Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
653 subscribers
4.91K photos
499 videos
18 files
1.64K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#tanlov
#ishga_taklif_etamiz

📣DIQQAT E'LON!

❗️YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!

🔔IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlaridagi rahbar lavozimlariga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

📆 Tanlovning 1-bosqichiga (saralash) joriy yilning 15-avgust sanasidan start berildi.

Hurmatli rahbar kadrlar, bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.

🗂 Talab etiladigan hujjatlar:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjat;
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
IELTS/TOEFL/DTM sertifikatingizni yuklang (malaka talablariga mos ravishda).

Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
halollik, ishchanlik va jamoani boshqara olish qobiliyati;
liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega boʻlishi;
zamonaviy AKT savodxonligiga ega boʻlishi.

🟢 Hujjatlarni job2.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 180)

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Job2
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Digital_Generation_Uzbekistan

🟡 RAQAMLI AVLOD RESPUBLIKA INKLYUZIV IT OROMGOHIGA START BERILADI

🇺🇿🇺🇿 Mustaqilligimizning 33 yilligiga bagʻishlangan loyiha 26–30-avgust kunlari Agentlikning “Renessans” oromgohida boʻlib oʻtadi.

Offlayn yoʻnalishlar:
Robototexnika;
No Coding;
3D modellashtirish;
Digital Art.

Onlayn yoʻnalishlar:
DotNet;
No coding;
Frontend;
Python;
Flutter;
Web Design.

🌐Oromgohda qatnashish uchun online.raqamliavlod.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz offlayn qatnashuvchilar soni cheklangan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ijod_maktablari
#oʻquv_trening
#ikkinchi_kun

🤩 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tomonidan Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabida "Kasbiy rivojlanish: tahlil, maqsad, natija" mavzusida 3 kunlik Respublika o‘quv-treningi oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Bugun, oʻquv-treningning ikkinchi kunida ishtirokchilar malakali trenerlar koʻmagida ijod maktablari faoliyati natijadorligini baholash va ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, fan to‘garaklarini maqsadli tashkil etish, o‘quv dasturi bilan ishlash, texnologiyalar integratsiyasi, raqamli sinfxona kabi mavzularda bilimlarini oshirdi.

Shuningdek, ishtirokchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyati va intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan "Zakovat" intellektual o‘yinlari o‘tkazildi. Sog’lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faollikni oshirish maqsadida sport musobaqalari tashkil etildi.

Agentlik tizimidagi ijod maktablarining o‘quv ishlari va ixtisoslik fanlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, ona tili, adabiyot, tarix, ingliz tili, matematika, informatika va biologiya fanlari o‘qituvchilari ishtirokida boʻlib oʻtayotgan Respublika oʻquv-treningi ertaga, 23-avgust kuni yakunlanadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdirlash_marosimi
#Ziyolilar

"Ziyolilar.maktab": 100 nafar eng iqtidorli yoshlar taqdirlandi


Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish Ziyo Forum fondi bilan hamkorlikda "Ziyolilar.maktab" loyihasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni vazir Hilola Umarova ochib berdi. U o’z nutqida g‘oliblar va ularning yaqinlarini samimiy tabriklab, ulkan zafar va muvaffaqiyatlar tiladi.

Fond direktori Bobur Farmanov ham so’zga chiqib, barchaga o‘z ezgu tilaklarini bildirdi.

G‘olib o‘quvchilar sertifikat, “Ziyolilar” to‘plami hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Ma’lumot o‘rnida: "Ziyolilar.maktab" loyihasi doirasida 9300dan ziyod anketalar kelib tushgan. Ular orasidan 100 nafar eng faol, tashabbuskor va iqtidorli o‘quvchilar saralab olindi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdirlash_marosimi
#Ziyolilar
#Ibrat_maktabi

"Ziyolilar.maktab": 100 nafar eng iqtidorli yoshlar taqdirlandi

Xabaringiz bor 24-avgust 2024-yil kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish Ziyo Forum fondi bilan hamkorlikda "Ziyolilar.maktab" loyihasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova hamda Ziyo Forum fondi direktori Bobur Farmanovlar so’zga chiqib, barcha iqtidorli yoshlarga o‘z ezgu tilaklarini bildirdilar.

Quvonarlisi ushbu loyihada Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi G'ulomjonov Azizbek ham g‘olib bo'lib esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ma’lumot o‘rnida: "Ziyolilar.maktab" loyihasi doirasida 9300dan ziyod anketalar kelib tushgan. Ular orasidan 100 nafar eng faol, tashabbuskor va iqtidorli o‘quvchilar saralab olindi.


__
Web | Telegram | Youtube | Google | Facebook