Husan Musa | Gopher
226 subscribers
177 photos
43 videos
3 files
234 links
Golang Developer.

Shaxsiy, qiziqarli, foydali, kodli, motivatsion, jiddiy, fikrli fikrlar va ma`lumotlar.
Murojaat: @husan_musa
Download Telegram
Magic cityda yangi markaz!

Ko'pchilikni xabari bor, bu hafta "Magic city"da Kitobxonlar haftaligini bo'lib o'tdi. Albatta, bu haftalikka bormasam o'zimni keyingi yilgacha kechirolmasdim)

Xullas, kecha vaqt topib bordim. Va doimgidek nafsimni boshqara olmagan holda ko'proq sotib olib qo'ydim) Ko'pdan birdaniga ko'p xarid qilmaganim va chegirmalar bunga bahona bo'ladi)

Shu hafta bahona bo'lsa kerak, "Magic city"da yangi kitobxona ochilibdi. Kitobxonaning farqi shundaki, kitoblar asosan inglizcha, ruscha va turkcha kitoblar ekan. Har xil janrdagi kitoblarga to'la kitobxonada narxlar ham qimmat emas. Asosiysi chetdan kelgan kitoblar ham ko'p.

Bu yerda telegram kanali(kanalda postlar yo'q ekan-u, Instagramida bor ekan). 1-rasm pastidagi 2ta kitobni shu yerdan oldim. Endi vaqt topib o'qish qoladi, xolos)

#BirMaqtanibQoyayDedim;)
Rahmat, Sun'iy Intelekt!

Hozir bir kompaniyada Intern o'tayapman(Bu haqida keyinroq). Kelib-kelmasimdan umrimda ochib ko'rmaganim NodeJs va MongoDBdan task berishdi.

Tabiiyki, oldin bu texnologiyalar bilan ishlab ko'rmagan kishi uchun o'rtacharoq proekt ham qiyinlik qiladi) Ustiga ustak team leadim bajara olmayotgan nuqtasi ekan🙃

Xullas, task ustida 3-4 soat ishlab o'tirdim. Leaddagidek menda ham bir nuqtasini o'xshata olmayotgan vaqtim. Birdaniga esimga bugun Github Copilotni olganim esimga tushib qoldi. Bir nechta urinishlardan keyin SI yechilmayotgan masalaga javobini namoyish qildi.

Bu albatta ajoyib bo'ldi) Birinchi muvaffaqqiyatli taskni komputer yoramida bajardim. Github Copilotni esa yoqtirib qoldim 😉

Boshida bu haqida eshitganimda unchalik yaxshi narsa emas deb o'ylagan edim. Lekin, masalan, bugungi yangilar uchun kerakli bo'lganidek, boshqa foydali, vaqtni oladigan jarayonlar uchun foydali deb o'ylab qoldim..
Forwarded from RoboContest.UZ
❗️Diqqat Informatika fanidan olimpiada. 11-sinflar o'rtasida OTMga imtiyoz asosida kirish imkonini beruvchi olimpiada bo'lib o'tadi.

❗️Toshkent shahridagi umumta'lim maktablari bitiruvchi sinf o’quvchilari uchun

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktyabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4851-son (https://lex.uz/docs/-5032128), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 562-son qarorlariga binoan

Quyidagi OTMlar Robocontest.uz bilan hamkorlikda ushbu olimpiadani o’tkazadi:

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI

TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI

“TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO‘JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI” MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI

TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

Olimpiada 3 bosqichda bo'lib o'tadi
1) Maktab bosqichi - tizimda onlayn shaklda
2) Tuman bosqichi - tizimda onlayn shaklda
3) Yakuniy - offline har bir OTMning o'zi tashkillashtiradi

I va II bosqich 2 turdan iborat bo'ladi Test va Masalalardan tashkil topgan olimpiada va barchasi onlayn shaklda bo'ladi.

