IMA Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani
342 subscribers
8.31K photos
231 videos
502 links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalar agentligi Buxoro viloyati Qorovulbozor
Download Telegram
#Qorovulbozor_tuman_IM
#Yangi_baholash_tizimi_talqini

🏢Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning mas'ullari, maktab direktori Elmurodova Shahnoza hamda O'TIBD o'rinbosari Mahmudova Nilufar 4-umumta'lim maktabining pedagog xodimlariga yangicha baholash tizimi yuzasidan  "Yangi baholash tizimi talqini"mavzusida o'quv-trening o'tkazishdi.

❇️O'quv-trening ishtirokchilariga yangi baholash mezonlari xususida batafsil ma'lumot berildi.

❇️O'quv-trening jarayoni bahs-munozaralarga asoslangan holda olib borildi. Berilgan o'rinli savollarga mas'ullar tomonidan aniq javoblar berildi.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
#Qorovulbozor_tuman_IM
#Ajdodlarni_xotirlab

🏢Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning matematika fani o'qituvchisi Sanoyev Bobomurod 8-a sinfda buyuk qomusiy olim, mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug'bek tavalludining 630- yilligiga bag'ishlab "Kasrning maxrajini irratsionallikdan qutqarish" mavzusida namunali dars o'tkazdi.
Dars davomida ko'rgazmalilikka, ilmiylikka e'tibor qaratildi.
Ilmiy-ma'rifiy, nazariy jihatdan to'g'ri tashkil etilgan dars o'z oldiga qo'ygan maqsadiga erishdi.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
👍1
# INTELLEKTUAL OʻYIN

BMT Bosh Assambleyasining 2011- yil 19-dekabrdagi rezolyusiyasiga asosan, 11- oktabr "Xalqaro qizlar kuni" deb eʼlon qilingan. Shu munosabat bilan Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-9-sinf qizlari o'rtasida zakovat intellektual o‘yini o'tkazildi.

Natijaga ko'ra
🥇8-"B" va 9-"B" sinf o'quvchilari
🥈8- "A" , 8-"D" sinf o'quvchilari
🥉 9-"A" va 9-"D" sinf o'quvchilari egalladi

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
#Rahbar va yoshlar uchrashuvi

❇️ Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida IIB boshlig'i podpolkovnik A.AJumayev , tuman IOB XQMB katta inspektor kapitan I.G'.Husenova bilan " Vatanimiz - bizning kelajagimiz" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Xalqimiz azaldan o‘zining mard va jasur o‘g‘lonlari bilan faxrlanib kelgan. Ajdodlarimiz o‘zidan keyingi har bir avlodga yigit kishining eng oliy va muqaddas burchi,avvalo, Ona tuproqni avaylash, uning sarhadlari daxlsizligini, tinchligini ta'minlashdan iboratligini eslatib, shu ruhda tarbiyalab kelgan.


IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
🔥1