JavaHere's Blogs šŸš€
1.57K subscribers
239 photos
5 videos
115 files
516 links
Download Telegram
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Juniordan middlega, middledan seniorga o’sishning siri

Siz anchadan beri yaxshi ishlaysiz va harakat qilasiz lekin negadir o’z darajangizda qotib qolgandeksiz. Juniordan Middlega yoki Middledan Seniorga negadir chiqa olmayapsiz. Nima yetishmayotganini bilmayapsiz. Unda bu maqola siz uchun. Shu maqolada aytilgan narsani qilsangiz va rostdan ham yaxshi ishlab kelayotgan bo’lsangiz yil ohirigacha bir marta promotion olishingiz ehtimolligi ancha oshadi.

Bu sirni aytishimdan oldin bir narsani yaxshilab tushunib olaylik. Karyerangizda o’sish bu sizning masuliyatingiz. Menejeringizniki emas, jamoa leadining vazifasi emas. Sizniki. Agar siz o’zingiz mu masuliyatni his qilmasdan yuraversangiz, 2 yilda olishingiz kerak bo’lgan promotionni 5 yilda olasiz. ā€œMenejerim ko’rib turibdiku yaxshi ishlayotganimni. Bir kun kelib menga promotion bersa kerakā€ deb yuraverish noto’g’ri. Kerak bo’lsa bazi bir kompaniyalar uchun siz middle sifatida kamroq oylik olib seniorning ishini ko’proq qilib yurishingiz afzalroq.

Demak promotion olishingiz uchun sizga 2ta narsa kerak:
- Yaxshi ishlashingiz kerak
- Qolganlar, ayniqsa menejeringiz siz yaxshi ishlayotganingizni bilishi kerak

Menejer o’zidan o’zi siz va qolganlar qanday ishlayotganini bilib qolmaydi. Siz unga o’zingiz aytishingiz kerak. Shunchaki aytibgina qolmay, yaxshilab aytishingiz kerak. Yaxshilab aytish uchun esa siz ohirgi 1 yil, 2 yil davomida qilgan ishlaringizdan o’zingiz ham bilishingiz kerak. ā€œO’zim qilgan ishni albatta bilaman, qanday qilib bilmasligim mumkin?ā€ deysizmi? Chunki 1, 2 yil bu uzoq vaqt va ko’p ma’lumotlar, detallar esingizdan chiqishi aniq. Esingizdan chiqdi degani qilgan ishingiz yo’q degani. U sizga promotion olishga yordam bera olmaydi. Chunki u haqida hech kim, hattoki o’zingiz ham bilmaysiz.

Ho’sh nima qilish kerak? Har hafta yoki kamida har oy ohirida shu vaqt oralig’ida nima qilganingizni yozib olish kerak. Muhim bir ishni mustaqil ravishda tez muddatda tugatdingizmi? Yozib qo’ying. Zo’r code review qildingiz va natijada katta bugni oldini oldingizmi? Yozib qo’ying. Kimdirga mentorlik qildingizmi? Yozib qo’ying. Hullas meni tushundingiz.

Yozganda ham barcha detallarini yozib qo’ying. Menga va boshqa ko’pchilikka yoqadigan format bu STAR metodi. Yani Situation, Task, Action, Result degani. Masalan:

Situation: Bizning dastur foydalanuvchilar ko’paygan paytda sekin ishlashni boshladi.
Task: Men nega bunday bo’layotganini tushunib, to’g’irlamoqchi bo’ldim.
Action: Loglarni va monitoringni tekshirdim. Bazibir malumotlar bazasiga borayotgan querylar soatlab qotib qolayotganini va natijada serverlar resursini yeb qo’yayotganini ko’rdim. Bu querylarni tezlashtirish ustida ancha ishladim va ularni optimallashtirdim.
Result: Natijada foydalnuvchilarimiz sonidan qatiy nazar dasturimiz oldingiday tez ishlashni boshladi. Bu esa foydalanuvchilariz tomonidan kelayotgan shikoyatlarni kamaytirdi va brandimiz obro’sini ko’tardi.

Har bir detalni yozing va isbotlarini ham qoldiring. Shu STAR formatida yozsangiz hikoyalaringiz ham chiroyli chiqadi. Keyin bunday ishlarni yetarllicha qilganingizdan so’ng menejeringizga bemalol borib mana men shu ishlarni qilganman deb aytishingiz mumkin. Sudda yutish uchun dalillar kerakku? Huddi shunaqa narsada bu ham.

Yaxshi ishlang, dalillarni yozib boring, promotion oling, ko’proq pul toping, oilangiz bilan ko’proq vaqt o’tkazing.

@jakhonrakhmonov
⚔16šŸ‘2šŸ¤”2🫔1
Kotlin va Android uchun ham bilimlarimni ulashib borish maqsadida KotlinAndroidHere degan kanal ochib qo'ydim.

Ps: Tracklar ham ko'payib ketdi.
1. Algo/DS
2. Leetcode
3. Design Patterns
4. Kotlin Android
5. Bo'ldi endi sal shoshmay turaylik hozircha yetar-a šŸ˜‚

Ilm olishdan to'xtamang:)
Keyingi mavzu bit-manipulation ga oid muammolarni hal qilish.

Coming soon.
šŸ‘18šŸ”„10
Yuqoridagi dastur natijasini toping.
Anonymous Quiz
50%
2
7%
3
16%
1
26%
Compilation error
šŸ‘Ž4šŸ•Š2šŸ‘1
Yuqoridagi dastur natijasini aniqlang.
Anonymous Poll
10%
false false
36%
false true
40%
true true
15%
true false
Yuqoridagi dastur natijasini aniqlang.
Anonymous Quiz
32%
ABC
40%
abc
17%
Runtime error
12%
Compilation error
šŸ‘1
Endi, Youtube ga qaytamiz… šŸ™‚
šŸ‘18šŸ”„11
Forwarded from Xushnudbek.uz
Oā€˜zbekistonlik oā€˜quvchilar ilk bor Xalqaro informatika olimpiadasida medal oldi

Vengriyaning Seged shahrida boā€˜lib oā€˜tgan 35-Xalqaro Informatika olimpiadasi (IOI)da Oā€˜zbekiston terma jamoasi o’z tarixida birinchi medallarni qoā€˜lga kiritdi.

Gā€˜olib oā€˜quvchilarimiz bilan tanishing:

Dilyorbek Valijonov — Andijon shahridagi Prezident maktabi oā€˜quvchisi;

Dilshodbek Xoā€˜jayev — Toshkent shahridagi Ixtisoslashtirilgan maktab oā€˜quvchisi.

ā—ļøMa’lumot uchun: amaldagi qonunchilikka ko’ra, nufuzli 5 ta xalqaro fan olimpiadalaridašŸ„‰bronza medalini qoā€˜lga kiritgan oā€˜quvchilar bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln soā€˜m), ustozi 150 baravar (49,5 mln soā€˜m) pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.


šŸ‘‰ @xushnudbek šŸ‘ˆ
šŸ‘28šŸ”„14šŸ†1
Barchaga assalamu alaykum va hayrli tong.

Anchadan beri kutilayotgan "Bit Manipulation" mavzusi va nihoyat tayyorlandi. O'ylaymanki, albatta yangi bilim o'rganasiz yoki eng kamida bilimlaringizni takrorlab olasiz.

Vidoedagi asosiy qismlar

Kirish
Bit o'zi nima?
Ikkilik sanoq sistemasi
Bitwise Operatorlar
Set Bit nima?
Set Bit ni kodda qanday yozamiz?
Unset Bit nima?
Unset Bit ni kodda qanday yozamiz?
Toggle bit nima?
Toggle bit ni kodda qanday yozamiz?
Set Bit lar sonini hisoblash (Oddiy usul)
Set Bit lar sonini hisoblash kodi (Oddiy usul)
Set Bit lar sonini hisoblash (Brian algoritmi)
Set Bit lar sonini hisoblash kodi (Brian algoritmi)
Yakuniy xulosa

Do'stlarga ulashishni unutmang.

Bizga qo'shiling.

O'zbekcha kontentlar ko'payishiga hissa qo'shing!

šŸš€šŸš€šŸš€

Telegram | Youtube
šŸ‘24šŸ†1
Keyingi mavzu nima haqida boʻlishini xohlardingiz yoki tavsiya qilgan boʻlardingiz?
Universitet boshlanish arafasida.

3-semester uchun fanlar quyidagicha ekan:

1. Algoritms and Data Structures
2. Statistical Data Analysis
3. Database Systems
4. Computer Networks and Network Programming in Java
5. Digital Systems and Foundations of Electronics
6. Universal Programming Techniques
šŸ‘27šŸ”„10šŸ•Š2
Dasturchilikda tajribangiz bir yilmi, O'qituvchilik qilish Sizga mumkin emas!

Hozirgi davrda IT o'quv markazlar juda ko'p. Ular har xil sifatda dars beradilar, turli yo'nalishlarda ilm ulashishga harakat qilishadi. Ammo har bir markazning eng katta muammosi bu sifatli, ilmli Ustozni topa bilishdir.

Lekin e’tiborimizni bir narsa tortdi. Hali tajribasi ikki yil bo'lmagan juda ko'p yoshlar markazlarda dars berishga oshiqishadi. Bu narsa o'ta yomon natijalarga olib borishi haqida esa deyarli hech qayerda gapirilmaydi. Joriy maqolada shu mavzularni yoritishga harakat qilamiz.

