JavaHere's Blogs 🚀
1.53K subscribers
242 photos
5 videos
115 files
517 links
Download Telegram
Fevral uchun nishon qo'lga kiritildi

Asosiysi olingan bilimlar va ularni amalda qo'llay olish.
🔥21👍104
Qiziq statistika
10👍24💯62❤‍🔥1
Google return offer ≠ real work

2024 Google internshipdan return offer olganim haqida aytgandim. Ammo bu asosiy qismlarning bittasi xolos. Google’da ishlash uchun bilim va tajribam yetadi, ammo ayni vaqtda Google’da menga muhtoj ish o’rni yo’q. Ya’ni, ular bergan topshiriqlarni bajara olaman, lekin hozir hech qaysi jamoada menga mos ish o’rni yo’q ekan.

Bugun Google’dan shu haqida xabar oldim. Bu yilgi yozgi amaliyot dasturlari ichidan menga mosi topilmabdi.

Bu endi Google yo’q degani emas. Men mos keladigan pozitsiya ochilganda yana aloqaga chiqishadi degani.

Shunday qilib, bu yil yozda Google’da amaliyot yo’q, Vyro’da ishimni davom ettiradigan bo’ldim.

Muhimi to’xtab qolmaslik, orzu va maqsadlar tomon davomiy qadamlar tashlash.

Biz albatta yutamiz 🚀
2👍6910💯65❤‍🔥1
JavaHere's Blogs 🚀 pinned «Google return offer ≠ real work 2024 Google internshipdan return offer olganim haqida aytgandim. Ammo bu asosiy qismlarning bittasi xolos. Google’da ishlash uchun bilim va tajribam yetadi, ammo ayni vaqtda Google’da menga muhtoj ish o’rni yo’q. Ya’ni, ular…»
⚡️ Express Flutter Mobile

🔥 20 kunda Flutter yordamida IOS va Android tizimlari uchun mobil dasturlar qurishni o'rganing.

📚 Kursda sizni nimalar kutmoqda?

- Dart dasturlash tili asoslari
- Flutter widgetlari bilan ishlash
- Figmadan foydalanish
- Ko‘p oynali (multi-screen) ilovalar qurish
- Tic Tac Toe o‘yini yaratish
- Server bilan ma'lumot almashish (API)
- Yangiliklar ilovasi (News App) yaratish
- SQLite bilan lokal ma’lumotlar bazasi ishlatish
- Flutter’da ma'lumotlar ombori bilan ishlash
- Kunduzgi / tungi rejim va shriftlar bilan ishlash
- Test ilovasi (Quiz App) yaratish

📝 Kurs haqida ma’lumot:
Format: online, jonli tarzda Zoom dasturi orqali
Darslar soni: 20 ta

✏️ Kursda qatnashish uchun talablar:
- Biror dasturlash tilini bilish
- Obyektga yo‘naltirilgan dasturlash (OOP) asoslarini bilish

💵 Kurs narx: 1mln so'm

O’qituvchi:
Javohir Akramjonov ex Googler

🔗 Bog’lanish uchun: @express_flutter_mobile_admin

🏃‍♂️ Joylar soni cheklangan: 12 ta
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
116🔥7👍43👎3😨3❤‍🔥1🗿1
Duo qilib turasizlar 🙃
🔥87🙏17❤‍🔥6👍5🆒4💯21🫡1
Duo qilib turasizlar 🙃

Software Engineer II at Google
🔥88👍1194❤‍🔥1💯1
JavaHere's Blogs 🚀
Duo qilib turasizlar 🙃 Software Engineer II at Google
Missiya a'lo darajada bajarildi.

1-intervyu: Strong hire (DSA)
2-intervyu: Hire (DSA)
3-intervyu: Hire (Googleyness)
4-intervyu: Strong hire (DSA)

Keyingi qadam team-matching.

Qanday tayyorlanganim va qaysi mavzuga oid savollar tushganini haqida alohida post bo'ladi.

Aniq savollarni esa ommaga ochiqlash mumkin emas, buni NDA(Non-Disclosure Agreement) deyishadi.

Stay tuned...
58👏32🔥15👍43🎉2💯1
JavaHere's Blogs 🚀
Missiya a'lo darajada bajarildi. 1-intervyu: Strong hire (DSA) 2-intervyu: Hire (DSA) 3-intervyu: Hire (Googleyness) 4-intervyu: Strong hire (DSA) Keyingi qadam team-matching. Qanday tayyorlanganim va qaysi mavzuga oid savollar tushganini haqida alohida…
Doim tayyor turing

Imkoniyatlarning kelish vaqti juda qiziq. Kelgan payti tayyor bo'lmaysiz, tayyor bo'lgan paytingiz esa kelmaydi.

Davomiylik - bu kalit! (Consistency is the key!)

Kod yozish intervyusi (Coding Interview)

Men ishim bor payti ham, yo'q payti ham, doimiy leetcode masalalarini yechib boraman va boshqa shunday qilayotganlarga ham yordam beraman. Bu esa meni har doim har qanday muammoga tayyor turishimga yordam beradi.

Bu intervyu uchun 1 kun vaqt sarfladim. Xo'sh qanday?

Intervyuda kod yozamiz, ammo u yerda "auto completion" yo'q. Bu degani metod va funksiyalar xotiramizda bo'lishi kerak.

Hozirda asosiy kod yozadigan tilim Golang, lekin Min/Max Heap, Ordered Set/Map va boshqa ma'lumotlar tuzilmalari(Data Structures) bilan ishlash Java yoki Python tillaridagi kabi oson emas.

Shuning uchun Java dasturlash tili sintaksisini va shu ma'lumot tuzilmalarini tayyor funksiyalarsiz qanday yozishni takrorlab chiqdim xolos.

Intervyuda tushgan savollarning mavzulari quydagilar bo'ldi:
- Priority Queue
- Binary Search
- HashMap
- Sorting

Googleyness intervyusi

Bu intervyu uchun quyidagi usullardan foydalanib tayyorlandim:

1. Google'da ishlaydigan tanishim bilan "mock interview" qildim va bu menga juda katta yordam berdi
2. Link 1
3. Link 2
4. Link 3

Team matching Interview

Bu intervyudan so'ng YouTube jamosi bilan "team matching" intervyu bo'lib o'tdi. Lekin menga rad javobini berishdi. Albatta qiziq, ammo sababi noma'lum.

Shunday qilib haligi gap (Google return offer ≠ real work) yana bir bor o'z isbotini topdi.

Xo'sh endi nima bo'ladi?

IELTS sertifikati kabi, "Technical Interview" natijasi ham bir necha oy saqlanib turadi. Biror mos jamoa chiqib qolsa, yana aloqaga chiqishadi va shu jamoa bilan faqatgina "Team matching interview" bo'lib o'tadi. Mos kelsa "Offer", bo'lmasa intervyu natijasi yaroqlilik muddati tugaguncha shu holat takrorlanadi.

Shunaqa sarguzashtlar...

Xulosa

Doim tayyor turing. Imkoniyat kelgani payti ushlab qolishga ham, qo'lingizdan chiqib ketgan payti tik turib, yo'lda davom etishga ham... Albatta sizning nasibangiz boshqasiga ketib qolmaydi. Sizga kelmadimi? Demak shunchaki hali sizniki emas )
👍49🔥9🏆521💯1