Informatika va AT
8.49K subscribers
1.22K photos
617 videos
603 files
1.61K links
Informatika va axborot texnologiyalari bo'yicha O'zbekistonda birinchi faoliyatini boshlagan kanalga xush kelibsiz.

Bog'lanish: @Nursaidovuz

https://t.iss.one/Informatika/3

Dasturlash: @FlutterDasturchi
Download Telegram
Ustozlar AI asosida ishlab chiqilgan, o'zbekistonda yagona, 3 ta tilda ishaydigan konstruktordan ham faol foydalanib boshlashdi.

Eslatib o'tamiz. Endi mobil ilovalarga xojat qolmadi. Elektron darsliklar kerak emas. Nursaidov.uz konstruktori sizga umringizni oxirigacha yetadi...

@Nursaidovuz
2👍1👏1
Telegram o‘zini xavfsizlikka jiddiy qaraydigan platforma sifatida ko‘rsatadi - va bu, ma’lum darajada, haqiqat. Oddiy chatlar klient-server asosida shifrlanadi, maxfiy chatlar esa end-to-end shifrlov bilan himoyalangan.

Botlar faqat foydalanuvchi ruxsat bergan ma’lumotlarga kira oladi. Ular orqali barcha xabarlarni, kontaktlarni yoki maxfiy suhbatlarni olish - texnik jihatdan imkonsiz.

Faqat istisno holatlar bor.
- Foydalanuvchining qurilmasiga oldindan josus dastur (masalan, Pegasus) o‘rnatilgan bo‘lsa, unda xabarlar o‘g‘irlanishi mumkin*.
- Agar foydalanuvchining qurilmasiga kirish imkoni bo‘lsa (masalan, qurilma nazorat ostida, implant, root, exploit orqali), unda Telegramdagi ma’lumotlar olinishi mumkin*.
- Foydalanuvchi ikki bosqichli avtorizatsiyadan o'tmagan bo'lsa, organ xodimlari kompaniyadan sms ni tutib qolish yo'li bilan telegramga oson kiradi. Ammo bu holat Telegramni emas, foydalanuvchini aybi bo'ladi.
- Litsenziyasiz windows operatsion tizimlarida o'rnatilgan telegramingizga kirish imkoni ham bor va bu ham asosiy holatlarda foydalanuvchini xatolari sabab bo'ladi.

O'zingizni va qurilmalaringizni asrang! AI davri boshlandi...

© Nurmuhammad Nursaidov
👍311👏1