Jizzax viloyat soliq boshqarmasi
996 subscribers
12.5K photos
1.6K videos
81 files
6.5K links
rasmiy kanali
Malumot uchun:[email protected]
Tel:72 226-34-70,72 222 -07 -00
Download Telegram
#8mart
#etirof

Hamkasbimiz “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Ana'naga ko‘ra, 8-Mart – Xalqaro Xotin-qizlar kuni arafasida samarali mehnati, boy amaliy tajribasi bilan Yangi O‘zbekistonni barpo etish, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda ulkan hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh xotin-qizlar “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Ular qatorida uzoq yillardan beri Soliq sohasida sidqi dildan xizmat qilib kelayotgan matonatli, fidoyi xodima, Soliq qoʻmitasining Xalqaro soliq solish boʻlimi boshligʻi Alishayeva Rano Xamidovna ham bor.

Fursatdan foydalanib, uzoq yillardan buyon soliq xizmati organlarida burchini fidoyilik bilan ado etib kelayotgan Rano Alishayevani soliq organlari jamoasi nomidan ushbu mukofot bilan muborakbod etamiz!

Soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤔1
🌸 Jizzax viloyat soliq boshqarmasida xotin-qizlarga ehtirom!

Jizzax viloyat soliq boshqarmasida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tizimda fidokorona mehnat qilayotgan ayol xodimlarga hurmat bajo keltirildi. Tadbir davomida soliq organlarida faoliyat yuritayotgan ayollarning kasbiy mahorati, mas'uliyati va fidoyiligi alohida e'tirof etildi.

🔹 Ular soliq tizimidagi islohotlarni amalga oshirishda, tadbirkorlik muhitini yaxshilashda va soliq siyosatini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.
🔹 Tantanali tadbirda ayollarga samimiy tabriklar taqdim etildi.
🔹 Bayramona muhitda kechgan tadbir ularning har biriga iliq taassurot qoldirdi.

🌷 Soliq tizimining fidoyi ayollariga ehtirom bajo keltiramiz! Siz bizga kuch, ilhom va bardavomlik bag‘ishlaysiz!

#8Mart #XalqaroXotinQizlarKuni #SoliqTizimi #Jizzax #Ehtirom

📢 Eng muhim yangiliklarni kuzatib borish uchun kanalimizga obuna bo‘ling! 🚀

Telegram | Facebook  | Instagram
👍311