"HUDUDGAZ TOSHKENT" gaz ta‘minoti filiali
593 subscribers
4.79K photos
761 videos
6 files
1.44K links
"HUDUDGAZ TOSHKENT" Gaz ta'minoti filiali

You tube: https://youtube.com/channel/UCtb60q4SttLCDrfIKuCQMzA
Download Telegram
Туркий давлатлар ташкилотининг Самарқанд саммити доирасида барча иштирокчи мамлакатларда дарахт экиш маросими бўлди.

В рамках Самаркандского саммита Организации тюркских государств во всех странах-участницах состоялась церемония посадки деревьев.

#Mirziyoyev #sammit #TDT #daraxt

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Oʻzining katta va boy tajriba maktabi, shonli anʼanalariga ega boʻlgan mamlakatimiz kasaba uyushmalarining barcha aʼzolarini bugungi bayram — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Yangi Oʻzbekistonda yangicha mehnat munosabatlari shakllanishi va rivojlanishi, kasaba uyushmalari fuqarolik jamiyatining eng faol institutlaridan biriga aylanishi uchun munosib hissa qoʻshib kelayotgan tizim xodimlariga sihat-salomatlik, masʼuliyatli faoliyatlarida yangidan-yangi yutuqlar tilaymiz.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Туркий давлатлар ташкилоти саммити якунлари бўйича ОАВ вакиллари учун брифинг ўтказдим. Унда бугун бўлиб ўтган асосий тадбирлар, йиғилиш якунида имзоланган ҳужжатлар ва қабул қилинган қарорлар юзасидан маълумот бердим.

Facebook|Instagram|Twitter
TAʼMIRLASH ISHLARI TUFAYLI OLMALIQ SHAHRINING "BO‘STON" MFY DA VAQTINCHA GAZ TAʼMINOTI TOʻXTATILADI

Olmaliq shahar "Boʻston" MFYni tabiiy gaz bilan taʼminlovchi yer usti oʻrta bosimli gaz quvurini taʼmirlash ishlarini olib borilishi rejalashtirilgan.
Shu sababli, 2022-yil 12-noyabr kuni soat 09:00 dan 13:00 ga qadar yuqorida koʻrsatilgan manzildagi jami 490 ta aholi xonadonlarida va 4 ta ulgurji isteʼmolchilarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatiladi.

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali taʼmirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun gaz isteʼmolchilaridan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi, yongʻinlar va boshqa yuzaga kelishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida Toshkent viloyatida profilaktik tadbirlar oʻtkazilmoqda.

“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati
TAʼMIRLASH ISHLARI TUFAYLI ZANGIOTA TUMANIDAGI "QATORTOL" MFY DA VAQTINCHA GAZ TAʼMINOTI TOʻXTATILADI

Zangiota tumani "Qatortol" hududini "Namuna" MFY tabiiy gaz bilan taʼminlovchi gaz quvurida taʼmirlash va tarmoq ulanmasidagi filtrini tozalash
ishlari rejalashtirilgan.

Shu sababli, 2022-yil 12-noyabr kuni soat 14:00 dan 17:00 ga qadar yuqorida koʻrsatib oʻtilgan manzildagi jami 310 ta aholi xonadonlari 12 ta ulgurji isteʼmolchilarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatiladi. 

Shudan:

1. Ishlab chiqarish sexlari -6 ta
2. Maʼmuriy bino va savdo shoxobchalari-6 ta

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali taʼmirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun gaz isteʼmolchilaridan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati
TAʼMIRLASH ISHLARI TUFAYLI TOSHKENT TUMANIDAGI "SANOAT" KOʻCHASIDA VAQTINCHA GAZ TAʼMINOTI TOʻXTATILADI

Toshkent tumani "Sanoat" MFY "Sanoat" koʻchasi aholisini gaz bilan taʼminlovchi oʻrta bosimli gaz quvurini avtoulov urib ketishi natijasida gaz sizib chiqish (avariya) holati yuzaga kelgan.
Shu sababli, 2022-yil 12-noyabr kuni soat 11:30 dan taʼmirlash ishlari yakuniga qadar yuqorida koʻrsatilgan manzildagi jami 300 ta aholi xonadonlarida tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatildi.

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.

“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali taʼmirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun gaz isteʼmolchilaridan uzr soʻraydi.

“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati
Forwarded from MINENERGY.UZ
Respublikamizning ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilmoqda

Kunlar keskin soviy boshlagandan so‘ng iste’molchilarning elektr energiyasi va gazga bo‘lgan talabi ham ortib bormoqda. Shuningdek, sovuq kunlarda magistral gaz quvurlari va tarmoqlarida tabiiy gaz bosimining ham keskin pasayishi kuzatilmoqda.

Buning natijasida, elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi ayrim issiqlik elektr stansiyalariga belgilangan hajmlardan kam miqdorda tabiiy gaz yetib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmining pasayishiga olib kelmoqda.

Shunday hollarda, elektr energiyasini ishlab chiqarish obyektlari, yuqori va past kuchlanishli elektr tarmoqlari, transformator punktlari hamda podstansiyalarda yuklamalarning ortishi natijasida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yirik avariyalarni oldini olish maqsadida respublikamizning ayrim hududlarida elektr ta’minotida qisqa muddatli cheklovlar kiritishga majbur bo‘linmoqda.

Xuddi shuningdek, ayrim hududlardagi aholi iste’molchilarida tabiiy gaz bosimining pasayishi ham kuzatilmoqda. Hozirgi paytda barcha yoqilg‘i-energetika obyektlarida maxsus navbatchilik shtablari tashkil etilgan bo‘lib, mutaxassislar tomonidan yuzaga kelgan ushbu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar olib borilmoqda.

Fursatdan foydalanib, iste’molchilardan ushbu vaziyatni to‘g‘ri tushunishlarini so‘ragan holda, tarmoqlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yirik avariyalarni oldini olish hamda energiya resurslari barqarorligini ta’minlash maqsadida, imkon qadar ushbu resurslardan tejamkorlik bilan foydalanishlarini eslatib o‘tamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

O‘zbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi Matbuot xizmati

▶️
@minenergy_uz
▶️
@prminenergy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Махсус репортаж | Табиий газдан фойдаланишдаги самарадорлик
#12nov #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur