Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
991 subscribers
6.87K photos
596 videos
18 files
2.15K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

KECH KUZ

Kech kuzakda boqsam, dala-bog‘larga
Hayrat uyg‘otadi fasl jilosi.
Rangdoshga aylangan zar yaproqlarga
Olma-yu, nok, behi, hatto xurmosi.

Kunma - kun yuqotib issiq taftini
Quyosh ham yondirmas, yaltirar faqat.
Ko‘raman havoning sovuq aftini,
Osmonni qiladi bulutlar diqqat.

Ustu boshimizda qalinlar kiyim,
Shamollab qolmaslik kerakku inson.
Qushlar issiq istab ketishi tayin,
Ko‘klamgacha kutar hur O‘zbekiston.

Ko‘nglimiz ko‘tarar chumchuq, musicha,
“Chirq-chirq” va “ku-ku” lar yangrar qishda ham.
Go‘yo uqtirishar tinmay o‘zicha
-Vatan tuyg’usi bor, biling qushda ham!..


Mushtariybonu RAHIMJONOVA
Is’hoqxon Ibrat nomli ijod maktabining 8-sinf o‘quvchisi.


___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
👍5
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

YOMG'IR

Osmonni nogahon qopladi bulut,
To‘xtamasdan yomg‘ir yog‘a boshladi.
O‘yladim Allohim berayapti qut,
Uni farishtalar yerga tashladi.

Yuragim dupurlab urdi shu zamon,
O‘yladim kamalak bo‘y cho‘zarmikan.
Olamni yog‘duga to‘ldirib shu on,
Barchaga quvonch-baxt ulasharmikan.


Odina RUSTAMJONOVA
Is’hoqxon Ibrat nomli ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi.


___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
7👍1
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

VATANIMNING TIMSOLI

Bayrog'imiz rang-barang,
Jiloga boy bir qarang.

To'q moviyu, oq, yashil
O'lkamning ramzi asil.

Yulduzlaru hamda oy
Ko'kka bag'ishlar chiroy.

Har rangida ma'no bor,
Tuyamiz zo'r iftixor.

Vatanimning timsoli
Go'yo yurak misoli.

O'zbegimning jonidir,
Faxru g'urur konidir.

Hurligimiz bildirar,
Yuksaklarda hilpirar!

Farzona ABDUSAMATOVA,
Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 8-"A" sinf o'quvchisi

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
👍5
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

Konstitutsiyam - faxrim

Azaldan hech qo'rqmas o'zbegim siri,
Ta'lim islohotning asl foydasi.
Insonlar e'tiborda qomusim sabab,
Kitobingda mujassam inson qasidasi.

Ijod maktablari-bilim onasi,
She'riyat gulshanining ul durdonasi.
Har viloyat, shaharning gul-u ravshani,
Haqiqiy jasur o'g'lon, qiz mardonasi.

Himoya mujassam qomusimizda,
Ta'lim ulug'langay marralar sari.
Barcha islohotlar xalqimiz hamda,
Biz uchun berilgan imkondir bari.

Zarlardan bezalgan qonunlar bilan,
Qomusimiz sabab xalq farovondir.
Vatan madhin har dam kuylagan dilda,
Hayotimiz ajib go'zal va farovondir.


Rahimjonova Husnida Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 11-"A"sinf o'quvchisi

___
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
🔥31
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

Konstitutsiya

Yangi O'zbekiston, sensan ona yurt,
Quchog'ingda mamnun yashaymiz har dam.
Yuragimda ilm ishqi, baxtim tòkis but,
Yuksak orzularga yetamiz shaxdam.

Konstitutsiyam-faxrli kitob,
Oltindek bebaho har bitta modda.
Istiqlol in'omi-misoli oftob,
Har sòzi ma'nodor, lònda va sodda.

Uchinchi renessans-maqsad manzili,
Berilgan yoshlarga cheksiz imkonlar.
Qomusimda huquq, burchlar jo-bajo,
Shundayin Vatanga fidodir jonlar.

Ana, chopqilaydi jajji bolajon,
Kulgulari tutar yer-u samoni.
Kònglimda betugal quvonch, hayajon.
Ushaladi xalqim orzu-armoni.

Yurtboshim har ishda oqil,rahnamo,
Yuksak ishonchlari bizga kuch-quvvat.
Olqish aytajakdur hali yer-samo,
Bu yurt olam kòzida uyģotar hayrat

Abdumalikova Shoira Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabining 11-"A"sinf o'quvchisi
___
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
7👍1
#Ibrat_maktabi
#Madhiya
#Uquvchilar_ijodidan

O‘ZBEKISTON SHARAFI

Madhiyamda jaranglar,
O‘zbekiston sharafi.
Erta tongdan xo‘b yangrar
Go‘zal Vatan ta’rifi.

Gerbimizda namoyon
O‘lkamizning tasviri.
Katta-kichik yonma-yon,
Hamma mehnat asiri.

Vaqt o‘tmas bo‘sh - bekor,
Oltin dermiz har damni.
Barcha millat do‘st-hamkor,
Qadri yuksak odamni.

Obod Vatan – hur Vatan,
Unga sodiq farzandmiz.
Go‘yo birdir jonu tan,
Ahillikdan xursandmiz.

✍🏻Sarviniso Alijonova
Is’hoqxon Ibrat nomli ijod maktabining

8- sinf o'quvchisi

Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
👍41
#Ibrat_maktabi
#Madhiya
#Uquvchilar_ijodidan

Madhiyam


Madhiyam
Yangragaysan har tong abadiy,
Vodiylaring oltinga teng jannatmakonim.
O'zbek elim ta'rifi senda mujassam,
O'zbekiston mening borliq, diyorim.

Madhiyam
Yillar o'tib hamki jarangdor naqshing,
Ta'riflaysan yurtimni qalbga jo etib.
Mehr-u, muhabbat-la ovunar qalblar,
Seni kuylaganda yurak shuv etib.

Madhiyam
Sen borsan men borman mudom,
G'ururlanib yashagay O'zbekistonim.
Lojuvard samodan nur olib hayot,
Har qalbda yangragay-O'zbekistonim.


Rahimjonova Husnida
Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod
maktabining 11-"A"sinf o'quvchisi


Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
8🔥1
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

QOR

Uzoq, olis cho‘qqining
Libosidir oppoq qor,
Yaproq – ro‘molsiz shoxning
Ibosidir oppoq qor...

Begard, pokiza qorga
Shaydodirman, loldirman.
Tangrimning tuhfasiga
Men - la birga qol derman.

Chana tortar bolalar
Zavqi sig‘mas olamga,
Izg‘irin pisand emas,
Qorni sevgan odamga.

Qish faslin tarovati
Qarang, qor zarrasida.
O‘lkamning latofati
Asli qish pallasida!

Ifora OLIMJONOVA
Is’hoqxon Ibrat nomli ijod maktabining
11-sinf o‘quvchisi


Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
👍53
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

Mard o‘g‘lonlar


Vatanimiz posboni,
Mard va botir akalar.
Doim hushyor qalqoni,
Jasur qo‘rqmas akalar.

Yurtga g‘anim ko‘z tiksa,
To‘xtatmasdan qo‘ymaysiz,
Vatan uchun jon fido,
Qilishdan ham toymaysiz.

Sizda bor Temur qoni,
Manguberdi iymoni,
Vatanning qahramoni,
Yurtning chin sharaf-shoni.

Tashakkurim sizlarga,
Baxtimizga sog‘ bo‘ling,
Siz borsiz, Vatan tinchdir,
Doim e'zozda yuring!


Odina RUSTAMJONOVA
Is’hoqxon Ibrat nomli ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi.

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
#Ibrat_maktabi
#Uquvchilar_ijodidan

Ustoz Navoiy


Shuhratiga dunyo bosh egdi bu kun,
Qalamin shavqidan gulladi jahon.
Mumtoz she’riyatiga qo‘ydi tamaddun,
Go‘zal satrlari yashaydi hamon.

Ruhimni chulg‘aydi ajib hissiyot,
Qaro ko‘zin tinglagan onda.
“Xamsa”ning har so‘zi dilda yod,
O'qishadi sevib jahonda.

“Hayrat ul - abror”da yangragan sado,
Har dam biz yoshlarga komillik tilar.
Endi bu so‘zlarga qo‘shilgan holda,
Navoiy bobomga o‘xshagim kelar.

Mahsuma MAHKAMBOYEVA
Is’hoqxon Ibrat nomli ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi

___
Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
21👍1🔥1🏆1