IMA Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani
341 subscribers
8.31K photos
231 videos
502 links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalar agentligi Buxoro viloyati Qorovulbozor
Download Telegram
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Besh tashabbus"  doirasida tashkil qilingan "Kompyuter savodxonligi " to'garagi a'zolari bilan "Ikkinchi renessans" davrida yashab ijod qilgan allomalar merosiga bag'ishlangan taqdimotlar tashkil qilindi.

O'quvchilarning yurtimizda davlatchilik, ilm-fan, madaniyat va san'at , me'morchilik rivoji haqidagi bilim va tasavvurlari yanada boyitildi.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook‌‌
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 10-sinf o'quvchilari bilan birgalikda " Odam savdosining oqibatlari" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Suhbatda odam savdosining oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish masalalarining normativ - huquqiy asoslariga tayangan holda ushbu illatning salbiy jihatlari tushuntirildi.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook‌‌
Sheʼriyatga oshufta koʻngul
Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabda namunali dars oʻtkazildi. Maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqitivchisi Obidova Zamira Davlatovna  8 - "B" sinf oʻqivchilari bilan birgalikda adabiyot fanidan sheʼrxonlik musobaqasi darsini oʻtkazdi.Bu dars oʻzgacha tarzda,oʻzgacha ruhda oʻtdi,oʻquvchilar dars davomida Muhammad Yusufga tegishli barcha maʼlumotlarni aytib oʻtishdi.Elning erka shoiri-Muhammad Yusufning turfa xil sheʼrlarini ifodali tarzda aytib ustozlarni lol qoldirishdi. Dars qiziqarli,noodatiy, mazmunga boy holatda oʻtdi.Dars davomida oʻquvchilarga ota-onani qadrlash, ustozlarni hurmatlash, vatanni sevish kabi tuygʻular singdirib borildi.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook‌‌