I va II bosqich 26-28 aprel kunlarida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan

Imtiyoz 1-3 o'rinlarga beriladi

❗️Tizim faqat maktab va tuman bosqichlari uchun o'quvchilarning OTMlarga saralab beradi. Imtiyoz berish va yakuniy bosqichni o'tkazish OTMlar zimmasida.

Tanlovda qatnashish uchun talablar:
- 11-sinf bitiruvchisi bo'lishi
- Toshkent shahridagi maktab o'quvchisi bo'lishi
- Robocontest.uz tizimida profili mavjud bo'lishi, ro’yxatdan o’ting, agar profilingiz mavjud bo'lmasa

Yangiliklarni kuzatib kanalimizda kuzatib boring

🟥 11-sinfda o'qiydigan tanishlarimizga yuboramiz

https://telegra.ph/Diqqat-olimpiada-11-sinflar-ortasida-OTMga-kirish-imkonini-beruvchi-olimpiada-bolib-otadi-04-21

Ro'yxatdan o'tish uchun ushbu forma orqali ma’lumotlaringizni bizga yuboring
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSc4JfEeHKnmoQTY0jY6kEn0AmC9Qyeq1TKbMyUJEHQeVOoEVQ/viewform

Kanal: @robocontest
Guruh: https://t.iss.one/robocontest_chat
Assalomu Alaykum Wa Rahmatulloh!

Barchani bayram bilan, hayt ayyomi bilan tabriklayman😊

Bayram barchamizga muborak bo'lsin🙃
🎉8
Barchangizga bir iltimos.

Birinchidan, bugun tabriklanadigan bayram emas. Bugun urushlarda halok bo‘lgan millionlab insonlarning xotirasini yod etish va ularni qadrlash kuni. Musulmonchilikda o‘tganlar xotirasi Qur’on tilovati yoki hech bo‘lmasa duo bilan yod etiladi, qanaqadir tabriknomalar bilan emas.

Nima, shuncha odam o‘lgani uchun tabriklayapsizlarmi bir-biringizni?

Ikkinchidan, bunaqa tabriklarga qonxo‘r SSSRning belgisi yoki O‘rta Osiyoni qirg‘in qilgani uchun rus askarlariga berilgan la’nati Georgiy lentasi tushirilgan rasmni qo‘shish ham kamida farosatsizlik.

Nima, bu bilan ota-bobolarimizni o‘ldirganingiz, qatag‘on qilganingiz, qiynoqqa solganingiz, Sibirga surgun qilganingiz uchun rahmat demoqchimisizlar?

Uchinchidan, bugun G’alaba kuni emas, bugun XOTIRA VA QADRLASH KUNI. Hech qanaqa g’alaba kuni yo’q, ilohim, bo’lmasin ham. Urush bayram qilinmaydi. Jirkanch maqsadlar yo’lida urushni bayramga aylantirish xatoligini bugun Ukrainadagi qirg’in ham ko’rsatib turibdi.


🔘 @xushnudbekuz
👍7
Forwarded from GolangDevs.uz
🎉 Biz 300 kishi bo'ldik!

Siz ham @golangdevs_community guruhimizga qo'shiling va Go dasturlash tiliga oid bilimlaringizni oshiring.

@golangdevs_uz
Forwarded from 𝓣𝓱𝓮 𝓜𝓾𝓪𝓵𝓵𝓲𝓶𝓪𝓱 𝓞𝓷𝓵𝓲𝓷𝓮 𝓒𝓸𝓾𝓻𝓼𝓮𝓼
📌📚🤓 O’ta Iqtidorlilar uchun ingliz tili noldan

Azizlar bu yerdagi o'zingizga kerakli mavzu ustiga bossangiz darslarimizga to’g'ridan-to’g'ri o'tishingiz mumkin bo'ladi.

1-Dars: Ingliz tili alifbosi va tovushlar talaffuzi
2-Dars: Ingliz tilida so'zlarni yodlash
3-Dars: 1- va 2- darslarni mustahkamlash
4-Dars: Ingliz tilida gap tuzish qoidalari
5-Dars: Ingliz tilida salomlashish
6-Dars: Ingliz tilida so'roq gaplar
7-Dars: Ingliz tilidagi olmoshlar
8-Dars: Ingliz tilida minnatdorchilik bildirish, rahmat deyish usullari
9-Dars: Egaliklar (Egalik sifatlari va egalik olmoshlari)
10-Dars: Ingliz tilida "Rahmat" ga javob qaytarish
11-Dars: Fe'l turlari
12-Dars: Ingliz tilida Hayrlashish
13-Dars: Fe'l turlari: Asosiy va yordamchi
14-Dars: Ingliz tilida "I don't know" deyish usullari
15-Dars: "To do" yordamchi fe'li
16-Dars: "To be" yordamchi fe'li
17-Dars: "To have" yordamchi fe'li
18-Dars: Ingliz tili muloyim bo'lish
19-Dars: Ingliz tilida to'g'ri va noto'g'ri fe'llar
20-Dars: Ingliz tilida harakat va holat fe'llari
21-Dars: Ingliz tilida zerikarli bo'lmagan usulda "Yo'q" deyish
22-Dars: Ingliz tilida katta raqamlarni aytish
23-Dars: There is/are
24-Dars: Predloglar (o’rin-joy)
25-Dars: Predloglar (vaqt)
26-Dars: Ingliz tilida vaqtni aytish
27-Dars: Ob-havo haqida gaplashamiz
28-Dars: Ingliz tilida zerikarli bo'lmagan "Ha" deyish usullari
29-Dars: Ingliz tilidagi qisqartmalar ('ll,'s,'ve,'m..)
30-dars: Sayohat haqidagi jumlalar
31-dars: Ingliz tilida eng ko'p qo'llaniladigan 8ta jumla
32-Dars: Eng ko'p noto'g'ri talaffuz qilinadigan so'zlar
33-Dars: Ingliz tilida bu xatolarni qilmang
34-Dars: Ingliz tilidagi barcha zamonlar
35-Dars: Ingliz tili haqida eng ko'p so'raladigan savollarga javoblar

PLAYLIST: https://www.youtube.com/watch?v=_Kt8P1ADHAc&list=PLQYvmkE8XCziE5ThS-p83dPC4ijYbabRJ


⚠️ VIDEODARSLARNI QISMAN YOKI TO’LIG’ICHA YUKLAB OLISH, TARQATISH SHAR’AN VA QONUNAN TAQIQLANADI!
👍6
Forwarded from Marketing bo'limi
Startapingiz uchun pul bor

Spot sobiq bosh muharriri va hozirda Daryo muharriri bo’lgan jurnalist, Temurmalik Elmurodov o’zining kanalida qiziqarli maqolalar yozib turadi. Ularning biri O’zbekistonda Startaplar uchun pul borligi haqida. Quyida rus tilidan qisqartirilgan tarjima:

“Startaplarning doimiy muammosi - pul yo’qligi. Ayrim startaplar katta kompaniyalarning subloyihasi bo’lgani uchun, boshqalar esa ish joyidagi rahbariyat qo’llab-quvvatlagani sababidan muvaffaqiyatga erishganday ko’rinadi. Qolgan “oddiy odam”lar nima qilsin - deb o’ylashingiz mumkin.

Bugun O’zbekistondagi vaziyat o’zgarmoqda. Avvaliga Sturgeon Capital keldi va darrov bir qancha loyihalarga pul tikdi. Ularning ichida Billz, Zoodmall, ArzonApteka va boshqalar bor. Bularning ko’pi oddiy odamlar tomonidan ishlab chiqilgan.

Endi esi Boris Dobrodeev - Vkontakte va USM Telecom sobiq boshqaruvchisi O’zbekistonga investitsiyalar bilan kelyapti. Boris USM dan ketib, Qozog’iston va O’zbekistonga sarmoya kirituvchi xususiy investfond tashkil qilishini aytgan. Qozog’istonda shundoq ham investfondlar ko’pligini hisobga olsak, uning e’tibori O’zbekistonga ko’proq qaratilsa kerak.

Bizning bozorda bo’sh joy va imkoniyatlarni ko’rayotgan yana bir qancha investfondlar kelayotgani haqida ham gaplar yuribdi.

Xullas, pul bor. Buni inobatga oling”

Marketing o’zbek tilida — @marketingbolimi
👍1
Mac OS ga o'rganib qolibman) Windows, Ubuntularga o'rnanish qiyin bo'lyapti😐 Telegram Interface buncha noqulay bo'lmasa🙃

Mac hali bor, komputer 2 ta bo'lib qoldi🙂
Forwarded from Абдулқодир Ал-Азҳарий
​​Формапараст Хоинлар

Балоғатга етган қизларимизнинг сатри аврати биз мусулмонларнинг эътиқоди, дини ва завқи ва онги жойида бўлган ҳар бир эркакнинг иффати, номуси, ҳайсияти ва шарафидир!

Ҳой формапараст масъуллар - ким бўлсангиз ҳам - на миллат, на билим ва на тараққиёт дарди бўлмаган, ё манқурт ё хоин ва ёхуд мақсадли провакатор бўлган абгор ва шарафсиз шахсиятлар эканингизда зарра қадар шубҳа йўқ!

Ҳой масъуллар, бу азиз миллат бунақанги савиясиз, халқаро қонунчилик нормаларига зид ва антидемократик майнавозчиликлардан чарчади, чарчади, чарчадиииии!!!

Эй, давлатимиз рахбари олдига деярли ҳар ҳафта кириб чиқаётган хурматли аҳли илм ва ҳофизи Қуръон «шайх»ларимиз, миллат ва халқ сизга қараб турибди! Жаноб президентга бу майнавозчиликларнинг дунёвий ва ухровий зарарларини сиздан бошқа англатадиган ҳеч ким йўқ! Аллоҳ хайрингизни берсин, Аллоҳ тилингизни ва дилингизни ҳақ учун мусаххар қилгурлар, айтинглар ахир, миллат бундай «мақсадли» провакацион ҳатти ҳаракатлардан ва аҳмоқгарчиликлардан чарчади!

Бир пайтлар, халқимиз ичидаги бир улуғ устоз, ҳар ерда «Авестошунослик» тарғиботи билан ўралашиб юрган бир «аҳли илм»ни ҳузурига чақириб, нега бундай беманигарчиликка аралашиб юргани ҳақида сўраган, ҳалиги аҳли илм эса «Шундай қилмасам каллам кетади...» қабилида жавоб қилган экан. Шунда, етук илми билан бир қаторда ҳайбати, шижоати ва жасорати билан мусулмон халқимиз қалбидан жой олган ҳалиги олим устоз «Бу бош бугун кетмаса қачон кетади...?!» дея жавоб қилган ва ҳалиги аҳли илмни қаттиқ койиган эканлар.

Эй хурматли олимларимиз, эй қадрли шайхларимиз бошни сизлар кундага қўймасангиз, ким қўяди???

Кўз билан кўрмасакда биламиз ва эътироф этамиз, сизларнинг хизматингиз ва масъулиятингиз беқиёс, бироқ, иймонли халқимиз ва миллат яна сизга боқади, умидини сизга боғлайди, сизларга таянади...
Силкининг, қоқининг, тетиклашинг ва бу нолаларни давлат рахбарига етказинг!

(Агар мен етказиш керак бўлган унвонни белгилашда янглишмаётган бўлсам!!!)

©Абдулқодир Ал-Азҳарий


#Феминистлар_Қайдасиз???

А-уууу, аёл ҳуқуқи ҳимоячилари ва феминистлар, нима сабабдан қизларга болдирларини беркитиб юриш ҳуқуқидан маҳрум қилинишига кўз юмяпсизлар? Ёки бу ҳуқуқ эмасми?

Shahnoza Soatova мен феминизм ва аёл ҳуқуқларини кўпам тушунмайман. Ўғил бола ёпган тана аъзосини қиз бола ёполмаслиги аёллар ҳуқуқининг топталишими ёки йўқми?

Гендер комиссияси қайси ҳуқуқлар билан шуғулланади?

© Said Komil Muhammad Karim
👍6
Forwarded from Adizbek Ergashev's blog
IT o'quv markazidagi har bir o'quvchi:

"Men o'qishni tugatdim, men takrorlanmasman, endi va nihoyat boy bo'laman 🤑"

Tushundizlar ha, "intern yorqin yulduzchalar" 😏

@adizbek_ergashev
Mac ishlatuvchilar uchun maslahat.

Tasavvur qilaylik biror dasturning kerakli fayllarini bilib-bilmasdan o'chirib qo'ydingiz. Keyin dastur ishlamay qoldi. Yechimi o'chirib, qaytadan o'rnarish.

Lekin o'chirib, qayta o'rnatgandan keyin ham ishlamasligi mumkin. Oldingi o'rnatilgan paytida bazi kesh fayllar, har xil folderlarda qolib ketgan bo'ladi.

Bunday holatda dasturni butunlay, hamma fayllarini o'chirish talab etilarkan. Buning eng yaxshi usuli googledan shu dasturni qanday qilib to'liqligicha o'chirishni so'rash.

Ko'pchilik mashhur dasturlarning fayllari qayerlarda saqlanishi, terminaldan qanday buyruqlar terishi va hk.larni topib, shular asosida tozalash mumkin. Va keyin dasturni o'rnatganingizda ishlab ketish ehtimoli 99.9%.

Bu bir necha marta sinalgan usul🙃

Shunday qilish aniqku deyishingiz mumkin, lekin bu ba'zilarning hayoliga kelmasligi mumkin. #kerakbolardebyozdimda
🔥6
Forwarded from Sardor Dushamov | PHP
Shunaqa bo'ladi dizayner qilishi kerak bo'lgan ishni frontendchiga topshirsa)))
😁2
Do'stlarimiz Unicorns musoboqasida robocontest.uz platformasi bilan g'alaba qozonshibdi.
Tabriklaymiz.🥇🏆🎉🥳
👍6
Forwarded from ilhomdev (Ilhomjon Musayev)
ACER Aspire 3 | core i5-10210U

RAM: 8GB DDR4
ROM: 1TB HDD + 256 GB SSD M2
GRAPHIC CARD: MX230 2GB
Batareykasi 2~3 soat xolatga qarab

Xolati yaxshi oʻzimni kompyuterim(1 chi qoʻl).

Narxi: 420$ (kami bor)

Aloqa uchun: @ilhomjon_musayev
🔥2
Forwarded from Adizbek Ergashev's blog
Oramizda UI/UX dizaynerlar bormi ?

Robocontest.uz uchun
- Foydalanuvchi profili sahifasi
- Ro'yxatdan o'tish sahifasi
- UI/UX jihatdan rivojlantirish mumkin bo’lgan har qanday sahifalar uchun dizayn chizish kerak

Ish haqi:
* Tajriba++ va portfolio++;
* Agar ishingiz maqul bo’lsa va doimiy tizimga yordam berishga tayyor bo’lsangiz jamoa azosi sifatida qabul qilishimiz mumkin

Talablar:
* Hozirgi saytning ranglari (🎨🟦 blue theme) va bootstrapdan foydalagan holda tayyorlash
* Figmada chizish

Murojaat uchun @adizbek2