JavaHere's Blogs 🚀
1.57K subscribers
239 photos
5 videos
115 files
516 links
Download Telegram
Barchaga assalamu alaykum va hayrli tong.

Anchadan beri kutilayotgan "Bit Manipulation" mavzusi va nihoyat tayyorlandi. O'ylaymanki, albatta yangi bilim o'rganasiz yoki eng kamida bilimlaringizni takrorlab olasiz.

Vidoedagi asosiy qismlar

Kirish
Bit o'zi nima?
Ikkilik sanoq sistemasi
Bitwise Operatorlar
Set Bit nima?
Set Bit ni kodda qanday yozamiz?
Unset Bit nima?
Unset Bit ni kodda qanday yozamiz?
Toggle bit nima?
Toggle bit ni kodda qanday yozamiz?
Set Bit lar sonini hisoblash (Oddiy usul)
Set Bit lar sonini hisoblash kodi (Oddiy usul)
Set Bit lar sonini hisoblash (Brian algoritmi)
Set Bit lar sonini hisoblash kodi (Brian algoritmi)
Yakuniy xulosa

Do'stlarga ulashishni unutmang.

Bizga qo'shiling.

O'zbekcha kontentlar ko'payishiga hissa qo'shing!

🚀🚀🚀

Telegram | Youtube
👍24🏆1
Keyingi mavzu nima haqida boʻlishini xohlardingiz yoki tavsiya qilgan boʻlardingiz?
Universitet boshlanish arafasida.

3-semester uchun fanlar quyidagicha ekan:

1. Algoritms and Data Structures
2. Statistical Data Analysis
3. Database Systems
4. Computer Networks and Network Programming in Java
5. Digital Systems and Foundations of Electronics
6. Universal Programming Techniques
👍27🔥10🕊2
Dasturchilikda tajribangiz bir yilmi, O'qituvchilik qilish Sizga mumkin emas!

Hozirgi davrda IT o'quv markazlar juda ko'p. Ular har xil sifatda dars beradilar, turli yo'nalishlarda ilm ulashishga harakat qilishadi. Ammo har bir markazning eng katta muammosi bu sifatli, ilmli Ustozni topa bilishdir.

Lekin e’tiborimizni bir narsa tortdi. Hali tajribasi ikki yil bo'lmagan juda ko'p yoshlar markazlarda dars berishga oshiqishadi. Bu narsa o'ta yomon natijalarga olib borishi haqida esa deyarli hech qayerda gapirilmaydi. Joriy maqolada shu mavzularni yoritishga harakat qilamiz.

Haqiqiy proyekt qanday amalga oshirilishini bilmaysiz.
Tajribasi hali yo’q, yoki kam bo’lgan odam proyekt qanday yuritilishi haqida hali yetarlicha ma’lumotga ega bo’lmaydi. O’rgatiluvchi har bir mavzu keyinchalik proyektda qayerda yordam bera olishini bilish — dars berishdagi eng muhim joy! Proyektni bajarishda kimlar ishtirok etadi, qanday vazifalar bajariladi — bularni bilish darsni mazmunli qilib o’tishga sababchi bo’ladi.

Mijoz kimligi haqida ma’lumotingiz yo’q.
Hali tajribasi kam bo’lgan odam, o’zi yozayotgan kodning mijoz qo’lida qanday ishlashi haqida ma’lumotga ega bo’lmaydi. Kod soddaligi, effektivligi, katta yuklamalarga bardoshliligi tajribasi faqat mijoz uchun real proyektda ishtirok eta olgan odamda bo’ladi. Mijozning xohishlari, uning injiqliklarini ko’rmagan odam dasturlashdagi tushunchalar qanday qilib muammolarni hal qilishini bila olmaydi.

Hayotiy tajriba o’lchamini o’quvchi o’ta tez ilg’ay oladi.
Xohlaysizmi, yo’qmi — Sizni eshitayotgan odam Sizning tajribangizni tez ilg’aydi. Buning uchun dasturchi bo’lish shart emas. Umuman tajribasi bor odam bilan tajribasiz odam fikrlashida, gapirishida va mavzuni tushuntirib berishida juda katta farq bo’ladi va bu narsani o’quvchi birinchi darsning o’zidayoq ilg’ay oladi.

Muammolar qanday hal qilinishini bilmaysiz.
Istalgan dasturiy ta’minot real hayotda ishlatilganidan keyin muammolarga duch kelishi aniq — hakerlar hujumi, katta yuklamadagi murojaatlar, dasturiy ta’minot arxitekturasi o’sishga tayyormasligi yoki noto’g’ri tuzilganligi va boshqalar. Tajribasiz odam bunday muammolarni ko’rmagan bo’ladi, ularni hal qilish bo’yicha fikrga ega bo’lmaydi. Axir, o’qituvchiga borishdan aynan maqsad shu-ku — hayotiy muammolarga yechimlarni o’rganish. Dasturlash tillarini o’qituvchisiz o’rganib olsa ham bo’ladi. Onlayn kurslar buni sifatliroq ham qila oladilar. Ammo hayotiy tajriba faqat tajribali ustozdan olinadi.

Haqiqiy mas’uliyat o’quvchi o’qishni bitirganida boshlanadi.
Endigina dars berishni boshlaganimizda, biz dars berishni mas’uliyati yuqori ish deb bilar edik, ammo bu mas’uliyat qayerda namoyon bo’lishini bilmagan ekanmiz. Uch yil dars berib bir fikr paydo bo’lgan — O’qituvchilik mas’uliyati o’quvchi o’qishni bitirib, ishini topib o’zini ko’rsatishni boshlagan kunida boshlanar ekan. Dars jarayoni bu sun’iy jarayon. Undagi masalalar sun’iy (ya’ni dars uchun o’ylab topilgan) bo’ladi. Ustozning mahorati, o’quvchiga singdirgan ilmi faqatgina shu o’quvchining haqiqiy ishida bilandi. Agar ishxonadagi odam o’quvchingiz haqida: “Shuni ham bilmaysizmi? O’qituvchingiz kim bo’lgan o’zi?”, desa, Sizning mas’uliyatsizligingiz bilinadi. Agar o’quvchingiz zarracha bo’lsa ham Siz bergan ilmga norozilik his qilsa, biling-ki, qilayotgan ishingizda halollikka e’tibor kamaygan bo’ladi. Shuning uchun ham ustozlik og’ir kasb deyiladi. Ustoz bergan ilk ilm o’quvchining professional hayotining har bir nuqtasida bilinib turadi, shuning uchun ham Ustozman degan odam yelkasiga katta yuk olgan bo’ladi.

Yakun o’rnida…
Yakun o’rnida bir narsani aytib o’tish joiz — umuman istalgan kasbda Ustozlik qilish uchun katta tajriba o’ta muhim. Shundagina ushbu kasb egalari sifatli ish qila oladilar. Dasturlashda esa ayni damda dars beraman deb yonib turgan, hali yetarlicha tajribaga ega bo’lmagan yoshlar ko’payib qoldi. Maslahatimiz: Dasturlashda yana bir necha yil tajriba yig’ing, zero Siz bergan ilm birovning kelajagini sindirib qo’ymasin!

Ilm izlashdan to’xtamang!

@app_hbs
👍111🫡1🎄1
👍6
Linkedin da topshirgan ishlarim soni ham 222 ta bo'libdi 🙂

Statistika:
Javob kelganlari - deyarli hammasi
Intervyu qilganlari - 1 ta
Offer qilganlari - 1 ta

Ps: Offer qilingan ishda ishlab undan ketganimga 6 oy bo'ldi.

Bunda bir gap bor 😂😂😂
👍19😁7🙊2
Forwarded from Vohid Karimov (Vohid Karimov)
Yevropa bo’ylab Googlening ochiq Software Engineer ish o'rinlari:
🇩🇪Germany: 3ta
🇵🇱Poland: 52ta 🔥
🇬🇧United Kingdom (UK): 18ta
🇨🇭Switzerland (Zurich): 11ta
🇷🇴Romania: 13ta
🇮🇪Ireland, Dublin: 14ta
🇫🇷France: 4ta
🇳🇱Netherlands: 1ta

Aynan hozirda Poland va Romaniaga topshirishni maslahat beraman 😉
👍12🐳2
Forwarded from Azim Pulat
Google'dan Offer Oldim

Maqola:
azimjon.com/googledan-offer-oldim
👍23🎉4😍4🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍15🔥2💯2🥰1🤣1
Boshqa vodiylar

Men ham faqatgina Android ni o'rganib qolmasdan Backend va Frontend tomonlarga sarguzashtlar qilishga qaror qildim.

Devbridge.com ning o'zi uchun dasturchilar tayyorlaydigan academy si bor ekan. Bu academy ni menga taklif qilgan Tohir aka ga alohida minnatdorchilik bildiraman. Bugundan shu yerda oʻqishni va jamoaviy loyihalar qilishni boshladim.

Endi Spring va React borasida ham kerakli bilimlarni egallab odamlarga yanada ko'proq foyda keltirishga harakat qilaman.

Bu academy ga kirish 2 ta qadamdan tashkil topgan:

1. Imtihon
2. Telefonda suhbat

Imtihon - tanlagan yo'nalishingizga qarab har xil bo'ladi. Men "Spring va React" ni tanlaganim uchun Java, Javascript, SQL, Logic (Mantiq) bo'yicha bo'ldi.

Telefonda suhbat - bu qismda esa "behavioral interview" bo'ldi. Savollar biror yangi narsa o'rgansam uni qanday tarzda o'rganishim, loyiha tugay deganda biror muammo chiqsa uni qanday bartaraf qilishim, nima uchun dasturlashdagi bu sohani tanlaganim va shunga o'xshash narsalar haqida bo'ldi.

Shunday qilib, Azimjon aka aytganidek kichik-kichik lekin to'xtovsiz(consistency) qadamlar bilan "Bollar biz yutdik" va "Bollar biz yutamiz", Inshalloh.
👍24🎉3
Keyingi mavzu Segment Tree 🙂

Tez kunda!

🚀🚀🚀

Telegram | Youtube
❤‍🔥1810👍6
Assalamu alaykum!

Segment Tree mavzusi haqidagi birinchi dars tayyor:)

1 soat vaqt ajrating va ich-ichidan o'rganib oling.

Asosiy qismlar:
(00:00:00) - Kirish
(00:01:19) - Minimum Element masalasi - brute force
(00:04:00) - Minimum Element masalasi - dp
(00:09:12) - Minimum Element masalasi - Segment Tree
(00:18:17) - Segment Tree - GET
(00:23:34) - Segment Tree - UPDATE
(00:26:45) - Segment Tree ni xotirada qanday saqlaymiz?
(00:29:38) - Segment Tree da qanday harakatlanamiz?
(00:31:10) - Segment Tree ni kodda qanday yozamiz?
(01:00:36) - Xulosa

Do'stlarga ulashishni unutmang.

O'zbekcha kontentlar ko'payishiga hissa qo'shing!

🚀🚀🚀

Telegram | Youtube
👍32🔥2
Tavsiya

Ayni vaqtda men o'qiyotgan kurslar

1. Academy for Developers in Poland
2. Express Backend
3. Spring Courses
└─ Building a REST API with Spring Boot
4. Fundamentals of Network Engineering

Iye ba'zilari pullik ekan-ku. Internet dan tekinga o'rganish mumkinku. Tekini yo'qmi bularni? Tekini bo'lishi kerak. Baribir topaman...


deysizmi? Uchbu postni bir o'qib ko'ring va yana bir karra o'ylab ko'ring.

Bittasini eplagan yaxshi emasmi?

degan savol paydo bo'lishi mumkin. Ammo, hammasini eplay olishga ko'zingiz yetsa, ruhan va aqlan tayyor bo'lsangiz, hammasiniyam o'rganib ketaversangiz bo'ladi degan fikrdaman.

Bitta kursga juda ko'p vaqt sarflab yuborsangiz, 1 2 kun dam olgingiz kelib qoladi. Shuning uchun 1-2 soat o'rganishga ajrating va boshqasiga o'ting yoki shu o'rganganingizni amaliyotda sinab ko'ring.

Ba'zan bilgan mavzuyingizni boshqa ustozdan o'rgansangiz, yana nimadir bilmaganingiz chiqadi yoki bo'lmasam
Iye haaa, mana bu narsa ana shuning uchun shunaqa ekan-da

deyishingiz ehtimoli juda katta.

Menda ham hozir shunday va'ziyat:

Java haqida tushuncham bor
Backend haqida tushuncham bor
Frontend haqida tushuncham bor
Networking haqida tushuncham bor

Ammo, shu bor tushunchalarni yana bir marta boshqa joydan o'rganish menga eng katta yordam beradigan usullardan hisoblanadi, yaxshiroq yodimda qoladi va ajoyib lahzalarni tuhfa qiladi.

Va hozir ko'rib yanayam yaxshiroq tushunyabman, takrorlayabman, o'rganyabman va boshqalarga o'rgatyabman (ha kichkinagina yangi narsa o'rgansam ham uni kimgadir o'rgatmasam bo'lmaydi 😅. Bu ham juda samarali).

Biror yangi narsani qanday qilib o'rganish haqida alohida post tayyorlash mumkin va bu haqida keyinroq gaplashamiz.

Ungacha uchbu video bilan tanishib turishni tavsiya qilaman.

Telegram | Youtube
👍9🔥3
Garbage Collector haqida eshitganmisiz?

Agar yo'q bo'lsa, hech bo'lmasa u nima ekanligi va nima ish qilishini ozgina bo'lsa ham tushunishga harakat qilib ko'ring:)

O'zbekcha kontentlar ko'payishiga hissa qo'shing!

🚀🚀🚀

Telegram | Youtube
👍206🔥3
Forwarded from Tandir (Future Dreams)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Dasturlashni o’rganayotgan barcha uchun - maydonga tushish payti keldi!

O’zbekiston xalqi uchun 1 ga 1 duellarni tashkillashtiruvchi yangi dastur ishga tushdi - Tandir.
Hozir JavaScript va Python bo’yicha bellashuvlar tashkillash mumkin, sekin asta yangi tillar qo’shib boriladi.

Dasturga kirish uchun sizga kupon kodi kerak bo’ladi, buning uchun Tandirni allaqachon ishlatayotgan birorta Tandirchidan yordam so’rang, dasturda yordam guruhiga link ko’rsatilgan.

Xullas: kiring, bellashing, yangi do’stlar orttiring, toblaning, pishing!

🤖 Android: Google Playdan yuklash

📱 iOS: App Storedan yuklash
8🫡4👍3😢1🏆1
Forwarded from Javohir Akramjonov
Chaynab ko'rish kerak

Oldinlari pultlarni batareykasi ishlamay qolsa, bir ikki marta tishlab qo'ysak ishlab ketardi. Shakli ham ajoyib va kulguli bo'ilb qolardi.

Shu ishni batareykadan boshqa narsalarda ham sinab ko'rish mumkinligi haqida hech o'ylab ko'rganmisiz?

Bir marta yaxshi uxlab turganimizda bizda paydo bo'ladigan quvvatni yangi batareyka deb tasavvur qilaylik. Chala uxlagan paytlarimizni esa boshqa pultdan olib ishlatmoqchi bo'lgan, ishlatilgan batareyka deyish mumkin.

O'qiymiz, ishlaymiz va miyyamiz batareykani yangilash (uxlab olish) kerakligini aytadi. Balkim, rostdan ham o'ta charchagan va uxlab olish kerakdir. Lekin shu payt biz ham batareykamizni chaynab ko'rsak uzoqroqqa yetadi. Xo'sh qanday qilib?

Kofe ichsak, havoni almashtirsak, yugurib kelsak yoki boshqa biror nafsni chalg'itadigan ishlarni qilsak, huddiki batareykani chaynagandek bo'lamiz va bir qancha muddat yana ishlab beradi.

Javohir
23.01.2024
Polsha
👍39❤‍🔥3😁3💯3👌2
google_internship.png
192.6 KB
Duo qilib turasizlar 🤲 🙂
👏88🔥15👍10🙏52🕊1🐳1