Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi | Rasmiy sahifa
991 subscribers
6.87K photos
596 videos
18 files
2.15K links
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi
Download Telegram
#talim_tadbiri

TO‘RAQO‘RG‘ONLIK USTOZLARNING
“MILLIY FORUMI” O‘TKAZILDI (+video)

💫 2023-yil 24-avgust kuni tuman Madaniyat markazida To‘raqo‘rg‘on tuman hokimligi, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi muassasalar, Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi, tuman Madaniyat bo‘limi, tuman sport va musiqa maktablari hamda boshqa ta’lim muassalari bilan birgalikda an’anaviy II-Ustozlar forumi tadbiri “Sifatli ta’lim — kuchli jamiyat” shiori ostida o‘tkazildi.

🏆 Tadbirda tuman hokimi Ustozlarni bayram bilan tabriklab eng na’munali ustozlar hamda faxriy ustozlarni, shu jumladan yosh iste’dodli bilimli o’quvchilarni faxriy yorliq hamda tashakkurnomalar bilan taqdirladi.

🔵 Batafsil>> 🔴 HD Youtube»

____
Web | Telegram | Youtube | Google  | Facebook | Instagram
👍4🕊2👏1
#RaqamliAvlod
#InklyuzivITOromgohi

⚡️ Xabar berganimizdek, Inklyuziv "Raqamli avlod IT Oromgohi" onlayn va oflayn tarzda boʻlib oʻtmoqda.

Oromgoh oflayn darslari 200ga yaqin umumta'lim, Prezident, ijod maktabi o'quvchilari va zaif eshituvchi bolalar maktablari tarbiyalanuvchilarini hamda universitet talabalarini qamrab olgan. Onlayn darslarda esa 2000dan ziyod yoshlar qatnashishmoqda.

📆 Eslatib o'tamiz, oromgoh joriy yilning 30-avgust kunigacha davom etadi.

❗️Ushbu havolalar orqali onlayn darslar bo'yicha ma'lumotlar olishingiz va mentorlar bilan bog'lanishingiz mumkin:

🔸Sun'iy intellekt - https://t.iss.one/+1aYU6HwCw2pjZjk6
🔸React.js - https://t.iss.one/+Mq38K-OFAHcxNGZi 
🔸 Python -  https://t.iss.one/+Wx9GkI99SmlkZmIy                 
🔸.Nethttps://t.iss.one/+4sfsGy0vd89kMjli
🔸Web dizayn - https://t.iss.one/+vK9o6uBUek4wMDAy

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍2👌1👨‍💻1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#RaqamliAvlod
#InklyuzivITOromgohi
#Sarhisob

⚡️Inklyuziv "Raqamli avlod IT Oromgohi"
1-kunidan videolavha
🔥

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
2👍2👌1👨‍💻1
Forwarded from Rustam Karimjonov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥 🟦🟦🟦🟦

Siz my.gov.uz portalida yoshlar uchun qanday imkoniyatlar yaratilganligini bilarmidingiz?

📌 Hozirda my.gov.uz portalida talaba-yoshlarga (*imkoniyati cheklangan yoshlar uchun ham) bir qator imkoniyatlar yaratilgan, jumladan:

🎓 Xalqaro imtihon xarajatini qoplash;

💳 IT-sertifikat va o'qish xarajatini qoplash;

💻 Kompyuter xarid qilish bo'yicha kredit foizlarini qoplab berish;

🆔 Maktab shahodatnomasini onlayn tiklash;

🗂 O'qishga onlayn hujjat topshirish;

💳 O'qish joyidan ma'lumotnoma olish;

📊 Imkoniyati cheklangan yoshlarga subsidiya olish va shu kabi boshqa o'nlab xizmatlarga masofaviy ariza topshirish mumkin.

🎚️ Yangiliklardan xabardor bo'lish uchun Raqamli texnologiyalar vazirligining ijtimoiy tarmoqlariga a'zo bo'ling:

🚀 Telegram 🐤Twitter🔵Facebook📷Instagram🎬Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2👍1👨‍💻1
#ibrat_maktabi #e_lon

Assalomu alaykum, hurmatli ota-onalar!

Maktab ma'muriyati 2023/2024-o'quv yili boshlanishi munosabati bilan quyidagilarni ma'lum qiladi:

👔👕 maktab formalari (mavsumiy rasmiy, sport va boshqa) maktabga olib keltirildi. Bu bo'yicha pedagog-tarbiyachi Dilbarxon To‘rabaevaga (+99897 252 27 06) murojaat qilasiz.

📚 O'quv darsliklari har bir sinfda 4-sentyabr kuni sinf rahbarlari tomonidan ro'yhat asosida BEPUL tarqatiladi. Kutubxonamizga yangi tahrirdagi darsliklardan tashqari chet tillari va AKT (IT) sohalari boʻyicha qoʻllanmalar hamda o'quvchilarimiz uchun o'zbek, rus va chet tillarida nashr qilingan badiiy kitoblar ham keltirildi. Kutubxonachi Xurriyat Rahmonjonva (tel.: +99894 305 18 89)

📝 Farzandlaringizni qo'shimcha o'quv qurollari (daftar, ruchka, qalam va h.) bilan ta'minlashingiz so'raladi.

🎨 Raqamli san'at, media, milliy chevarchilik va to‘garaklar uchun bo‘yoq, qalam, kompyuter, kamera va b.lar albatta maktab tomonidan to‘garak vaqtida BEPUL beriladi.

👩‍⚕️ Maktab binolari, oshxona, yotoqxona, hojatxona va maktab hovlisida sanitariya -gigiyena talablariga asosan belgilangan tartibdagi ishlar amalga oshirilgan. Shaxsiy gigiyena uchun: sovun, tish pastasi, sochiq va h.larni esa ota-onalar ta'minlashlari lozim.

⛳️ Sport zal anjomlari, sinf xonasi, fan va kasb to‘garaklari xonalari va anjomlari hamda o‘quv jihozlari tayyor holatga keltirildi. Foydalanish maktab tartib-qoidalari va texnika havfsizligi bilan o‘quvchilar tanishib olishlari lozim.

❗️Hurmatli ota-onalar , o'quvchilarimiz yangi oʻquv yilini sog'lom holatda , a'lo kayfiyatda to'liq belgilangan tartibdagi formada hamda zarur o'quv qurollari bilan boshlashlariga e'tibor berishingizni so'rab qolamiz.

Eslatib o'tamiz: Yangi — 2023/2024-o‘quv yili dars jarayonlari 2023-yil 4-sentabrdan (dushanba kuni) boshlanadi.
____
Maktab ma'muriyati
👍13🎉4
To‘rt nafar iqtidorli yoshlardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi 28-avgust – 4-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan 35-Xalqaro Informatika Olimpiadasida ishtirok etish uchun Vengriyaning Seged shahriga jo‘nab ketdi.

📝Terma jamoa tarkibi:

Dilyorbek Valijonov –
Andijon shaharidagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi;
Dilshodbek Xo‘jayev – Toshkent shahridagi Olmazor tumani Ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o‘quvchisi;
Asilbek Sunnatov –Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf o‘quvchisi;
Otabek Jo‘rabekov – Toshkent shahridagi Profi School maktabi 11-sinf o‘quvchisi.

Barcha ishtirokchilarimizga omad yor bo‘lsin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍1🏆1