"HUDUDGAZ TOSHKENT" gaz ta‘minoti filiali
596 subscribers
4.79K photos
764 videos
6 files
1.45K links
"HUDUDGAZ TOSHKENT" Gaz ta'minoti filiali

You tube: https://youtube.com/channel/UCtb60q4SttLCDrfIKuCQMzA
Download Telegram
#Jarayon

Ob-havoning keskin pasayishi, gupillab yogʻayotgan qalin qor mutasaddilardan hushyorlik va aholi bilan tezkor muloqot, aloqani taqozo qiladi. Viloyat hokimligi tomonidan tashkil etilgan maxsus shtabda ish qizgʻin.

🌐BATAFSIL

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Maxsus_dayjest

Qor qishning ziynati. Ammo sovuq ob-havo qatʼiy ehtiyot choralari koʻrishni talab etadi. Aholi va ijtimoiy soha obyektlarida anomal sovuqqa tayyorgarlik qay darajada? Buni mazkur dayjestdan bilib oling.

🔘
Favqulodda vaziyatlar vazirligi. Respublikamiz ahlini qattiq sovuqda nostrandart isitish moslamalaridan foydalanmaslikka chaqirdi.

🔘“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali. Korxona masʼullari maktab va bogʻchalarda isitish qozonxonalarini nazorat qildilar.

🔘Xalq taʼlimi boʻlimi. Viloyatning Angren va Boʻka tumani maktablarida haroratni saqlash va energiya tejamkorligiga erishish choralari koʻrildi.

🔘Oqqoʻrgʻon tumani. Ehtiyot choralari koʻrilib, gaz bosimi nazoratga olindi. Yoʻllarga tuz-qum aralashmasi sepildi.

🔘Ohangaron tumani. Gaz taʼminoti boʻlimi boshligʻi aholiga murojaat yoʻlladi.

🔘Oʻrta Chirchiq tumani. FVB va gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari mavsumni betalofat oʻtkazish uchun targʻibot ishlarini olib bordi.

🔘Yangiyoʻl shahri. Gaz taʼminoti boʻlimi nosoz isitkichlar va is gazidan zaharlanishning oldini olish uchun tavsiyalar berdi.

🔘Piskent tumani. Isteʼmolchilarga qish mavsumida 96,3 tonna suyultirilgan gaz yetkazilib, tabiiy gaz bosimi koʻpaytirildi.

✉️Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида видеоселектор йиғилиши бошланди.

Асосий масалага ўтишдан аввал давлатимиз раҳбари мамлакатимизга кириб келган совуқ ҳаво таъсирини беталафот ўтказиш чораларига тўхталиб ўтди.

Барча туман ва ҳудудларда ташкил этилган штаблар узлуксиз ишлаши кераклиги, аҳоли эҳтиёжлари тезкор ҳал этиб борилиши шартлиги таъкидланди.

Ижтимоий соҳа объектларини энергия ва иссиқлик билан таъминлашни алоҳида назоратга олиш зарурлиги қайд этилди.

Барча даражадаги ҳокимларга тегишли идора ва ташкилотлар билан биргаликда йўлларни тозалаш ишларини ташкил этиш, транспорт воситаларининг хавфсиз ҳаракатини таъминлаш топширилди.

Барча серқатнов йўналишларда жамоат транспортининг узлуксиз ҳаракати таъминланиши кераклиги кўрсатиб ўтилди.

Вазирлар Маҳкамаси раҳбарияти олдига ҳар бир вилоят, туман ва шаҳардаги аҳвол бўйича кунлик назорат ўрнатиб, жойлардаги муаммоларни тезкор бартараф этиш вазифаси қўйилди.

Facebook|Instagram|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида саноатни ривожлантириш ҳамда қўшимча захираларни аниқлаш масалалари бўйича видеослектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам развития промышленности и выявления дополнительных резервов.

#Mirziyoyev #videoselektor #sanoat #zaxiralar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tunu-kun aholi xonadonlarida tabiiy gazni bir meʼyorda yetkazib berish maqsadida "Hududgaz Toshkent" gaz taʼminoti filiali xodimlari tomonidan uzluksiz 24 soatlik ish rejimi tashkillashtirilgan.
Hurmatli tabiiy gaz isteʼmolchilari gazdan oqilona foydalanish va tejamkorlikka rioya etishingizni soʻrab qolamiz.

“Hududgaz Toshkent” GTF matbuot xizmati
ZANGIOTA TUMANINING AYRIM HUDUDLARIDA VAQTINCHA GAZ TAʼMINOTI TOʻXTATILDI

Zangiota tumani, “Gulzor” MFY, Yoshlik koʻchasida joylashgan tekstil sexida yongʻin sodir boʻlagan.
Ushbu binoga gaz quvuri yaqinligi sababli, 2023-yil 11-yanvar kuni soat 10:00 da tumandagi "Oʻraovul" MFY Furqat koʻchasida hamda "Gulzor" MFY Yoshlik koʻchasidagi jami 1122 ta aholi xonadonlarida hamda 15 ta ulgurji isteʼmolchilarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi.
Shundan.
1. Maktab - 1 ta.
2. MTM - 1 ta.
3. Oliy taʼlim maskani - 1 ta.
4. Ishlab chiqarish korxonasi - 2 ta.
5. Nonvoyxona - 2 ta.
6. Ofis - 8 ta.

Yongʻin oʻchirilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali taʼmirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz isteʼmolchilaridan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📻 Tabiiy gaz yetib bormagan aholi xonadonlariga oʻz vaqtida gaz balonlar yetkazib berishda "Hududgaz Toshkent" gaz taʼminoti filiali tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Olib borilayotgan ishlar haqida "Oʻzbekiston 24" radiosining "Yangiliklar" dasturida maʼlumot berildi.

✍️ “Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati
#Biz_siz_uchun_xizmatdamiz

Viloyatimizda havo harorati keskin pasayishiga qaramay "Hududgaz Toshkent" gaz taʼminoti filiali va uning tuman gaz taʼminoti boʻlimi masʼullari, isteʼmolchilarga qahraton qishning qirovli kunlarida, bir meʼyorda, uzluksiz tabiiy gaz yetkazib berish uchun oʻz ish faoliyatini tun-u kun davom etirmoqda.

Soha xodimlari tomonidan hududlarga chiqqan holda joylardagi har bir yuqori va oʻrta bosimli GTPlarida koʻrik jarayonlari oʻtkazilmoqda.

Bundan koʻzlangan asosiy maqsad Toshkent viloyati tabiiy gaz isteʼmolchilariga havo haroratining keskin pasaygan davrida bir meʼyorda tabiiy gaz yetkazib berishdan iborat.

"Hududgaz Toshkent" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati