Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

#tabrik #yangi_yil_2024
Yangi yilingiz muborak bo‘lsin!
Qadrli vatandoshlar, Siz azizlarni, ko‘pmillatli butun xalqimizni Yangi 2024-yil bilan chin qalbimdan tabriklayman. Barchangizga yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan 2023-yilda davlat soliq xizmati organlarining mahalla darajasiga tushib ishlash tizimi joriy etildi. Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimizni rozi qilish borasida yangi qadamlar tashlandi.
9 443 ta mahallaga 4 427 nafar soliq organlari xodimlari biriktirilib, ularning ish samaradorligini baholash uchun “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimi ishlab chiqildi.
Mazkur yangi tizimning ishga tushishi natijasida yer va mol-mulk soliqlaridan prognozga nisbatan qo‘shimcha 2 trln so‘m tushirildi. Jismoniy shaxslarning mol-mul va yer soliqlaridan tushumlar o‘tgan yilga nisbatan 1,5 baravarga oshdi.
Yashirin ish o‘rinlari legallashtirilganligi hisobiga daromad solig‘i to‘lovchilar 263,2 ming nafarga ko‘payib, 5,3 mln nafarga yetganligi
hamda ish haqini oshirilishi JShODS bo‘yicha qo‘shimcha 1,9 trln so‘m tushirish imkoniyatini berdi. O‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar 2,6 mln nafarni tashkil etib, yil boshiga nisbatan qariyb 1 mln nafarga oshdi.
Mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojida, xalqimiz turmush farovonligini oshirishda davlat soliq xizmati organlarining ham munosib hissasi borligi men va tizimda faoliyat olib borayotgan ahil jamoamizga ulkan faxr bag‘ishlaydi. Shu bilan birga bu katta masʼuliyat ekanligini barchamiz his etmoqdamiz.
Davlat soliq xizmati organlarining sadoqatli va mehnatkash jamoasi yangi yilda ham jonajon Vatanimiz iqtisodiy taraqqiyoti va xalqimizni rozi qilish yo‘lida bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etadi.
Qalblarimiz pok niyatlarga to‘lib turgan ushbu quvonchli kunlarda xalqimizni yangi – 2024-yil bilan yana bir bor muborakbod etaman!
Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, oilaviy baxt-saodat tilayman.
Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin. Yangi yil barchangizga muborak bo‘lsin!
Soliq qo‘mitasi Raisi,
Sherzod Kudbiyev
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads

👍1
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#tabrik
Bayramingiz muborak bo‘lsin, adolat posbonlari!
Soliq qo‘mitasi jamoasi 8-yanvar — Prokuratura organlari xodimlari kuni munosabati bilan tizimda xizmat qilayotgan barcha xodimlarni tabriklaydi.
Mamlakatimizda adolatli huquqiy jamiyatni barpo etish, qonun ustuvorligini taʼminlash hamda Vatanimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirish, xalq farovonligini oshirishdagi mashaqqatli va sharafli mehnatlaringizda omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

☪️ Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
Assalomu alaykum aziz vatandoshlar, Jizzax viloyat Soliq boshqarmasi jamoasi Sizlarni va butun musulmon olamini Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi.
Mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, hamjihatlik muhitini mustahkamlash, vijdon erkinligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar natijasida xalqimiz muborak Ramazon hayitini tinchlik-xotirjamlik va shukronalik bilan kutib oldi.
Saxovat va mehr-muruvvat tadbirlari – kam ta’minlangan, yolg‘iz va nogironligi bo‘lgan insonlar holidan xabar olinib, ularga amaliy yordamlar ko‘rsatilayotgani Ramazon bayramining fayzu tarovatini yanada oshirmoqda.
Bu qutlug‘ ayyomning maʼno-mazmuni yurtimizda inson qadri uchun olib borilayotgan siyosat bilan hamohang ekanini har birimiz chuqur his etmoqdamiz.
Xalqimizning ushbu saodatli damlardagi ibodatlari, ezgu niyatlari ijobat bo‘lsin.
Orzulari pok, niyatlari ulug‘ xalqimizga Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
✅ Jizzax viloyat soliq boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo boʻling!
🟦 Telegram |👍 Facebook |❤️ Instagram|🕊 Twitter
☪️ Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
Assalomu alaykum aziz vatandoshlar, Jizzax viloyat Soliq boshqarmasi jamoasi Sizlarni va butun musulmon olamini Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etadi.
Mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, hamjihatlik muhitini mustahkamlash, vijdon erkinligini ta’minlashga qaratilgan islohotlar natijasida xalqimiz muborak Ramazon hayitini tinchlik-xotirjamlik va shukronalik bilan kutib oldi.
Saxovat va mehr-muruvvat tadbirlari – kam ta’minlangan, yolg‘iz va nogironligi bo‘lgan insonlar holidan xabar olinib, ularga amaliy yordamlar ko‘rsatilayotgani Ramazon bayramining fayzu tarovatini yanada oshirmoqda.
Bu qutlug‘ ayyomning maʼno-mazmuni yurtimizda inson qadri uchun olib borilayotgan siyosat bilan hamohang ekanini har birimiz chuqur his etmoqdamiz.
Xalqimizning ushbu saodatli damlardagi ibodatlari, ezgu niyatlari ijobat bo‘lsin.
Orzulari pok, niyatlari ulug‘ xalqimizga Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#27_iyun #tabrik
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari, Sizlarni 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan o‘zim va jamoamiz nomidan tabriklayman.
Soliq xizmati organlari bilan samarali hamkorlik va soha yangiliklarini keng jamoatchilikka yetkazishdagi munosib hissangiz uchun minnatdorlik bildiraman.
Sizlarga ijodiy parvozlar tilayman, doimo qalamingiz o‘tkir, so‘zingiz keskir bo‘lsin. Sihat-salomatlik, baxt-saodat doimo yor bo‘lsin.
Sherzod Kudbiyev,
Soliq qo‘mitasi Raisi

👍4
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik
Bayramingiz muborak boʻlsin, sharafli kasbiga sodiq – qadrli soliqchilar!!!
Davlat soliq xizmati organlari tashkil etilganiga 33 yil toʻldi. 12-avgust – milliy soliq siyosatimizga tamal toshi qo‘yilgan kun hisoblanadi. 1991-yil aynan shu kuni Bosh soliq boshqarmasi tashkil etilgan.
Soliq qoʻmitasi Raisi Sherzod Kudbiyev mazkur sana munosabati bilan soliq organlarida xizmat qilayotgan barcha xodimlarni va soha faxriylarini tabrikladi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Har bir kasbning zahmati bor, sharafi bor...
Har bir kasbning zahmati bor, sharafi bor,
Mehnat qilgan har insonga zafarlar yor,
Bugun dilga quvonch solar, shodlik solar!
Bayramingiz qutlugʻ boʻlsin soliqchilar!
Soliq qo‘mitasi mehnat faxriysi, "Sodiq xizmatlari uchun" medali sohibi G‘ulomjon Musayev soliq xizmati organlari xodimlariga dil izhorlarini mana shunday go‘zal satrlar orqali yo‘lladi.
👉 Batafsil

#tabrik #20avgust
Soliq qoʻmitasi Raisi Sherzod Kudbiyev, 20-avgust – Tadbirkorlar kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi
__________
#қутлықлаӯ #20август
Салық комитети Баслығы Шерзод Кудбиев, 20-август – Исбилерменлер күни мүнәсибети менен қутлықлаў жоллады
_________
#поздравление #20августа
Председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев направил поздравление в связи с 20 августа – Днем предпринимателей
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Soliq qoʻmitasi Raisi Sherzod Kudbiyev, 20-avgust – Tadbirkorlar kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi
Har qanday jamiyat rivojida tadbirkorlar ulkan kuch-qudrat bo‘lib kelgan. Jonajon Vatanimiz – O‘zbekistonda iqtisodiyotni rivojlantirish, ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, mahallalarni obod etish yo‘lidagi islohotlarga eng katta hissa qo‘shayotganlar ham tadbirkorlardir!
Yangi va istiqbolli loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, yurtimizning iqtisodiy qudrati va eksport salohiyatini yuksaltirishdagi mehnatlaringiz tahsinga sazovor...
__________
#қутлықлаӯ #20август
Салық комитети Баслығы Шерзод Кудбиев, 20-август – Исбилерменлер күни мүнәсибети менен қутлықлаў жоллады
Ҳәр қандай жәмийет раўажланыўында исбилерменлер үлкен күш-қүдирет болып келген. Әзийз Ўатанымыз – Өзбекстанда экономиканы раўажландырыў, жумыс орынларын жаратыў, кәмбағаллықты қысқартыў, мәҳәллелерди абат етиў жолындағы реформаларға ең көп үлесин қосып атырғанлар да исбилерменлер болып есапланады!
Жаңа ҳәм перспективалы жойбарларды әмелге асырыў, елимиздиң экономикалық қүдирети хәм экспорт потенциалын жетилистириўдеги мийнетлериңиз мактаўға ылайық....
_________
#поздравление #20августа
Председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев направил поздравление в связи с 20 августа – Днем предпринимателей
Предприниматели всегда были движущей силой в развитии любого общества. Предприниматели – это те, кто вносит самый большой вклад в реформы, направленные на экономическое развитие, создание рабочих мест, сокращение бедности, облагораживание махаллей в Узбекистане - нашей дорогой Родине!
Ваши усилия по успешной реализации новых и перспективных проектов, повышению экономической мощи и экспортного потенциала нашей страны заслуживают похвалы...
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#tabrik #mustaqillik_33_yil
Yashasin O'zbekiston! Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!
Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar, Sizlarni Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Sizlar bilan birga sog‘-omonlikda, shod-u xurramlikda Vatanimiz tarixidagi eng shonli sanani o‘ttiz uchinchi bor kutib olyapmiz.
O‘tgan davrlarda davlatimiz turli sinovlarda toblanib, tajriba orttirib, o‘zining aniq maqsadi va yo‘li, pozitsiyasiga ega bo‘lgan Yangi O‘zbekiston bo‘lib shakllanmoqda.
Xalqimiz birlashib vaqtni – imkoniyatga, imkoniyatni – yutuqqa, yutuqni taraqqiyot poydevoriga aylantirmoqda.
Darhaqiqat, muhtaram Yurtboshimiz boshchiligida elimizning fidokorona mehnatlari, g‘ayrat-u shijoati bilan orzularimiz amalga oshmoqda. Bunda davlat soliq xizmati organlarida xizmat qilayotgan har bir xodimning ham mehnatlarini e’tirof etish joiz.
Mustaqillik bayrami arafasida taqdirlangan davlat xizmatchilari orasida davlat soliq xizmati organlari vakillariga berilgan orden va medallar butun soliq tizimidagi xodimlarning birgalikdagi mehnatlariga berilgan baho.
Fursatdan foydalanib, tizimda fidokorona mehnat qilib kelayotgan barcha hamkasblarimga chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman.
Mana shunday shukuhli damlarda Vatanga sadoqat bilan xizmat qilatyotgan barcha yurtdoshlarimizni, davlat soliq xizmati organlari xodimlarini, bugungi ulug‘ bayram bilan yana bir bor tabriklayman.
Barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga baxt-u saodat, fayz-u baraka tilayman. Yutuq va g‘alabalarimiz ijodkori va bunyodkori bo‘lgan xalqimiz hamisha omon bo‘lsin!
Tinchlik va osoyishtalik bayrami – Istiqlol ayyomi barchamizga muborak bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin, xalq posbonlari!
Burchiga, Vatanimizga sadoqatli, jasur va fidoyi kasb egalarini 25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Soliq tizimi xodimlari nomidan samimiy tabriklaymiz!
Hurmat bilan,
Sherzod Kudbiyev va soliq tizimi jamoasi

