JavaHere's Blogs 🚀
1.57K subscribers
239 photos
5 videos
115 files
516 links
Download Telegram
Okay. OffTopiclarni ajratishga qaror qilindi. Hurmat bilan JavaThere ga taklif qilaman.
👍1
"Code is not only for a compiler, but also for programmers..."
Effective Kotlin

"Kod faqatgina kompilyator uchun emas, balki dasturchilar uchun hamdir..."
Effective Kotlin

Ya'ni, kodni faqatgina "Run qilganda ishlasa bo'ldi" deb yozmang! "Mana ko'rdiymi zato to'g'ri ishlayabdi" deb ham yozmang. Kodni faqat kompyuterdagi kompilyator emas boshqa dasturchilar ham tushunadigan qilib yozing. Shunday yozingki boshqa dasturchiga kodni tushuntirmang, kodni o'zi gapirsin:)

🚀🚀🚀

Telegram | Youtube
🔥14👍4🕊1
Tez orada!

Mavzu: Bitwise Operatorlar

🚀🚀🚀

Telegram | Youtube
🔥155👍31
Bitwise operatorlari haqida bilasizmi?
Aslidachi?

Keling 1 soat vaqt ajrating va bu bilimlarni butun umr ishlating. Essiz necha necha soat emas kunlar befoyda o'tib ketmoqda...

Bizga qo'shiling.

O'zbekcha kontentlar ko'payishiga hissa qo'shing!

🚀🚀🚀

Telegram | Youtube
🔥13👍61
Forwarded from Osmondagi bolalar
15 yoshda talaba bo‘lgan, startaplari uchun $650,000 yutgan inson bilan suhbat

«Osmondagi bolalar» loyihasining navbatdagi mehmoni 15 yoshda Toshkent Axborot Texnologiyalar universiteti
talabasi,
keyinchalik Koreyaning Yeungnam universiteti magistranti bo‘lgan va hozirda «Billz» hamda «Vicco» brendlariga asos solgan Jahongir Narzullayev bo‘ldilar.

Suhbat davomida raqamlashtirish, «Billz» va «Vicco» brendi tarixi, hozirda eng dolzarb bo‘lgan muammolardan biri bo‘lgan ekologiya haqida foydali va qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

Premyerani hoziroq YouTube sahifamizda tomosha qiling!

👉 https://youtu.be/wPuozxIrumE
👍5
Challenge ning video turiga o'zgartirish kiritmoqchiman. 5-7 masalani hammasini bir videoda emas balki:

MAANG challenge | day 8 | problem1
MAANG challenge | day 8 | problem2
MAANG challenge | day 8 | problem3
...
MAANG challenge | day 8 | problemN

ko'rinishida bir nechta alohida videolarga ajratmoqchiman. Sizning bunga qarashingiz qanday?
👍22👎4
Videolar chiqishi sekinlashgani haqida
——————————————————-

🥲 bu safargisi cho'zilib kettiya...

——————————————————-
Challenge

2 marta harakat qildim negadir gaplarimdan o'zim zerikib kettimda, shundan keyin 45 minutlik challenge o'chirvordim...

Sababi men bu challengeni jonli qilaman. 1 soat yechib, yana 1 soat alohida boshqatdan video olishga vaqtim yetmaydi, ko'p vaqtingizni olib kam narsa berishga vijdon yo'l qo'ymaydi. Ba'zi masalalarga men ham 15-20 daqiqda sarflayman. Yechim topib bo'lgandan keyin tushuntirish albatta 5 daqiqa atrofida oladi, ammo men har bir masala uchun yana qo'shimcha 5 daqiqa ajratib video yozib ololmayman... Shuning uchun bugun bir narsa haqida o'ylab qoldim, challenge ni har safar qilganimda 1 soat cameraga qarab tushuntirib ketaveraman, agar 1 soat ichida kamida 5 ta masala ko'rsata olsam(o'rtacha 12 daqiqadan ketgan bo'lar ekan), challenge keyingi soni sifatida chiqaraman, aks holda shunday holat kelgancha challenge chiqmaydi!

——————————————————-

Video darslar

20-iyundan boshlab 1 projectga qo'shildim, 3-iyuldan boshlab 2-projectga qo'shildim, kechadan boshlab yana bir 3-project(bunisi o'zimniki) ga qo'shildim va kunimni asosiy qismi hozir shu projectlar uchun ishlash bilan o'tmoqda. Ammo videodarslarni chiqarishdan to'xtash niyat yo'q. Nasib qilsa har hafta minimum 3 ta video chiqarishga harakat qilaman.

1. Challenge
2. Design Pattern
3. Sizlarning talablaringizdan kelib chiqib

——————————————————-

Shunday gaplar 🙂
👍21😱1
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Juniordan middlega, middledan seniorga o’sishning siri

Siz anchadan beri yaxshi ishlaysiz va harakat qilasiz lekin negadir o’z darajangizda qotib qolgandeksiz. Juniordan Middlega yoki Middledan Seniorga negadir chiqa olmayapsiz. Nima yetishmayotganini bilmayapsiz. Unda bu maqola siz uchun. Shu maqolada aytilgan narsani qilsangiz va rostdan ham yaxshi ishlab kelayotgan bo’lsangiz yil ohirigacha bir marta promotion olishingiz ehtimolligi ancha oshadi.

Bu sirni aytishimdan oldin bir narsani yaxshilab tushunib olaylik. Karyerangizda o’sish bu sizning masuliyatingiz. Menejeringizniki emas, jamoa leadining vazifasi emas. Sizniki. Agar siz o’zingiz mu masuliyatni his qilmasdan yuraversangiz, 2 yilda olishingiz kerak bo’lgan promotionni 5 yilda olasiz. “Menejerim ko’rib turibdiku yaxshi ishlayotganimni. Bir kun kelib menga promotion bersa kerak” deb yuraverish noto’g’ri. Kerak bo’lsa bazi bir kompaniyalar uchun siz middle sifatida kamroq oylik olib seniorning ishini ko’proq qilib yurishingiz afzalroq.

Demak promotion olishingiz uchun sizga 2ta narsa kerak:
- Yaxshi ishlashingiz kerak
- Qolganlar, ayniqsa menejeringiz siz yaxshi ishlayotganingizni bilishi kerak

Menejer o’zidan o’zi siz va qolganlar qanday ishlayotganini bilib qolmaydi. Siz unga o’zingiz aytishingiz kerak. Shunchaki aytibgina qolmay, yaxshilab aytishingiz kerak. Yaxshilab aytish uchun esa siz ohirgi 1 yil, 2 yil davomida qilgan ishlaringizdan o’zingiz ham bilishingiz kerak. “O’zim qilgan ishni albatta bilaman, qanday qilib bilmasligim mumkin?” deysizmi? Chunki 1, 2 yil bu uzoq vaqt va ko’p ma’lumotlar, detallar esingizdan chiqishi aniq. Esingizdan chiqdi degani qilgan ishingiz yo’q degani. U sizga promotion olishga yordam bera olmaydi. Chunki u haqida hech kim, hattoki o’zingiz ham bilmaysiz.

Ho’sh nima qilish kerak? Har hafta yoki kamida har oy ohirida shu vaqt oralig’ida nima qilganingizni yozib olish kerak. Muhim bir ishni mustaqil ravishda tez muddatda tugatdingizmi? Yozib qo’ying. Zo’r code review qildingiz va natijada katta bugni oldini oldingizmi? Yozib qo’ying. Kimdirga mentorlik qildingizmi? Yozib qo’ying. Hullas meni tushundingiz.

Yozganda ham barcha detallarini yozib qo’ying. Menga va boshqa ko’pchilikka yoqadigan format bu STAR metodi. Yani Situation, Task, Action, Result degani. Masalan:

Situation: Bizning dastur foydalanuvchilar ko’paygan paytda sekin ishlashni boshladi.
Task: Men nega bunday bo’layotganini tushunib, to’g’irlamoqchi bo’ldim.
Action: Loglarni va monitoringni tekshirdim. Bazibir malumotlar bazasiga borayotgan querylar soatlab qotib qolayotganini va natijada serverlar resursini yeb qo’yayotganini ko’rdim. Bu querylarni tezlashtirish ustida ancha ishladim va ularni optimallashtirdim.
Result: Natijada foydalnuvchilarimiz sonidan qatiy nazar dasturimiz oldingiday tez ishlashni boshladi. Bu esa foydalanuvchilariz tomonidan kelayotgan shikoyatlarni kamaytirdi va brandimiz obro’sini ko’tardi.

Har bir detalni yozing va isbotlarini ham qoldiring. Shu STAR formatida yozsangiz hikoyalaringiz ham chiroyli chiqadi. Keyin bunday ishlarni yetarllicha qilganingizdan so’ng menejeringizga bemalol borib mana men shu ishlarni qilganman deb aytishingiz mumkin. Sudda yutish uchun dalillar kerakku? Huddi shunaqa narsada bu ham.

Yaxshi ishlang, dalillarni yozib boring, promotion oling, ko’proq pul toping, oilangiz bilan ko’proq vaqt o’tkazing.

@jakhonrakhmonov
16👍2🤔2🫡1
Kotlin va Android uchun ham bilimlarimni ulashib borish maqsadida KotlinAndroidHere degan kanal ochib qo'ydim.

Ps: Tracklar ham ko'payib ketdi.
1. Algo/DS
2. Leetcode
3. Design Patterns
4. Kotlin Android
5. Bo'ldi endi sal shoshmay turaylik hozircha yetar-a 😂

Ilm olishdan to'xtamang:)
Keyingi mavzu bit-manipulation ga oid muammolarni hal qilish.

Coming soon.
👍18🔥10
Yuqoridagi dastur natijasini toping.
Anonymous Quiz
50%
2
7%
3
16%
1
26%
Compilation error
👎4🕊2👍1
Yuqoridagi dastur natijasini aniqlang.
Anonymous Poll
10%
false false
36%
false true
40%
true true
15%
true false
Yuqoridagi dastur natijasini aniqlang.
Anonymous Quiz
32%
ABC
40%
abc
17%
Runtime error
12%
Compilation error
👍1
Endi, Youtube ga qaytamiz… 🙂
👍18🔥11