IMA Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani
310 subscribers
6.23K photos
166 videos
365 links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalar agentligi Buxoro viloyati Qorovulbozor
Download Telegram
#mutolaa
#Yosh_kitobxon

🏢Qorovulbozor tuman  ixtisoslashtirilgan maktabida

📚 2025-yil 24-dekabr kuni 8-sinf o'quvchilari bilan “Yosh kitobxon” to'garagining navbatdagi mashg'uloti  o'tkazildi. Unda Said Axmadning " Qorako'z majnun " asari haqida savol - javob o'tkazildi.

📚To'garakning maqsadi o'quvchilarda kitobga mehr uyg'otish, mutolaa madaniyatini shakllantirishdir. Zero, Asqad Muxtor aytganiday: "Kitob - boylik. Lekin sotib olingani emas, o'qilgani".

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
#Qorovulbozor_tuman_IM
#Bizning_faxrimiz

❇️ Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 10 - sinf o'quvchilari SIROJEVA MUNISA ASKAR QIZI C1 darajadagi, TÒRAYEV SARDORBEK SHUHRATOVICH B2 darajadagi sertifikatini qo'lga kiritishdi.

❇️Aqlli, tirishqoq, ilmga chanqoq o'quvchilarimizni tarbiyalab voyaga yetkazgan ota-onasiga, ta'lim bergan Ustozlariga TASHAKKUR!

❇️Qadrli o'quvchilarimizning o'qishlarida hamisha  omad yor bo'lishiga tilakdoshmiz.   

❇️Mana, tashkil etilganligimizga 3 yil to'libdiki, maktabimizning barcha o'quvchilari hech qanday pullik repititorlarga qatnamasdan, muvaffaqiyatlarga erishib kelishayotganliklarini yuksak ehtirom ila ta'kidlashni joiz deb bilaman.

❇️Boringizga shukur, fidoyi Ustozlaru, ilmga chanqoq, maqsadi sari tinib tinchimas, qadrli òquvchilar!!!

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
#Qorovulbozor_tuman_IM
#Kasbiy_rivojlanish_kuni

🏢 Bugun Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab rahbariyati hamda pedagoglar jamoasi  kimyo fani o'qituvchisi Toshova Muqaddas tomonidan tashkillashtirilgan treningda ishtirok etishdi.

❇️Kasbiy rivojlanish kunida o'tkazilgan ushbu trening juda ajoyib tarzda o'tdi.

❇️Trening jarayonida 2 guruhga birlashgan  fan o'qituvchilari turli interfaol shartlar asosida bellashishdi.

❇️"Eng, eng, eng", "Bir-birini anglash", "Ehtiyotkorlik", "Pantomimo", "Chaqqonlik" kabi interfaol metodlar ishtirokchi Ustozlar tomonidan juda mohirlik bilan amalga oshirildi.

❇️Bu kabi treninglarning o'tkazilishi kasbiy mahoratni oshirish, ma'naviy muhitni yaxshilash bilan birga barchada ko'tarinki xush  kayfiyatni yuzaga keltirdi.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
#Ertalabki _saflanish

🏢Ixtisoslashtirilgan  ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qorovulbozor tuman   ixtisoslashtirilgan maktabida ertalabki saflanish o'tkazildi. O'quvchilarga odob - axloq qoidalari, yo'lda harakatlanish qoidalari, to'g'ri ovqatlanish tartibi, kiberjinoyatchilikdan ehtiyot bo'lish haqida tushuntirildi.Hafta davomida tanlovlarda g'olib bo'lgan o'quvchilar faxri yorliqlar bilan taqdirlandi. O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi kuylandi.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#O'ZBEKISTON 24

🏢Ixtisoslashtirilgan  ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qorovulbozor tuman   ixtisoslashtirilgan maktabidagi o'qish  jarayonlari O'zbekiston24 kanali xodimlari tomonidan tanishib chiqildi.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
#Zakovat intellektual o'yini

🏢Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2025-yil 28-yanvar kuni “Turkiston jadidchilik harakatining  asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarorga asosan Mahmudxo‘ja Behbudiy ijodi va hayoti bo‘yicha tadbirlar tashkil etish belgilangan bo‘lib,  qaror ijrosini ta'minlash  boʻyicha tarbiya fani o‘qituvchisi Z. Saidjonova 9-10 sinf o‘quvchilari bilan “Buyuk ajdodlar merosi” shiori ostida ZAKOVAT intellektual o‘yini o‘tkazildi. O'yin davomida jamoalar ichida eng yaxshi o'quvchilar e'lon qilindi.
9-"A" sinfdan Ramazonov Sarvar
9-"D" sinfdan Karimova Marjona
10-"A" sinfdan Sirojova Munisa

Natijaga ko'ra:
🥇10-"A" sinf jamoasi
🥈 9-"D" sinf jamoasi
🥉 9-"A " sinf jamoasi
egalladi.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook