JavaHere's Blogs 🚀
1.57K subscribers
239 photos
5 videos
115 files
516 links
Download Telegram
Garbage Collector haqida eshitganmisiz?

Agar yo'q bo'lsa, hech bo'lmasa u nima ekanligi va nima ish qilishini ozgina bo'lsa ham tushunishga harakat qilib ko'ring:)

O'zbekcha kontentlar ko'payishiga hissa qo'shing!

🚀🚀🚀

Telegram | Youtube
👍206🔥3
Forwarded from Tandir (Future Dreams)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Dasturlashni o’rganayotgan barcha uchun - maydonga tushish payti keldi!

O’zbekiston xalqi uchun 1 ga 1 duellarni tashkillashtiruvchi yangi dastur ishga tushdi - Tandir.
Hozir JavaScript va Python bo’yicha bellashuvlar tashkillash mumkin, sekin asta yangi tillar qo’shib boriladi.

Dasturga kirish uchun sizga kupon kodi kerak bo’ladi, buning uchun Tandirni allaqachon ishlatayotgan birorta Tandirchidan yordam so’rang, dasturda yordam guruhiga link ko’rsatilgan.

Xullas: kiring, bellashing, yangi do’stlar orttiring, toblaning, pishing!

🤖 Android: Google Playdan yuklash

📱 iOS: App Storedan yuklash
8🫡4👍3😢1🏆1
Forwarded from Javohir Akramjonov
Chaynab ko'rish kerak

Oldinlari pultlarni batareykasi ishlamay qolsa, bir ikki marta tishlab qo'ysak ishlab ketardi. Shakli ham ajoyib va kulguli bo'ilb qolardi.

Shu ishni batareykadan boshqa narsalarda ham sinab ko'rish mumkinligi haqida hech o'ylab ko'rganmisiz?

Bir marta yaxshi uxlab turganimizda bizda paydo bo'ladigan quvvatni yangi batareyka deb tasavvur qilaylik. Chala uxlagan paytlarimizni esa boshqa pultdan olib ishlatmoqchi bo'lgan, ishlatilgan batareyka deyish mumkin.

O'qiymiz, ishlaymiz va miyyamiz batareykani yangilash (uxlab olish) kerakligini aytadi. Balkim, rostdan ham o'ta charchagan va uxlab olish kerakdir. Lekin shu payt biz ham batareykamizni chaynab ko'rsak uzoqroqqa yetadi. Xo'sh qanday qilib?

Kofe ichsak, havoni almashtirsak, yugurib kelsak yoki boshqa biror nafsni chalg'itadigan ishlarni qilsak, huddiki batareykani chaynagandek bo'lamiz va bir qancha muddat yana ishlab beradi.

Javohir
23.01.2024
Polsha
👍39❤‍🔥3😁3💯3👌2
google_internship.png
192.6 KB
Duo qilib turasizlar 🤲 🙂
👏88🔥15👍10🙏52🕊1🐳1
😁54💯4👍1👀1
Interview ham o'tdi. Alohida post qilaman:)
👍27🔥82🤝2
Alhamdulillah
Yaxshi yangilik
👍82🎉48👏42
Google, London 🙂

Google ning eng katta ofislaridan biri Londonda internship qilish imkoniyati paydo bo'lgan edi, ammo Polshada vaqtinchalik turar joy kartasini olish juda uzoq muddatga cho'zilayotgani uchun borsam qaytib kela olmay qolaman.

To'g'ri, Google internship qilish uchun visa ishlarini qilib beradi, ammo borayotgan davlatingizga qilib beradi. Ya'ni London (Buyuk Britaniya) ga visa olib beradi, olgandan so'ng esa, Polshaga kelib bo'lmaydi (Balkim qandaydir yo'li bordir, men bilmayman).

Shuning uchun London taklifini chekkaroqqa surib turib, Yevropa ichidan qidiryabman.

Eh Polsha, Eh karta uchun ertaroq harakat qilmagan men...

Nima bo'lganda ham yaxshilikka.

Yana 1 qadam va natija :)
👍54🫡6🎉3🔥2😢1
Ramazon

Barchamizga ulug' Ramazon oyi muborak bo'lsin.

Ramazon oyidan yangi tug'ilgan chaqaloqdek gunohsiz va pok bo'lib chiqishimizni Alloh nasib qilsin.

Har kunidan unumli foydalanishimizni Alloh nasib qilsin.

Kunduzlari ro'zador, tunlari qiyomda turishimizni Alloh nasib qilsin.

Ramazon ayyomi yana bir bor muborak bo'lsin.
🕊2912👍9👌8🤝3🔥21
Forwarded from Sariq Dev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlarga dasturlashni o'rgatayotgan ustoz...

@sariqdev
🤣23😁3👍1🗿1
Algoritmlashni uzun izohlar bilan emas, balki qisqa va asosiy mag’zini tushunib olish uchun o’zbek tilidagi yaxshi manbaa.

Albatta bir necha oylardan beri faqat boshqalar yozgan postlarni ulashyabman.

InshaAlloh endi biz ham har ikki haftada 1 ta yaxshi kontent qilishga kirishamiz.
👍143🔥3
Forwarded from ULUSHAHIVE (УЛУША)
#algo

A* (A-star) algorithm

Qanday muammoni yechadi: A* o’zining ikkita nuqta orasidagi eng qisqa yo’lni Dijkstra’s algorithm ga solishtirganda effektivroq va tezroq topib berishi bilan ajralib turadi. Tezroq ishlashiga asosiy sababi bir nuqtaga kelish tan narxi (masofasi or whatever) va destination pointga yetib borishning taxminiy narxlarini to’g’ri combine qilib qaror qilishidadir. Aynan shu taxmin qilishi heuristic deb yuritiladi. Tezliklarini solishtirish uchun ushbu videoga refer qiling.

Problem: NxM grid berilgan. Agar (i, j) katakda ‘.’ bo’lsa bu katak bo’sh, ‘#’ esa bu katak band deganini bildiradi. (start_x, start_y) katakdan (end_x, end_y) katakka borishning eng qisqa yo’lini topish kerak.

Yechim: A* ning yechimi Dijkstra amakinikidan uncha farq qilmaydi. Ochiq va yopiq set bor. Ochiq set bu - yurish uchun kandidat kataklarimiz va ularga yurish costlari. Yopiq set esa biz kirib bo’lgan va qayta process qilishni hoxlamaydigan kataklar. Dijkstrada qo’shni kataklarga yurishni shunchaki yurish masofasi yoki narxlarini yig’indisi orqali ifodalasak, A* da heuristic functionimiz qanday implement qilinganiga qarab bu logika istalganicha bo’lishi mumkin. Lekin, klassik holatda quyidagi ko’rinishda bo’ladi: shu katakkacha kelish narxi + destinationgacha yetib borish taxminiy narxi. Shuning uchun tepada takidlaganimdek, A* da ko’p narsa heuristics qanday yozilganiga bog’liq. Misol uchun, ushbu holatda heuristic functionni manhattan distance deb qarashingiz mumkin.

Note: Ba’zi hollarda average run timeni yaxshilash uchun bir necha xil hueristic function yozib, current state qandayligiga qarab mos keladiganini ishlatish ham o’rinli bo’ladi.

Learn Algorithms With ULUGBEK
🔥62👍2🤔2
JavaHere's Blogs 🚀
Keyingi video uchun variantlar
Endigi mavzular ketma-ketligi:

1. Leetcode da masala yechamiz - live stream
2. Java va C++ ni birga ishlatish
3. Bellman-Ford algoritmi
4. Min/Max Heap ma'lumot tuzilmasi

...(Design Patterns)

Ha aytgancha youtube da "obuna, like 👍va comment" bo'lsa, githubda "star ⭐️" bilan qo'llab quvvatlashingiz mumkin :)

Youtube - link
Github, Design Patternlar - link
Github, Algoritmlar va Masala yechimlari - link
👍173🔥21👌1
Alhamdulillah

Va nihoyat kutilgan intervyu uchun taklifnoma keldi. Qaysi davlatdan kelar ekan deb qiziqqan edim, eng ko'p xohlaganim - Shvetsariyadan keldi. Endi bu intervyudan eson-omon o'tib olib, Zurichga borish nasib qilsin.

Duo qilib turasizlar 🤲.

JavaHere
👍99🔥2064🫡3