Informatika va AT
8.45K subscribers
1.14K photos
610 videos
598 files
1.53K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.iss.one/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
Forwarded from Texno Work
IT'shniklar hamma narsani bilishi kerak emas!
#lirikchekinish

IT sohasini bitirdingizmi yoki IT yo'nalishida ishlamoqdamisiz, siz hamma texnikani ashqal dashqallarini tushunishingiz kerak, bu bizning mentalitetimiz.

Siz zo'r dasturchisiz, web saytlar, web sahifalar yaratasiz, xullas web bo'yicha ustasiz, lekin o'rtog'ingiz telefon qilib,
"Do'st, menga yaxshi rangli printer tanlab ber"
desa, bu ishni qilaolmasligingizni, uncha tushunmasligingizni aytsangiz, tamom, siz u uchun hattoki do'stlikdan ham voz kechganday tuyulasiz, "san shu sohadasanku, nimaga bilmisan, nimaga tanishlaring yo'q" degan savollar beriladi, vohalanki siz faqat kod yozasiz, xattoki Windows operatsion tizimini ham o'zingiz o'rnata olmaysiz. Tanish holatmi?)

Bunday holatlar uyingizda ham sodir bo'ladi, siz zo'r dizaynersiz Photoshop, illustrator degan dasturlarni "ee yorvorasiz", lekin uyingizga konditsioner o'rnata olmaysiz, shunda nima gap eshitasiz? "Axir san texnika bilan ishlisanu, texnika universitetini bitirgansanku" nime qilomisan?))

Oxirgi daxshat holat, ishhonadagi kompyuter tarmoqlari bo'yicha mutaxasissiz, lekin siz, operatsion tizimlarga ham qaraysiz, kimningdur telefoni buzilsa, albatta siz ko'rberishingiz kerak, printer kartridjlarini ham siz almashtirasiz, eng qizig'i tok o'chib qolsa birinchi sizning oldingizga kelishadi)).

Na kulishni bilasan na yig'lashni. Bu holatlarni texniklar juda yaxshi tushunishadi, ayniqsa ko'p ishhonalarda IT bo'limiga kamroq pul ajratish uchun, o'z ishini ustasini emas, texnika yo'nalishda ko'proq narsa biladiganlarni ishga olishadi.

Bu post bilan nima demoqchiman, dasturchi dasturini tuzsin, tarmoq mutaxassisi xavfsiz tarmoq haqida o'ylasin, sistemshik operatsion tizimni zo'r sozlashni o'rgansiz, hamma o'z ishini ustasi bo'lsin, hamma yo'nalishni chala chulpa o'rgangandan ko'ra.
Bu bilan boshqa yo'nalishni o'rganmasin demoqchi emasman, dastlab o'z sohasini ustasi bo'lsin demoqchiman holos.

☝️Ko'p yillik tajribalar asosida yozildi, siz bu fikrlarga qo'shilishingiz shart emas albatta, bu mening kuzatishlarim holos.

Shu mavzuga Youtube'dagi mana bu video juda mos tushadi.
😍1
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Ta'lim sohasi juda jadallik bilan rivojlangan sari, har kuni yangi ma'lumotlar qo‘shilmoqda. Yangilangan ma'lumotlar qisqa vaqtda online bazaga kiritiladi hamda o'quvchi internetga ulanganda mobil ilova orqali ushbu o‘quv dasturlarini va o‘zgarishlarni tezkor ko‘rish va o‘rganish imkoniyatini beradi.

O‘qituvchilar ham o'quvchilarga yangilangan ma’lumotlarni taqdim etish uchun ilova ichiga keyingi bosqichda qo'shiladigan maxsus chatlardan foydalanish nazarda tutilgan.

Bu yangilik maktablarda hamda boshqa ta’lim dargohlarida beriladigan ta'lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Ta'limning ushbu yangi usuli o‘quvchining ma'lumotni qabul qilish va o‘zlashtirishini osonlashtiradi.

Endi ushbu mobil darsliklarga chat bilan birgalikda, bilimini oshiruvchi turli funksiyalar qo'shishda davom etamiz.

📲 5-sinf informatika

📲 6-sinf informatika

📲 7-sinf informatika

📲 8 - sinf informatika

📲 9- sinf informatika

📲 10 - sinf informatika

📲 11-sinf informatika

📲 Informatika offline test

👉 @informatika
#maslahat #konditsioner #mini

Assalomu alaykum kanalimiz foydalanuvchilari!

Yoz fasli kirib kelishi bilan hamma arzon, sifatli va tez sovutgichli qurilmalar ya'ni konditsionerlar sotib olishadi. Juda ko'pchilik Alibaba va Aliexpress orqali zakaz qilishadi. Konditsioner kelgandan keyin afsuslanib qolishadi.

Umar Zokirov aynan shunaqa mini konditsionerlar haqida video chiqaribdi hamda bir tiyinga qimmatligini qurilmani bo'laklab isbotlab beribdi.

Demak videoni ko'ring, zakaz qilganlar asabiylashmang, endi zakaz qilmoqchi insonlar bu ishni to'xtating.

https://www.youtube.com/watch?v=2j8n2CZLBiQ

👉🏻
@informatika
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
IT Online - Kelajak sari.apk
8 MB
IT ONLINE - KELAJAKKA INTILIB!

21-asrga kelib, smartfonlar orqali ta'lim olish uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu imkoniyatlar har kuni yangi bilimlarni kashf etilishiga zamin yaratmoqda.

Axborot texnologiyalarining barcha sohalari uchun o'zbek tilidagi ma'lumotlar juda kamligi va boshqa omillarni hisobga olib O'zbekistonda kelajak kasblarini smartfonda o'rganishingiz, bilimingizni oshirish hamda yangi imkoniyatlarni kashf etishingizga imkon beruvchi IT online mobil ilovasini taqdim etamiz.

Ushbu ilovada axborot texnologiyalarning barcha soha va yo'nalishlari bo'yicha har kuni yangi darslar, videolar, maslahatlar va IT sohasi bo'yicha o'zbek tilidagi manbalar joylashtirilib boriladi.

IT sohalarini o'rganing, bilim oling hamda O'zbekistonimiz taraqqiyotiga hissa qo'shing!

IT online ilovasi sodda ko'rinishda bo'lib tezkor ishlashi ta'minlangan.

👉🏻
@informatika
Forwarded from IT-MAVZU
Universitet tanlashda qiynalayotgan bo'lsangiz IT yo'nalishidagi ushbu universitetlarni tavsiya qilaman!

1. INHA Global Education Center.
2. INHA University in Tashkent.
3. Amity University in Tashkent.
4. Westminster International University in Tashkent.
5. Webster University, Webster University in Tashkent.
6. Alxorazmiy Nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.

6 kun davomida 15-20 iyun soat 11:00 da ushbu universitet vakillari bilan online suhbat bo'ladi.

Online korish uchun:
https://youtu.be/Lrui-9eCerg

👉 @ITbusiness_school
Forwarded from Informatika va AT (Nursaidov ㅤ)
Ўзбекистон олий ўқув юртларида ўқиш сифати умуман тушиб кетгани ҳақида йиллардан бери гапириб келинади ва бу айни ҳақиқат!

Хўш,

1) рақобат юқори;

2) тўлов жуда кўп;

3) таълим сифати абгор бўлган шароитда қарийб бир миллион кишилик абитуриентлар армияси олдида бундан бошқа, муқобил танлов борми?

Албатта! Ҳар доим, ҳар ерда муқобил танлов бўлган.

Шулардан бирини қуйида ўқийсиз.

-------------------------------------------

8 миллион сўмдан 4 йил давомида 35-40 миллион тўлаб, ҳеч қаерда тан олинмайдиган Ўзбекистон димломини олгандан кўра, шу пулнинг 30-50%ини (15-20 миллионини) 1-1,5 йил давомида қуйидагилар учун сарфласангиз, кони фойда:

а) тил курсларига бориб, халқаро IELTS сертификатини олинг. Ёки шунга ўхшаш бирон халқаро тилни ўрганинг; 1 йиллик ўқиш харажатлари ҳудудларга қараб, 3-6 миллион сўмгача, имтиҳон топшириш учун 126 £ ~ 1.3 миллион сўм;

б) компьютер тармоқлари курсига бориб, халқаро Cisco CCNA сертификатини олинг. 4 ойлик ўқиш нархи: 1,6-4 миллион cўм, имтиҳион нархи 325$~2,5 миллион сўм;

в) 1,5-2 миллион сарфлаб, 3-4 ой яхшироқ ўқув курсларида бирон бир дастурлаш тилларидан бирини ўрганинг (Java, Python, PHP ва ш.к.). Кейинчалик бирон бир яхши дастурчи акаларнинг “этагидан” тутиб, кўпроқ тажриба тўпланг.

г) Linux ва Windows Server операцион тизимларида амалий ишлаб, тажрибангизни оширинг.

Ишонинг, агарда юқоридагиларни мукаммал ўрганиб, яхшигина тажриба тўпласангиз, ишингиз БЕШ бўлади.

Хоҳласангиз ўзимизда, айниқса чет элда бу соҳа билан йўқолиб қолмайсиз!

Бизнинг университетлар юқоридаги АТ курсларида бериладиган билимнинг 20%ини ҳам бермайди.

© Sanjar Stone
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEaad_4qZjjsym4DXw
Forwarded from ZIYO FORUM UZ
Дунё 5G га қайндай қилиб етиб келди ва яқин келажакда бизни нималар кутмоқда🌍

🖇Кўпчиликка 5G технологияси яқинда пайдо бўлгандек туюлади. Бироқ, уни тадқиқ қилиш бир йилдан кўпроқ вақт давомида амалга оширилди. Келинг, барчаси қандай бошланганлиги ва келажакда симсиз алоқа соҳасида қандай ўзгаришларни кутиш мумкинлигини кўриб чиқайлик.
Rasmdagi bu yigit bundan 27 yil oldin AQSHning Stenford universitetida o‘qish uchun grant yutadi. Biroq Hindistondan u yerga uchib borishga mablag‘i bo‘lmaydi. Shunda otasi o‘zining qariyb bir yillik maoshiga teng pulga unga chipta olib beradi. Yigit umrida birinchi marta samolyotga chiqib, AQSHga uchib ketadi.

O‘sha yigit - Sundar Pichay - 2015 yilda jahonning eng boy kompaniyalaridan biri hisoblangan Google shirkatining bosh direktori etib tayinlanadi. 2019 yilda uning yillik maoshi 281 mln dollarga teng bo‘lgan.

Otaning bir paytlar qilgan katta jasorati kun kelib o‘z mevasini berdi.

Eng maqbul sarmoya - bu farzand kelajagiga sarflangan sarmoyadir!

Mavlon Marasulov

👉🏻 @informatika
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Она, хафа бўлманг -- менда вақт тиғиз,
Сизлар-ку қишлоқда яшайсиз беғам,
Мен ҳозир энг кучли "трол"ман ёлғиз,
Ҳар куни фейсбук, ҳар зум телеграм.

Соғинган бўлсангиз замонга йўйинг,
"Заказ"им жуда кўп, топмас ниҳоя.
Ҳар кун биттагина "лайк" босиб қўйинг,
Она, шунинг ўзи менга кифоя.

Исроил Шомиров

👉🏻 @informatika
Энг қийин диалог:

- Нима иш қиласиз?
- Программистман.
- Пайнетчими?
- Йўқ.
- Компьютер тузатасизми?
- Йўқ программист, программа ёзаман.
- Хаа, телефонга программа ташаб берасизми?
- Йўқ программа, сайт яратаман!!!
- Хаа тушунарли, мени хам сайтим бор одноклассникда...

Зафар Собиров

👉🏻 @informatika
#abituriyent #tezkor #barchaga_ulashing

❗️JSHSHIR (PINFL) nima va uni qanday aniqlash mumkin?

20 iyundan boshlab abitur.dtm.uz sayti orqali OTMlarga onlayn hujjat qabul qilishga start beriladi.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tishda fotosurat yoki pasport nusxasi shart emas. Shunchaki JSHSHIR, pasport seriya va raqami kiritilsa kifoya.

Pasport seriya va raqami tushunarli.

Xo‘sh, JSHSHIR (PINFL) nima? Va uni qanday aniqlash mumkin?

JSHSHIR jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasion raqami bo‘lib, u har bir fuqaroning pasportida yozilgan bo‘ladi. Pasportni yangisiga almashtirsangiz ham, seriya va raqam o‘zgarishi mumkin, ammo JSHSHIR o‘zgarmaydi (o‘ta kamdan-kam uchraydigan hollar bundan mustasno).

Uni aniqlash juda oson. Quyida ko‘rsatilgan surat orqali pasportingizdan 14 ta raqamni toping, ana shu Sizning JSHSHIRingiz bo‘ladi.

☝️Shu o‘rinda, 16 yoshga to‘lgan, lekin hali pasport olmagan abituriyentlar tezroq pasport olishga harakat qilishlari kerak. Chunki pasport bo‘lmasa JSHSHIR raqam ham bo‘lmaydi, bu degani abituriyentlar hujjat topshira olmay qolishlari mumkin. Pasportini yo‘qotgan/shikastlagan abituriyentlar ham pasportini tezroq yangilashi lozim.

Manba: @Xushnudbek

👉🏻 @informatika