Haqiqiy proyekt qanday amalga oshirilishini bilmaysiz.
Tajribasi hali yo’q, yoki kam bo’lgan odam proyekt qanday yuritilishi haqida hali yetarlicha ma’lumotga ega bo’lmaydi. O’rgatiluvchi har bir mavzu keyinchalik proyektda qayerda yordam bera olishini bilish — dars berishdagi eng muhim joy! Proyektni bajarishda kimlar ishtirok etadi, qanday vazifalar bajariladi — bularni bilish darsni mazmunli qilib o’tishga sababchi bo’ladi.

Mijoz kimligi haqida ma’lumotingiz yo’q.
Hali tajribasi kam bo’lgan odam, o’zi yozayotgan kodning mijoz qo’lida qanday ishlashi haqida ma’lumotga ega bo’lmaydi. Kod soddaligi, effektivligi, katta yuklamalarga bardoshliligi tajribasi faqat mijoz uchun real proyektda ishtirok eta olgan odamda bo’ladi. Mijozning xohishlari, uning injiqliklarini ko’rmagan odam dasturlashdagi tushunchalar qanday qilib muammolarni hal qilishini bila olmaydi.

Hayotiy tajriba o’lchamini o’quvchi o’ta tez ilg’ay oladi.
Xohlaysizmi, yo’qmi — Sizni eshitayotgan odam Sizning tajribangizni tez ilg’aydi. Buning uchun dasturchi bo’lish shart emas. Umuman tajribasi bor odam bilan tajribasiz odam fikrlashida, gapirishida va mavzuni tushuntirib berishida juda katta farq bo’ladi va bu narsani o’quvchi birinchi darsning o’zidayoq ilg’ay oladi.

Muammolar qanday hal qilinishini bilmaysiz.
Istalgan dasturiy ta’minot real hayotda ishlatilganidan keyin muammolarga duch kelishi aniq — hakerlar hujumi, katta yuklamadagi murojaatlar, dasturiy ta’minot arxitekturasi o’sishga tayyormasligi yoki noto’g’ri tuzilganligi va boshqalar. Tajribasiz odam bunday muammolarni ko’rmagan bo’ladi, ularni hal qilish bo’yicha fikrga ega bo’lmaydi. Axir, o’qituvchiga borishdan aynan maqsad shu-ku — hayotiy muammolarga yechimlarni o’rganish. Dasturlash tillarini o’qituvchisiz o’rganib olsa ham bo’ladi. Onlayn kurslar buni sifatliroq ham qila oladilar. Ammo hayotiy tajriba faqat tajribali ustozdan olinadi.

Haqiqiy mas’uliyat o’quvchi o’qishni bitirganida boshlanadi.
Endigina dars berishni boshlaganimizda, biz dars berishni mas’uliyati yuqori ish deb bilar edik, ammo bu mas’uliyat qayerda namoyon bo’lishini bilmagan ekanmiz. Uch yil dars berib bir fikr paydo bo’lgan — O’qituvchilik mas’uliyati o’quvchi o’qishni bitirib, ishini topib o’zini ko’rsatishni boshlagan kunida boshlanar ekan. Dars jarayoni bu sun’iy jarayon. Undagi masalalar sun’iy (ya’ni dars uchun o’ylab topilgan) bo’ladi. Ustozning mahorati, o’quvchiga singdirgan ilmi faqatgina shu o’quvchining haqiqiy ishida bilandi. Agar ishxonadagi odam o’quvchingiz haqida: ā€œShuni ham bilmaysizmi? O’qituvchingiz kim bo’lgan o’zi?ā€, desa, Sizning mas’uliyatsizligingiz bilinadi. Agar o’quvchingiz zarracha bo’lsa ham Siz bergan ilmga norozilik his qilsa, biling-ki, qilayotgan ishingizda halollikka e’tibor kamaygan bo’ladi. Shuning uchun ham ustozlik og’ir kasb deyiladi. Ustoz bergan ilk ilm o’quvchining professional hayotining har bir nuqtasida bilinib turadi, shuning uchun ham Ustozman degan odam yelkasiga katta yuk olgan bo’ladi.

Yakun o’rnida…
Yakun o’rnida bir narsani aytib o’tish joiz — umuman istalgan kasbda Ustozlik qilish uchun katta tajriba o’ta muhim. Shundagina ushbu kasb egalari sifatli ish qila oladilar. Dasturlashda esa ayni damda dars beraman deb yonib turgan, hali yetarlicha tajribaga ega bo’lmagan yoshlar ko’payib qoldi. Maslahatimiz: Dasturlashda yana bir necha yil tajriba yig’ing, zero Siz bergan ilm birovning kelajagini sindirib qo’ymasin!

Ilm izlashdan to’xtamang!

@app_hbs
šŸ‘11ā¤1🫔1šŸŽ„1
šŸ‘6