"HUDUDGAZ TOSHKENT" gaz ta‘minoti filiali
596 subscribers
4.79K photos
764 videos
6 files
1.45K links
"HUDUDGAZ TOSHKENT" Gaz ta'minoti filiali

You tube: https://youtube.com/channel/UCtb60q4SttLCDrfIKuCQMzA
Download Telegram
❄️❄️❄️ -17° harorat

Havo haroratining keskin tushib ketganligiga qaramay, gaz taʼminoti xodimlari ish jarayonlarini davom ettirilmoqda. Xususan, viloyatining Boʻstonliq va Oʻrtachirchiq tumanlari balansida boʻlgan gaz quvurlarida uzilish holatlari aniqlanib, oʻz vaqtida bartaraf etildi. Natijada shu yerdagi aholi xonadonlarining gaz taʼminoti yaxshilandi.

“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati
Қуролли Кучлар ташкил этилганининг 31 йиллиги ҳамда Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан Президент Шавкат Мирзиёев бир гуруҳ ҳарбий хизматчиларга давлат мукофотларини топширди.

По случаю 31-й годовщины образования Вооруженных Сил и Дня защитников Родины Президент Шавкат Мирзиёев вручил государственные награды группе военнослужащих.

#Mirziyoyev #marosim #Vatanhimoyachilari #QurolliKuchlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from MINENERGY.UZ
Qurilmalarda yuklamaning ortishi natijasida hududlarda elektr va gaz ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda

Sovuq havo harorat tufayli quvurlarda gaz bosimining pasayishi, elektr tarmoqlari va transformator punktlarida yuklamalarning keskin ortishi kuzatilmoqda. Buning natijasida hududlardagi, xususan Toshkent shahri va viloyatidagi gaz va elektr tarmoqlarida nosozliklar yuzaga kelib, ta’minotda uzilishlar sodir bo‘lmoqda.

Xususan, bugun kun davomida 100dan ortiq elektr va gaz qurilmalarida yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etildi.

Nosozliklarni bartaraf etish uchun barcha korxonalarda 24 soat faoliyat yurituvchi maxsus brigadalar tashkil etilgan bo‘lib, ular zarur transport vositalari, qo‘shimcha elektr va gaz qurilmalari zaxiralari bilan ta’minlangan.

Bundan tashqari tarmoqlarda yuklamani kamaytirish hamda energiya resurslarini birinchi navbatda aholi va tibbiyot muassasalariga yetkazib berish uchun yirik sanoat korxonalariga gaz va elektr energiyasi yetkazib berish hajmi keskin kamaytirildi.

Bundan tashqari barcha hududlardagi ko‘cha yoritish chiroqlarining bir qismi o‘chirilib, undan tejalgan elektr energiyasi aholiga yo‘naltirilmoqda.

Shu o‘rinda iste’molchilardan vaziyatni to‘g‘ri tushungan holda energiya resurslardan imkon qadar samarali foydalanishlarini, nostandart, energiya samarasiz qurilmalardan foydalanmasliklarini iltimos qilamiz. Iqtisod qilingan elektr energiyasi boshqa xonadonlarning chirog‘i yonishiga sabab bo‘ladi.

Hurmatli iste’molchilar! Elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha 1154 qisqa raqami yoki “Telegram”dagi @HET_admin administratorga, gaz ta’minoti yuzasidan 1104, 104 telefon raqamlari yoki Facebook ijtimoiy tarmoqdagi guruhga murojaat qilishingiz mumkin.

Keltirilayotgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

▶️
@minenergy_uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💥 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni

🇺🇿Bugungi Vatan himoyachilari kuni barcha vatanimiz himoyasi va rivojida turli xil kasblarda xizmat koʻrsatayotgan Oʻzbekiston oʻgʻlonlariga muborak boʻlsin!

Tinchligimiz abadiy boʻlsin!

“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati
Forwarded from Nurafshon TV | rasmiy (Sunnatilla G'ulomov)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ZANGIOTA TUMANI_IS GAZIDAN EHTIYOT BO‘LING_13.01.2023
Ob havoni keskin sovib ketishi natijasida aholida tabiiy gazga boʻlgan ehtiyoj tobora ortadi.
Bu davrda soha xodimlari tunu kun mehnat qilib xalqimizning ogʻiring yengil qilish yoʻlida xizmat qilishmoqda.

Bugungi kunda ne mashaqqatlar bilan isteʼmolchilarga yetkazib berilayotgan tabiiy gazdan noqonuniy, oʻgʻirlik yoʻli bilan foydalanayotgan qoʻshtirnoq ichidagi isteʼmolchilar ham yoʻq emas.

Misol uchun, Toshkent tumani "Guzar" MFY Yoshlik 7-berk koʻchasi 5 uyda yashovchi  isteʼmolchi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilayotgani aniqlandi. Isteʼmolchiga nisbatan dalolatnoma tuzildi va qayta hisob kitob qilinganda ushbu isteʼmolchi davlatga 39 443 040 soʻm zarar keltirgani aniqlandi.

Hozirgi vaqtda  payvandlash yoʻli  bilan  gaz  tarmogʻida  uzildi.

Yuzaga kelayotgan kamchiliklarni koʻrsatib berayotgan ijtimoiy tarmoq administratorlariga rahmat aytamiz.

“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati