IMA Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani
309 subscribers
6.31K photos
169 videos
372 links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalar agentligi Buxoro viloyati Qorovulbozor
Download Telegram
#Qorovulbozor_tuman_IM
#Yangi_baholash_tizimi_talqini

🏢 Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning mas'ullari, maktab direktori Elmurodova Shahnoza hamda O'TIBD o'rinbosari Mahmudova Nilufar 8-umumta'lim maktabining pedagog xodimlariga yangicha baholash tizimi yuzasidan  "Yangi baholash tizimi talqini"mavzusida o'quv-trening o'tkazishdi.

❇️O'quv-trening davomida fan o'qituvchilari savollariga aniq javoblar berildi.

❇️O'quv-trening jarayonida fan o'qituvchilari 1-chorak yakuni bo'yicha o'tkaziladigan CHSB jarayonlari haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lishdi.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
📚📚📚📚Yosh kitobxonlar davrasi.

🏢 Qorovulbozor tuman ixtisoslashgan maktabida "Zukko kitobxon"tanlovining navbatdagi bosqichi oʻtkazildi.Unda Chingiz Aytmatovning "Oq kema"asari yuzasidan 7-sinf oʻquvchilari jamoalarga boʻlingan holda bellashdilar.Dastlab oʻquvchilarOgʻzaki va test savollarga javob berdilar.Asar mazmuni, gʻoyasi yuzasidan qizgʻin bahs-munozara ham boʻlib oʻtdi.Tanlov yakunida oʻquvchilar asardan olgan xulosalarini soʻzlab berdilar.
Natijalarga koʻra:
🥇7"B"-sinf 1-Oʻrinni,
🥈7"A"-sinf 2-Oʻrinni egallashdi.

Navbatdagi bosqichida keyingi kitob nomi eʼlon qilindi.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
#Qorovulbozor_tuman_IM
#Bitiruvchilar_imtihonda

🏢 Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 10 hamda 11-b sinf o'quvchilari sinov test jarayonida....

❇️Bitiruvchi sinf o'quvchilarini namunaviy test sinovlariga jalb etishning asosiy maqsadi, bo'lajak abituriyentlarni haqiqiy imtihondagi hayahondan xalos etish birga, bilimlarini mustahkamlashdan iborat.

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
#Qorovulbozor_tuman_IM
#Bizda_ajoyib_yangiliklar

🏢 Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning  10-sinf o'quvchisi Hazratqulova Ruxshona, 8-a sinf o'quvchisi Hojidadayev Mironshoh ingliz tili fanidan B2 darajadagi sertifikatni qo'lga kiritishdi.

❇️Eng quvonarli jihati shundaki, 2-3 yil davomida 30 dan ortiq
o'quvchilarning yutuqlariga sababchi bo'lgan, tinib-tinchimas, jonkuyar, fidoyi Ustoz-Xo'jamova Ruxsora Umarovna C1 sertifikatiga muyassar bo'ldi. Bu Ustozimiz faoliyatidagi uchinchi C1 sertifikati ekanligini mamnuniyat bilan eslatib o'tamiz.

❇️Maktabimiz o'qituvchi va o'quvchilarini ushbu yutuqlari bilan butun jamoa nomidan tabriklaymiz. Tarbiya bergan ota-onalari-yu, ustozlariga TASHAKKUR!!!

IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook
#Qorovulbozor_tuman_IM
#Hunarli_kishi_xor_bo'lmas

🏢 Qorovulbozor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 10-11-sinf o'quvchilari tumanda KROFF brendi ostida o'z faoliyatini olib borayotgan "Anvarjon metal servis 2020"MChJga tashrif buyurib, ish jarayoni bilan yaqindan tanishishdi.

❇️Tashrif davomida o'quvchilarga arzon va sifatli qurilish va ta'mirlash mollarini aholiga yetkazib berayotgan ushbu korxona mahsulotlari tanishtirildi.

❇️Quruvchi-muhandislikka qiziqishi yuqori bo'lgan bitiruvchilarni muntazam kasb-hunarga yo'naltirish maqsadida ixtisoslashtirilgan maktab direktori hamda MCHJ ijrochi direktori o'rtasida MEMORANDUM imzolandi.


IMA Qorovulbozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari:👇
Telegram | Instagram  | Youtube  | Facebook