Bayramingiz muborak boʻlsin!
Hurmatli kasaba uyushmalari xodimlari va faollari,
Sizlarni 11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan samimiy muborakbod etaman.
Qayd etish lozimki, soʻnggi yillarda kasaba uyushmalarining mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi oʻrni va taʻsiri tobora ortib bormoqda.
Bugungi kunda kasaba uyushmalari turli sohalarda mehnat qilayotgan xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, mehnat huquqlarini himoya qilish, emin-erkin ishlashlari, sogʻligʻini tiklashlari uchun ham moddiy ham maʻnaviy koʻmak berishga qodir muhim institut sifatida jamiyatning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi.
Fursatdan foydalanib, Sizlarni bugungi kasb bayramingiz bilan chin qalbdan muborakbod etaman!
Xonadoningizga tinchlik, fayz-u baraka, o‘zingiz va yaqinlaringizga sihat-salomatlik tilayman. Masʻuliyatli va sharafli ishlaringizda yangi yutuqlar doim yor boʻlsin!
Sherzod Kudbiyev,
Soliq qoʻmitasi Raisi

Hurmatli prokuratura organlari xodimlari!
Sizlarni kasb bayramingiz bilan soliq organlari nomidan tabriklaymiz!
Respublikamizda qonun ustuvorligini taʼminlash, barcha sohalarda huquqbuzarliklarning oldini olish va soliq, valyuta hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashishdagi samarali faoliyatingiz – davlatimizning iqtisodiy barqarorligini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega.
Sizlarga mashaqqatli va sharafli mehnatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!
Hurmat bilan,
soliq tizimi jamoasi

Hurmatli yurtdoshlar!
Qalblarni nurga, xonadonlarni barakaga to‘ldiruvchi, mehr-oqibat va saxovat ayyomi – Ramazon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!
Bu kunlar nafaqat yuksak ruhiy poklanish, balki insoniy qadriyatlar mustahkamlanadigan, yaxshilik va ezgulik ustuvor bo‘ladigan muqaddas ayyomdir.
Fidokorlik va muruvvat, sabr va shukronalik bu kunlarning ajralmas timsolidir. Bir-birimizga mehr, Vatanga sadoqat bilan xizmat qilsak, ko‘ngillar shodlanadi, yurtimiz yanada rivojlanadi.
Yurtimizda doimo tinchlik va farovonlik bo‘lsin!
Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!
Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi Raisi

Forwarded from Jizzax viloyati soliq boshqarmasi xabarlari
🎉 Abduqahhor Saidxonov - 60 yoshda! 🎉
Jizzax viloyat soliq boshqarmasi bosh inspektori Abduqahhor Saidxonovning 60 yoshga toʻlishi munosabati bilan unutilmas tadbir boʻlib oʻtdi.
Boshqarma rahbariyati va hamkasblarining ishtirokida oʻtgan tadbirda Abduqahhor aka oʻzining boy tajribasi va fidokorona mehnati bilan jamoa hurmatini qozonganligi alohida taʼkidlandi.
Tadbir davomida samimiy tilaklar bildirildi, esdalik sovgʻalari topshirildi. Ayniqsa, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.Kudbiyevning tabriknomasi tantanali ravishda oʻqib eshittirildi va topshirildi.
Hamkasblar tomonidan bildirilgan iliq fikrlar va samimiy tilaklar tadbirga oʻzgacha fayz bagʻishladi.
Hurmatli Abduqahhor aka, sizni 60 yoshlik muborak yoshingiz bilan chin dildan tabriklaymiz! Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik va oilaviy baxt tilaymiz. Soliq sohasidagi faoliyatingizga ulkan zafarlar yor boʻlsin! 💐
#Jizzax #Soliq #Yubiley #Tabrik #AbduqahhorSaidxonov #SoliqBoshqarmasi
Telegram | Facebook | Instagram

👍2❤1