IMA Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani
310 subscribers
6.18K photos
165 videos
364 links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalar agentligi Buxoro viloyati Qorovulbozor
Download Telegram
#davra suhbati

🏢  Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-11-sinf qizlari o'rtasida qizlar davrasi o'tkazildi. Bunda MMIBDO' Z.Qazoqova , maktabning xotin - qizlar raisi Z.Obidova, maktab hamshirasi N.Djamalova hamda sinf rahbarlar ishtirok etdilar.
Yig'ilish davomida : o'quvchi qizlar uchun odob - ahloq qoidalari, kiyinish madaniyati, to'g'ri ovqatlanish, gigeyenik maslahatlar aytib o'tildi.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
#Qorovulbozor_tuman_IM
#Namunali_dars

🏢 Ayni damda Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning  9-a sinf o'quvchilari bilan adabiyot fanidan "Hadis haqida tushuncha. Hadislardan o'qib o'rganish" mavzusida navbatdagi  namunali darsdamiz.

❇️Tajribali, oliy toifali o'qituvchi Obidova Zamira o'quvchilarni 3 guruhga birlashtirgan holda "Raqamlar tilga kirganda", "O'yla, izla, top", "Tushunchalar tahlili", "Bo'sh kataklarni to'ldir" kabi interfaol metodlardan o'rinli foydalandi.

❇️Dars davomida o'quvchilar kitobsevarlikka undaldi.

❇️Hadislardan namunalar keltirilib, ota-onani hurmat qilish eng oliy va yagona burchimiz ekanligi qayta va qayta ta'kidlandi.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
#Qorovulbozor_tuman_IM
#Kasbiy_rivojlanish_kuni

🏢 Bugun Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktab rahbariyati hamda pedagoglar jamoasi fizika fani o'qituvchilari tomonidan tashkillashtirilgan treningda ishtirok etishdi.

❇️Kasbiy rivojlanish kunida o'tkazilgan ushbu trening maktabda faoliyat olib borayotgan fiziklar ijodkorligi ostida juda ajoyib tarzda o'tdi.

❇️Trening jarayonida 2 guruhga birlashgan  fan o'qituvchilari "Psixologik test", "Kasb fidoyiligi", "Jismoniy faollik", "Mantiqiy savol-javob" kabi qiziqarli shartlar asosida bellashishdi.

❇️Bu kabi treninglarning o'tkazilishi kasbiy mahoratni oshirish, ma'naviy muhitni yaxshilash bilan birga barchada ko'tarinki xush kayfiyatni yuzaga keltirdi.

❇️Jonkuyar, fidoyi, tashabbuskor, ijodkor, izlanuvchan Ustozlar doim omon bo'lib, kasbingizda muvaffaqiyatda erishishingizga tilakdoshmiz!

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook