Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati|Rasmiy kanali
9.82K subscribers
42.7K photos
6.8K videos
75 files
15.9K links
Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati
Пресс-служба хокимията Мирзо-Улугбекского района




Мурожаатлар: [email protected]
Download Telegram
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Mirzo Ulug‘bek tumani Feruza mavzesidagi daraxtlar bilan bog‘li xabarlar qoldirildi. Ushbu holat tuman rasmiylari va tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish  bo‘limi masʼullari tomonidan o‘rganildi.

Daraxtlarning ostiga tashlangan tosh va jihozlar olib tashlandi va tuproq solindi. Muammoli vaziyat bartaraf etildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram / YouTube
Bugun Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligida Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Respublika  “Oqila ayollar” harakati aʼzolari tomonidan mahalla xotin-qizlar faollari, “Oqila ayollar” harakati boshlang‘ich guruhlari yetakchilari, otinoyilar, “Ayollar maslahat kengashi” aʼzolari bilan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

 Unda zamonaviy, namunali oila modulini shakllantirish, ajrimlarni oldini olish, xotin-qizlarning kiyinish madaniyati, "Oqila ayollar" harakati aʼzolarining faoliyati kabi mavzularida so‘z yuritildi.

Tadbir so‘ngida mahalla xotin-qizlar faollari esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.           

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram / YouTube
#DIQQAT_ELON

KUZ-QISH MAVSUMIGA PUXTA TAYYORGARLIK KO‘RISH MAQSADIDA POYTAXTIMIZNING AYRIM TUMANLARIDAGI MFYLARNING QATOR KO'CHALARIDA ELEKTR TA’MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida ertaga, 13-oktyabr kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o'chiriladi:

Mirzo Ulug'bek tumani: «Gulzorobod» MFYning ayrim ko'chalarida soat 09:00 dan 16:00 gacha;

Sergeli tumani: «Yangihayot» MFYning ayrim ko'chalarida soat  09:00 dan 16:00 gacha.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.
Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Mirzo Ulugʻbek tumani "Chimyon" mahallasi hududidagi aholi dam olish maskani bilan bogʻliq xabarlar tarqatildi.

Ushbu holat tuman masʼullari tomonidan oʻrganildi. Tumano Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan aholi dam olish maskani tartibga keltirilmoqda.

@Hokimiyat_MirzoUlugbek
#OB_HAVO

 🌧 13 - oktyabr haftaning juma kuni uchun ob-havo ma'lumoti

🍂 Yangi kun barchaga xayrli bōlsin!

@Hokimiyat_MirzoUlugbek
Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan qonun muhokama qilinmoqda

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portalida “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi muhokama qilinmoqda.
Hujjatdan maqsad bolalarni jismoniy, jinsiy, ruhiy zo‘ravonlik, bulling, g‘amxo‘rlikning yo‘qligi va ekspluatatsiyadan himoya qilishga qaratilgan.

Zo'ravonlikning bir yoki bir nechta shakllariga duchor bo'lgan bolalarga himoya orderi berilishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, ularga moddiy, ijtimoiy va psixologik yordam ko'rsatiladi.

Shuningdek, bolalarni zo'ravonlikdan himoya qilish choralari bolani ota-onasidan yoki ularning qaramog'idagi shaxslardan olib qo‘yishni o'z ichiga oladi.

Zo'ravonlik qilganlar xulq-atvorini o'zgartirish bo'yicha maxsus dasturlardan o'tadilar. Jinsiy jinoyat sodir etgan shaxslarning huquqlari esa to‘liq cheklanadi.

Himoya orderi maxsus vakolatli organ: Ijtimoiy himoya milliy agentligi va uning hududiy bo'linmalari tomonidan chiqariladi.

30 kun muddatga amal qiladigan himoya orderi ichki ishlar xodimlari tomonidan topshiriladi. Huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlari orderni berishda zo'ravonlik sodir etgan shaxsni orderning shartlari to'g'risida xabardor qiladilar va ularga rioya qilmaslik oqibatlari haqida ogohlantiradilar. Orderda ayrim turdagi cheklovlar nazarda tutilgan, masalan, zo‘ravonlik sodir etishni amalda taqiqlashdan tashqari, zo‘ravonlik sodir etgan shaxs bilan jabrlanuvchi o‘rtasidagi aloqani, shu jumladan bir xonada yoki transport vositasida bo‘lishni, shuningdek qurol sotib olish va olib yurishni taqiqlash ko‘zda tutilgan.

Hujjat loyihasi muhokamasi joriy yilning 27 oktyabriga qadar davom etadi, muhokamada havola orqali ishtirok etish mumkin.
Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati|Rasmiy kanali
Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan qonun muhokama qilinmoqda Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi portalida “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasi…
Обсуждается закон о защите детей от насилия

На портале обсуждения проектов нормативно-правовых актов обсуждается проект Закона Республики Узбекистан «О защите детей от всех форм насилия».
Документ направлен на защиту детей от физического, полового, психологического насилия, буллинга, отсутствия заботы и эксплуатации.

Детям, подвергшимся одному или нескольким формам насилия, предусмотрена выдача охранного ордера. Кроме того, будет оказываться материальная, социальная, психологическая помощь.

Также в число мер защиты детей от насилия входит изъятие ребенка у родителей или лиц, находящихся под их опекой.

Виновные в насилии будут подвергнуты специальным программам модификации поведения. Также будут ограничены права людей, совершивших сексуальные преступления.

Охранный ордер будет выдаваться специально уполномоченным органом: Национальным агентством социальной защиты и его территориальными подразделениями.

Охранный ордер, действительный в течение 30 дней, будут вручать сотрудники органов внутренних дел. При выдаче охранного ордера сотрудники правоохранительных органов информируют лицо, совершившее насилие, об условиях охранного ордера и предупреждают о последствиях неисполнения. Ордер предусматривает определенные виды ограничений, например, помимо фактического запрета на совершение насилия, запрет на контакт между лицом, совершившим насилие, и потерпевшим, в том числе нахождение с ним в одном помещении или транспортном средстве, как а также запрет на покупку и ношение оружия.

Обсуждение проекта документа продолжится до 27 октября текущего года, принять участие в обсуждении можно по ссылке.