tushunib oling va o'zingiz qayta ishlab ko'ring!

💬 Muhokama qiling! Bu juda muhim!

@JavaScriptQuiiz
👍8
Linear Searchni qachon ishlatish kerak?

🔍Linear Search – eng oddiy va asosiy qidiruv algoritmlaridan biri bo‘lib, massiv yoki ro‘yxatdagi har bir elementni ketma-ket tekshirish orqali ma’lum bir qiymatni qidiradi. Bu algoritm O(N) vaqt murakkabligiga ega bo‘lib, kichik hajmdagi yoki tartiblanmagan ma’lumotlar bilan ishlash uchun qulaydir.

Lekin har bir algoritm ma’lum bir vaziyatlarda samarali bo‘ladi. Quyida Linear Searchni qachon ishlatish kerakligini ko‘rib chiqamiz:

🧑‍💻 1. Ma’lumotlar tartibsiz bo‘lganda
*Agar massiv yoki ro‘yxat tartiblanmagan bo‘lsa va uni tartibga keltirish imkoniyati yoki zarurati bo‘lmasa, Linear Search eng oddiy va to‘g‘ri tanlov bo‘ladi.

Masalan:
arr = [5, 2, 9, 1, 7] kabi massivda ma’lumotni tezda topish uchun Linear Search ishlatish mumkin.


📊 2. Ma’lumot hajmi kichik bo‘lganda

*Kichik hajmdagi massivlar uchun Linear Searchning O(N) murakkabligi muammo tug‘dirmaydi. Bu oddiy va tezkor algoritm bo‘lgani uchun uni qo‘llash oson.

Masalan:
arr = [10, 20, 30, 40] kabi 10-20 ta elementdan iborat massivlarda qidiruvni Linear Search orqali amalga oshirsa bo‘ladi.


📂 3. Ma’lumotlar strukturasida tasodifiy kirish yo‘q bo‘lganda
*Masalan, Linked List kabi ma’lumotlar tuzilmalari tasodifiy kirishni (random access) qo‘llab-quvvatlamaydi. Bunday hollarda Linear Search yagona samarali usul bo‘lishi mumkin.

Masalan:
Linked List = [3 -> 7 -> 8 -> 12]


📝4. Qidirilayotgan elementning o‘rnini oldindan bilish qiyin bo‘lsa
*Agar siz izlayotgan element massivning biror joyida tartibsiz ravishda joylashgan bo‘lsa va boshqa usullardan foydalanib uning joylashuvini aniqlashning imkoni bo‘lmasa, Linear Searchdan foydalanish oson.

⌨️5. Saralash talab qilinmasa
*Saralash algoritmlari (masalan, Bubble Sort, Quick Sort) vaqt va resurs talab qiladi. Agar massivni saralashdan ko‘ra tezkor qidiruv zarur bo‘lsa, Linear Search eng yaxshi tanlovdir.

🚫Linear Searchni qachon ishlatmaslik kerak?
1
-Agar massiv katta bo‘lsa va tartiblangan bo‘lsa, Binary Search samaraliroq.
2
-Real vaqt rejimida tezkor qidiruv talab qilinsa, hash-based strukturalar (HashMap) ishlatiladi.

🌟 Xulosa Linear Search:
*Kichik hajmdagi va tartiblanmagan ma’lumotlar uchun eng oddiy va samarali.
*Qo‘llanishi oson va dasturchidan katta bilim talab qilmaydi.
*Lekin katta ma’lumotlar yoki tartiblangan massivlarda samaradorlikni oshirish uchun boshqa algoritmlar ko‘rib chiqilishi kerak.

🎯Linear Search – oddiy muammolar uchun mukammal yechim!


@JavaScriptQuiiz
👍13🔥4👏1
Ikkinchi eng katta VA eng kichik elementni toping.Agar ikkala element ham mavjud bo'lmasa -1 return qiling.

input: [1,2,4,7,7,5]
output: Ikkinchi eng katta element: 5
Ikkinchi eng kichik element: 2

Input: [1]
output: Ikkinchi eng katta element: -1
Ikkinchi eng kichik element: -1
Tarif: array bitta elementdan tashkil topgani uchun, u eng katta va eng kichik elemment bo'la oladi, shuning uchun bizda ikkinchi eng katta va eng kichik element mavjud emas.


So'raladi: Time Complexity: O(n)
Space complexity: O(1)


Agar savol qiyinlik qilsa, internetdan izlab ko'rib javobini ko'rib, algorithmni qanday ishlashini tushunishga harakat qiling va shuni o'zingiz takroran ishlab ko'ring!!!

Commentariyada boshqalar bilan muhokama qiling, juda muhim

@JavaScriptQuiiz
👍5
IT sohasidagi karyera haqida hamma narsa: Jizzaxda IT Roadshow doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tadi

IT Community Roadshow doirasida mamlakatning yetakchi IT-kompaniyalari ekspertlari yosh mutaxassislarga IT olamida birinchi qadamlarni qo‘yishda yordam beradilar.

Tadbir 26-yanvar kuni soat 11:00 dan 17:00 gacha Jizzax Cyber Arenada (Zargarlik MFY, Sharof Rashidov ko‘chasi, 88A) bo‘lib o‘tadi. Roadshowda mamlakatimizning yetakchi kompaniyalari IT-ekspertlari so‘zga chiqib, quyidagilar haqida ma’lumot berishadi

● IT sohasida karyera qurish
● Professional brend yaratish
● Startaplarni ishga tushirish.

Shuningdek, netvorking-sessiyalar davomida talabalar va o‘quvchilar foydali tanishlar orttirishlari va boshlovchi mutaxassislar uchun aktual masalalarni muhokama qilishlari mumkin bo‘ladi.

Ishtirok etish bepul! Ro‘yxatdan o‘tish uchun Telegram-botga o‘tish kifoya: https://t.iss.one/itcomuzbot.

Roadshow IT Community of Uzbekistan, Uzum ekotizimi, UZINFOCOM, School 21, IT Park, Women in Tech xalqaro assotsiatsiyasi ko‘magida o‘tkazilmoqda.


Ichimizda Jizzaxliklar bormi ? Kelinglar o'zim ham shu yerda bo'laman.

@JavaScriptQuiiz
👍8
Ishoralarni tartiblang

NOTE: Bizda Array berilgan va u teng qiymatdagi musbat va manfiy sonlardan tashkil topgan. Musbat va manfiy elementlarning nisbiy tartibini o'zgartirmasdan, siz navbatma-navbat musbat va manfiy qiymatlar qatorini qaytarishingiz kerak.

Input: ARR = [1,2,-4,-5]
output: [1, -4, 2, -5]

Input: ARR = [1,2,-3,-1,-2, 3]
Output: [1, -3, 2, -1, 3, -2]


Agar savol qiyinlik qilsa, internetdan izlab ko'ring, algorithmni qanday ishlashini tushunishga harakat qiling va shuni o'zingiz takroran ishlab ko'ring!!!

Leetcode dagi shu misol uchun muqobil link : click me

Commentariyada boshqalar bilan muhokama qilling, juda muhim.

@JavaScriptQuiiz
👍6
Uzur so'rayman kanalni active ushlab turmaganim uchun, kanal uchun yangi planlar tuzuldi, endi kanalni active ushlab turamiz.

Sizlardam bitta iltimos/talabim bor ,iloji boricha hamma postlarga reaksiya bosing va izoh yozing.
👍14
Merge Sort — bu taqsim va boshqar (Divide and Conquer) usuliga asoslangan samarali saralash algoritmi. U berilgan massivni ikkiga bo‘lib, har bir qismini alohida tartiblaydi va keyin ularni birlashtiradi. Vaqt murakkabligi O(n log n) bo‘lib, katta hajmdagi ma’lumotlar uchun juda qulay hisoblanadi.

DAVOMI: CLICK

@JavaScriptQuiiz » #medium
1👍6🔥2👏2
Tayyormislar ?
🔥7
function test() {
console.log(a);
var a = 5;
}
test();
1. Quyidagi kod natijasi qanday bo‘ladi?
Anonymous Quiz
58%
undefined
30%
5
4%
ReferenceError
8%
null
let arr = [1, 2, 3, 4];
arr.pop();
2. Quyidagi koddan so‘ng arr ning qiymati qanday bo‘ladi?
Anonymous Quiz
52%
[1, 2, 3]
21%
[1, 2, 3, 4]
16%
[2, 3, 4]
11%
Error
function sum(a, b = 2) {
return a + b;
}
console.log(sum(3));
3. Quyidagi funksiya qanday qiymat qaytaradi?
Anonymous Quiz
19%
NaN
18%
3
55%
5
8%
undefined
let obj = { name: "John" };
let obj2 = obj;
obj2.name = "Doe";
console.log(obj.name);
4. Quyidagi kod natijasi qanday bo‘ladi?
Anonymous Quiz
32%
John
61%
Doe
6%
undefined
2%
Error
const numbers = [1, 2, 3, 4];
const squared = numbers.map(num => num * num);
console.log(squared);