IMA Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani
310 subscribers
6.21K photos
166 videos
365 links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalar agentligi Buxoro viloyati Qorovulbozor
Download Telegram
#Qorovulbozor_tuman_IM
#Bòshliqlarni_bartaraf_etish

🏢 Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning mas'ullari, maktab direktori Elmurodova Shahnoza hamda O'TIBD o'rinbosari Mahmudova Nilufar 5-umumta'lim maktabining pedagog xodimlariga yangicha baholash tizimi yuzasidan  "O'quvchilar bilimida aniqlangan bo'shliqlarni bartaraf etish" mavzusida o'quv-trening o'tkazishdi.

❇️O'quv-trening davomida fan o'qituvchilarida BSB va ChSBlardan aniqlangan bo'shliqlar ustida ishlash ko'nikmasi haqida batafsil tushuncha berildi.

❇️Ish hujjatlarining yuritilishi yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
#Qorovulbozor_tuman_IM
#Ota_onalar_majlisi

📌Qorovulbozor tumani ixtisoslashgan maktabning 10-11-sinflarida  2024-2025-o'quv yilining 2-chorak yakuni bo‘yicha ota-onalar yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.

📌Majlisda kun tartibiga qo'yilgan masalalar yuzasidan maktab rahbariyati va fan o‘qituvchilari ota-onalarga ma'lumot berdilar.

🔰Majlisda davomida, 2-chorak davomida o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishlari, odob-axloqi, erishgan muvaffaqiyatlari xususida har bir o‘quvchiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

📍Ota-onalar farzandlarini o‘qish jarayonlaridagi ishtiroklari qay darajada ekanligi to‘g‘risida ham fan ustozlaridan tushunchalar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
#Qorovulbozor_tuman_IM
#Ustozlarimiz_yutuqlari

🏢 Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchilaridan ajoyib yangilik....

❇️O'z bilimi, aqlu idroki, farosati, tashabbuskorligi-yu, ijodkorligini namoyon eta olgan Ustozlarimiz - Obidova Zamira hamda Rahmatilloyeva Farangiza B darajali milliy sertifikatni qo'lga kiritishdi.

❇️Yutuqlaringiz bardavom bo'laversin, qadrli Ustozlar! O'qib o'rganish bilan bir qatorda o'rgatishdan aslo charchamanglar!

❇️Ishlaringizga omad yor bo'lsin!

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
#Qorovulbozor_tuman_IM
#Namunali_dars

🏢 Ayni damda Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 7-b sinf o'quvchilari bilan algebra fanidan tashkillashtirilgan navbatdagi namunali darsdamiz...

❇️Yosh, tirishqoq, ijodkor o'qituvchi Namozova Maftuna dars davomida ko'rgazmalilikka, ilmiylikka e'tibor qaratdi.

❇️Darsda turli interfaol metodlardan o'rinli foydalanildi, ayniqsa "10 soniya" metodi orqali barcha o'quvchining egalllagan bilimi nazoratga olindi.

❇️Ilmiy-nazariy, metodik jihatdan to'g'ri tashkil etilgan dars o'z oldiga qo'ygan maqsadiga erishdi.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
#Qorovulbozor_tuman_IM
#Bizning_faxrimiz

❇️ Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 10 - sinf o'quvchilari SIROJEVA MUNISA ASKAR QIZI C1 darajadagi, TÒRAYEV SARDORBEK SHUHRATOVICH B2 darajadagi sertifikatini qo'lga kiritishdi.

❇️Aqlli, tirishqoq, ilmga chanqoq o'quvchilarimizni tarbiyalab voyaga yetkazgan ota-onasiga, ta'lim bergan Ustozlariga TASHAKKUR!

❇️Qadrli o'quvchilarimizning o'qishlarida hamisha  omad yor bo'lishiga tilakdoshmiz.   

❇️Mana, tashkil etilganligimizga 3 yil to'libdiki, maktabimizning barcha o'quvchilari hech qanday pullik repititorlarga qatnamasdan, muvaffaqiyatlarga erishib kelishayotganliklarini yuksak ehtirom ila ta'kidlashni joiz deb bilaman.

❇️Boringizga shukur, fidoyi Ustozlaru, ilmga chanqoq, maqsadi sari tinib tinchimas, qadrli òquvchilar!!!

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
#Qorovulbozor_tuman_IM
#Kasbiy_rivojlanish_kuni

🏢 Bugun Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab rahbariyati hamda pedagoglar jamoasi  kimyo fani o'qituvchisi Toshova Muqaddas tomonidan tashkillashtirilgan treningda ishtirok etishdi.

❇️Kasbiy rivojlanish kunida o'tkazilgan ushbu trening juda ajoyib tarzda o'tdi.

❇️Trening jarayonida 2 guruhga birlashgan  fan o'qituvchilari turli interfaol shartlar asosida bellashishdi.

❇️"Eng, eng, eng", "Bir-birini anglash", "Ehtiyotkorlik", "Pantomimo", "Chaqqonlik" kabi interfaol metodlar ishtirokchi Ustozlar tomonidan juda mohirlik bilan amalga oshirildi.

❇️Bu kabi treninglarning o'tkazilishi kasbiy mahoratni oshirish, ma'naviy muhitni yaxshilash bilan birga barchada ko'tarinki xush  kayfiyatni yuzaga keltirdi.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
#Qorovulbozor_tuman_IM
#Bellashuv

🏢 Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 6-a sinf o'quvchilari bilan ingliz tili fanidan bellashuv o'tkazildi.

❇️Yosh, tirishqoq, ijodkor, tashabbuskor o'qituvchilar - Safarova Shahrizoda va Mansurova Vazira   test materiallarini tayyorlab, yakuniy natijalardan keyin, o'quvchilar bilimida aniqlangan bo'shliqlar ustida ishlashdi.

❇️Olimpiada jarayoni shaffofligi maktab rahbariyati tomonidan to'liq ta'minlandi.

❇️Olimpiadada faol ishtirok etib, faxrli o'rinlarni egallagan o'quvchilar pul mukofoti bilan taqdirlanishdi.

❇️Sinflarda bu kabi erkin bellashuvlarning tashkillashtirilishi, sinfda do'stona raqobat muhiti yaratilishiga zamin bo'libgina qolmasdan, o'quvchilar bilimini mustahkamlashga xizmat qilishi begumon.

❇️Boringizga shukur, tinib-tinchimas Ustozlaru, bilimga chanqoq o'quvchilar!!!

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
#Qorovulbozor _tuman_IM
#yashil makon

🏢Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi maktab hududida yashil makon loyihasini amalga oshirdi. Unda mevali va manzarali daraxt ko'chatlari maktab hovlisiga o'quvchilar tomonidan o'tkazildi.

Yashil makon ishlarida faol qatnashgan o‘qituvchilar va o'quvchilarimizga minnatdorchilik bildiramiz.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook