IT-School Presidency | al-Khwarizmi
930 subscribers
892 photos
40 videos
13 files
399 links
🏢Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi Prezidentining matbuot kanali.

Sahifalarimiz:
@ictschooluz
@aksa_itschool
@presidencymedia
@gpa_itschool
@ict_library
@khwarizmi_insight

Savol va takliflar: @ispresidencybot
Download Telegram
#playstation #FIFA #tournament

PLAYSTATION FIFA

🏆 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda IT-School Presidency” tomonidan kibersportning “FIFA 2023" o'yini bo’yicha qatnashuvchilarning 3-tur jadvali.

📌 Chorak final qatnashuvchilarini 23-may kuni soat 14:30 da maktabimiz kibersport xonasida kutib qolamiz.

IT-School Presidency
Qurbon Hayiti ayyomi bilan tabriklaymiz!

🌙 Sizga va yaqinlaringizga sog'liq, baxt va omad tilaymiz! Har bir kuningiz iliqlik, quvonch va muhabbatga to'la bo'lsin.

Bayramingiz muborak bo'lsin!

IT-School Presidency
Mustaqilligimiz muborak bo'lsin!

Barchangizni, eng ulug‘, eng aziz bayramimiz — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi nomidan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!

Har birimiz uchun qudrat manbai, saodat maskani bo’lgan jonajon O’zbekistonimiz osmoni doimo musaffo bo’lsin!

Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

IT-School Presidency
#itschool #presidency #vacancy #hiring #copywriter #video #editor #coordinator

🏫 Maktab rivojiga o'z hissangizni qo'shmoqchimisiz? Maktab hayotida faol bo'lishni istaysizmi? Unda bu imkoniyatdan foydalanib qoling!

Agar siz kopirayter, video ustasi bo'lsangiz yoki liderlik qobilyatlaringiz bo'lsa IT-School Presidency jamoasi sizni o'z safiga chorlaydi.

🎯 Sizdan talab etiladigan narsa:
- ma'suliyat
- 8-11-sinf o'quvchisi bo'lishingiz
- topshirilgan vazifani o'z vaqtida amalga oshirish
- ishtiyoq

📌 Agarda siz yuqoridagi koʻnikmalarga ega boʻlsangiz va jamoamizga qo'shilmoqchi bo'lsangiz, havola orqali o'tib o'z arizangizni qoldiring.

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#itschool #presidency #algo #club #asilbek

Maktabimizning ilmga chanqoq o'quvchilari diqqatiga!

👨‍💻 Sizlarni Vengriyada o'tkazilgan Xalqaro IOI olimpiada ishtirokchisi Asilbek Sunnatov tomonidan o'tkaziladigan mahorat darslariga taklif etamiz. Maktabimizning eng oldi o'quvchilaridan bo'lgan Asilbek Sunnatov nafaqat ushbu olimpiadada, balki boshqa xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ishtirok etib, ko'plab g'olibliklarni qo'lga kiritgan.

Jumladan:
🥇PIIMA tomonidan o'tkazilgan olimpiadada 1-o'rin
🥈Moskva davlat universiteti tashkil qilgan "Lomonosov" musobaqasida 2-o'rin
🥉IZhO xalqaro loyihasida bronza medal
🥉VKOShP jamoaviy loyihasida bronza medal

📝 Mahorat darslarida qatnashish uchun sizdan quyidagilar talab qilinadi:
- C++ va Python dasturlash tillarida boshlang'ich bilimga ega bo'lish
- 8-11-sinf o'quvchisi bo'lish

📍 Muhammad al-Xorazmiy maktabi 422-xona
📆 Har chorshanba kunlari 14:40

📌Ushbu ajoyib imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👨‍💻 2023-yil 20-sentabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o'tkazilgan "Algo Club" dan lavhalar.

📌 "Algo Club" har hafta chorshanba kunlari soat 14:40 da Asilbek Sunnatov tomonidan o'tkazilmoqda.

IT-School Presidency
#ictschool #presidency #announcement #football #tournament

🏆Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi “Maktab kubogi” futbol musobaqasida faol ishtirok eting va g‘olib bo‘ling!

Musobaqa maktabimizning 9-10-11-sinf o’quvchilari o’rtasida o’tkaziladi. Barcha jamoa sardorlarini 22-sentabr kuni soat 12:10 da qur’a tashlash uchun maktab amfiteatriga taklif etamiz.

🤩Barchangizni musobaqada kutib qolamiz!

IT-School Presidency
#itschool #presidency #GPA

👀 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning o'quvchi qizlari uchun ajoyib yangilik!

👩‍💻Qizlar, endi sizlar katta bir jamoa bo'lib, maktabimizning rivoji uchun o'z hissangizni qo'sha olasiz. O'zingizning kreativ g'oyalaringizni ro'yobga chiqara olish imkoniyatiga ham ega bo'lasiz.

Qanday qilib deysizmi?

📆 Unda 25-sentabr kuni, soat 14:40da maktabimizning amfiteatrida bo'lib o'tayotgan "Girls Presidency Association" klubining ochilish tadbiriga tashrif buyuring. Ushbu uchrashuvda siz guruh sardorlari hamda klubning kelgusi rejalari bilan tanishib chiqasiz.

📌 Xalqaro tanlovlar ishtirokchilari bilan suhbatlar hamda g'oya va tajribalarni almashishga yo'l ochib beradigan ushbu ajoyib imkoniyatni qo'ldan boy bermang!

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#itschool #presidency #futbol #tournament

⚽️Futbol sport turi bo'yicha 9-10-11-sinflar kesimida "Maktab kubogi" musobaqasida ishtirok etuvchi jamoalar va o'yinlar jadvali.

🏟Ushbu musobaqaning 1-turiga 25-sentabr kuni soat 14:40 da maktabimizning futbol maydonida start beriladi. 1-turda 9-01, 9-04, 9-03 sinflari va ularga qarshi 11-01, 11-04, 11-02 sinflari bellashishadi.

📌Turnirda ishtirok etuvchi jamoalar quyidagilarga amal qilishlari kerak:
- jamoa 7 kishidan iborat bo'lishi;
- har bir ishtirokchi o'z formasiga ega bo'lishi;
- futbol maydoniga belgilangan vaqtdan kechikmasdan kelishlari;

IT-School Presidency
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#itschool #presidency #futbol #tournament

⚽️Futbol sport turi bo'yicha 9-10-11-sinflar kesimida "Maktab kubogi" musobaqasi davom etmoqda.

🏟Ushbu musobaqaning 1-turiga 25-sentabr kuni start berilgan edi. 26-sentabr kuni soat 14:40 da maktabimizning futbol maydonida 1-turning 2-qism o’yinlari bo'lib o'tadi. Bunda 10-04, 11-05, 9-05 sinflari va ularga qarshi 10-02, 10-01, 10-03 sinflari bellashishadi.

IT-School Presidency
#itschool #presidency #presidency_media

📷Presidency media kanalida maktabimizda bo'lib o'tayotgan bayram kechalari, uchrashuvlar, sport turnirlari va shu kabi ko'plab tadbirlardan foto va video lavhalarni kuzatib borishingiz mumkin.

IT-school Presidency
#itschool #presidency #tabrik

💐1-oktabr - Ustoz va murabbiylar kuni.

👩‍🏫👨‍🏫Muhtaram ustozlar! Sizning tinimsiz sa'y-harakatlaringiz yurtimiz kelajagi va ravnaqi uchun ulkan hissa qo'shadi. Ushbu sharafli kasbingiz yo'lidagi shijoatingiz, metin irodangiz, tog'dek sabringiz doimo baland bo'lsin. Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, tinch va osuda hayot har vaqt hamroh bo'lsin.

IT-School Presidency
#itschool #presidency #volunteers

🏫Maktab hayotida faol bo'lishni xohlaysizmi? Maktab rivoji uchun o'z xissangizni qo'shmoqchimisiz? Unda bu e'lon aynan siz uchun! IT-School Presidency Volunteers  jamoasi ishtiyoqi baland, mas'uliyatli, bilimli o'quvchilarni o'z jamoasiga qabul qilishga tayyor.

🎯Jamoaga qo'shilish uchun sizdan quyidagilar talab etiladi:
• 7-11-sinf o'quvchisi bo'lishingiz
• Berilgan vazifaga mas'uliyat bilan yondashishingiz

📝Agarda siz yuqoridagi ko'nikmalarga ega bo'lsangiz, ushbu havola orqali o'z guruhimizga qo’shilishingiz mumkin.

IT-School Presidency
#itschool #presidency #quiz

Interactive Quiz

🎞 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda bo'lib o'tadigan Interactive quiz viktorinasiga maktabimizning 7-11-sinf o'quvchilarini taklif etamiz.

🎵 Bu safar siz ma'lum bir fan bo'yicha emas, balki musiqa va kino yo'nalishida bilimingizni sinab ko'rasiz.

📍 Ishtirokchilarni 6-oktabr sanasida, soat 15:00 da faollar zalida kutib qolamiz! Eslatib o'tamiz, har bir sinfdan 5 nafar o'quvchidan iborat guruhlar viktorinada qatnasha oladilar.

📌 Viktorinada qatnashing va bilimlaringizni tekshirib ko'ring!

IT-School Presidency
IT-School Presidency | al-Khwarizmi pinned «#itschool #presidency #presidency_media 📷Presidency media kanalida maktabimizda bo'lib o'tayotgan bayram kechalari, uchrashuvlar, sport turnirlari va shu kabi ko'plab tadbirlardan foto va video lavhalarni kuzatib borishingiz mumkin. IT-school Presidency»
INTERACTIVE QUIZ NATIJALARI

🚀 2023-yil 6-oktyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchilari o'rtasida maktab viktorinasi o'tkazildi.

Musobaqa davomida bilimdon o'quvchilar o'z bilimlari bilan kuch sinashdilar. Bellashuv bahs-munozara va tortishuvlarga boy tarzda bo'lib o'tdi. Qizg'in raqobat ostida o'tgan bellashuv yakunida g'oliblar aniqlandi:
🥇 "Top G" jamoasi;
🥈 "Bermuda" jamoasi;
🥉 "Netflix" Jamoasi.

🏆 G'oliblarni chin dildan tabriklaymiz va ularga yangi zafarlar tilab qolamiz!

IT-School Presidency