IMA Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani
310 subscribers
6.23K photos
166 videos
365 links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalar agentligi Buxoro viloyati Qorovulbozor
Download Telegram
#Qorovulbozor_tuman_IM
#Bòshliqlarni_bartaraf_etish

🏢 Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning mas'ullari, maktab direktori Elmurodova Shahnoza hamda O'TIBD o'rinbosari Mahmudova Nilufar 5-umumta'lim maktabining pedagog xodimlariga yangicha baholash tizimi yuzasidan  "O'quvchilar bilimida aniqlangan bo'shliqlarni bartaraf etish" mavzusida o'quv-trening o'tkazishdi.

❇️O'quv-trening davomida fan o'qituvchilarida BSB va ChSBlardan aniqlangan bo'shliqlar ustida ishlash ko'nikmasi haqida batafsil tushuncha berildi.

❇️Ish hujjatlarining yuritilishi yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
#oila_mahalla_maktab

🏢Ixtisoslashtirilgan  ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Qorovulbozor tuman   ixtisoslashtirilgan maktabida Imom Buxoriy MFY raisi M.Hamroyeva boshchiligida nuroniy onaxon va otaxonlar maktabga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida maktab rahbariyati bilan birgalikda maktabda tahsil olayotgan o'quvchilarning oilaviy ahvoli, tartib intizomi , ovqatlanishi va bilimi haqida suhbatlashdilar.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
#Qorovulbozor_tuman_IM
#Ota_onalar_majlisi

📌Qorovulbozor tumani ixtisoslashgan maktabning 10-11-sinflarida  2024-2025-o'quv yilining 2-chorak yakuni bo‘yicha ota-onalar yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.

📌Majlisda kun tartibiga qo'yilgan masalalar yuzasidan maktab rahbariyati va fan o‘qituvchilari ota-onalarga ma'lumot berdilar.

🔰Majlisda davomida, 2-chorak davomida o‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishlari, odob-axloqi, erishgan muvaffaqiyatlari xususida har bir o‘quvchiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

📍Ota-onalar farzandlarini o‘qish jarayonlaridagi ishtiroklari qay darajada ekanligi to‘g‘risida ham fan ustozlaridan tushunchalar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
#Zakovat intellektual o'yini

🏢Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2025-yil 22-yanvar kuni "Mirzo Ulug‘bеk izdoshlari" mavzusida zakovat intellektual o'yini 7-8-sinf o'quvchilari o'rtasida o'tkazildi. O'yin davomida jamoalar ichida eng yaxshi o'quvchilar e'lon qilindi.
7-"A" sinfdan Jo'rayeva Oysha
7-"B" sinfdan Avazova Asmira
7-"D" sinfdan Jamolova Gulasal
8-"A" sinfdan Sunnatilloyeva Gulzodaxon
8-"B" sinfdan Umarov Shahzod
8-"D" sinfdan Xayrullayev Asror

Natijaga ko'ra:
🥇7-"B" sinf jamoasi
🥈 7-"A", 8-"A" va 8-"D" sinf jamoasi
🥉 7-"D " sinf jamoasi
egalladi.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
#Qorovulbozor_tuman_IM
#Ustozlarimiz_yutuqlari

🏢 Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchilaridan ajoyib yangilik....

❇️O'z bilimi, aqlu idroki, farosati, tashabbuskorligi-yu, ijodkorligini namoyon eta olgan Ustozlarimiz - Obidova Zamira hamda Rahmatilloyeva Farangiza B darajali milliy sertifikatni qo'lga kiritishdi.

❇️Yutuqlaringiz bardavom bo'laversin, qadrli Ustozlar! O'qib o'rganish bilan bir qatorda o'rgatishdan aslo charchamanglar!

❇️Ishlaringizga omad yor bo'lsin!

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
#Rahbar va yoshlar uchrashuvi

Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Qorovulbozor tumani IIB boshlig'i, 3-sektor rahbari, podpolkovnik A.A.Jumayev maktab o'quvchilari va ilk bitiruvchi kursant Choriyev Laziz hamda ustozlar bilan davra suhbati o'tkazildi.

Suhbat davomida o'quvchilarning bilimi, kelajakdagi orzulari, qiziqishlari so'raldi. Ularning fikrlari tinglandi.O'quvchilar o'zlariga kerakli bilimlarga ega bo'ldilar. Suhbat qizg'in bahs -munozaraga boy bo'ldi.


IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook