Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati|Rasmiy kanali
11.9K subscribers
37.4K photos
5.96K videos
70 files
14.3K links
Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati
Пресс-служба хокимията Мирзо-Улугбекского района




Мурожаатлар: [email protected]
Download Telegram
#jarayon

📌 Joriy yilning 27-oktyabr kuni Mirzo Ulugʻbek tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabida "Hunarmandchilik va qoʻl mehnati" oyligi yakuni bo'yicha ijodiy ishlar ko'rgazmasi o'tkazildi.

🔰Mirzo Ulugʻbek tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan 2022-2023- o'quv yili uchun tasdiqlangan rejaga ko'ra Oktyabr - "Hunarmandchilik va qoʻl mehnati" oyligi doirasida bir qancha ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, maktabning "To'qish", "Tikish-bichish", "Sharq minyaturasi", hamda "Kulolchilik" to'garagi a'zolari o'rtasida sog'lom raqobat ruhini shakllantirish va iqtirorli o'quvchi-yoshlarni aniqlash maqsadida "Yosh hunarmand" tanloviga start berildi. Bir oy davomida o'quvchi-yoshlar tomonidan ishlangan hunarmandchilik va qo'l mehnati na'munalari yig'ib borildi. hamda oy yakuni doirasida "Hunarmandchilik va qo'l mehnati" mavzusida ijodiiy ishlar ko'rgazmasi tashkil etildi.

Telegram | Facebook | Instagram
#jarayon

📌 Oʻʻquvchilarning kuzgi taʼtil kunlarini mazmunli tashkil etishda Mirzo Ulugʻbek tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabidagi toʻgaraklar faoliyatidan foto lavhalar
#jarayon
#ijodkor_bolalar_tatilda

🧑‍🎨 "IJODKOR BOLALAR TA'TILDA" shiori ostida g'izg'in jarayonlar davom etmoqda.

Ta’til mobaynida o‘quvchi-yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda ularni to‘garaklarga bo‘lgan qiziqtirishlarini oshirish maqsadida Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tuman "Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Ijodkor bolalar ta’tilda” shiori ostida turli musobaqa, ko'rik-tanlov va ochiq mashg'ulotlar o'tkazildi.

🎨 Jumladan, joriy yilning 9-noyabr kuni Tasviriy san'at to'garak a'zolari o'rtasida rasmlar ko'rgazmasi tashkil etildi.

🌟 Ko'rgazmada o'quvchi-yoshlar o'zlarining erkin mavzudagi ijodiy ishlari bilan faol qatnashdilar.

🌝 Bizni kuzatishda davom eting, qizg'in jarayonlar hali oldinda.

Telegram | Facebook | Instagram
#JARAYON
#MIRZO_ULUGBEK_TETK

NOSOZLIKLAR TEZKOR BARTARAF ETILMOQDA
〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

🛠 Mirzo Ulug`bek tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan joylarda yuzaga kelgan avariyali uzilishlar, nosozliklarni bartaraf etish boʼyicha oʼz vaqtida, tezkorlik bilan xavfsiz ish tashkil etgan holda tegishli choralar koʼrib kelinmoqda.

🛠 Jumladan, tumanning «Amir Temur» mahalla fuqarolar yig'ini hamda Bo`z bozor hududlarida joylashgan TP-1156, TP-927 hamda TP-1361-sonli transformator punktlaridan chiquvchi quvvati 6 kV bo`lgan yuqori kuchlanishli yer osti kabel tarmoqlaridagi nosozlikni bartaraf etish ishlari bajarildi.

🛠 Bundan tashqari, kelib tushayotgan murojaatlarning har biri tuman elektr taʼminoti korxonasi tomonidan to’liq nazoratga olinib yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish choralari koʼrilmoqda.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#JARAYON
#MIRZO_ULUGBEK

⚡️ «IQTIDOR» MAHALLASIGA YANGI TAYANCHLAR O'RNATILMOQDA

🛠 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25-oktyabrdagi «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-408 sonli qaroriga asosan, Mirzo Ulug`bek tumanining «Iqtidor» mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi iste’molchilarning elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida, hududga 50 dan ortiq tayanchlar o’rnatilishi, 3 km uzunlikda yangi SIP rusumidagi elektr uzatish kabel tarmoqlari qurish ishlari rejalashtirilgan bo`lib, ayni vaqtda ishlar yakuniga yetkazilmoqda.

🛠 Loyihaga ko’ra mazkur hududga yangi elektr uzatish tarmoq tortish uchun zarur tayanchlarni o'rnatish ishlari bajarilmoqda.

🛠 Bundan tashqari loyiha asosida mahalla hududiga 1 dona yangi transformator punkti o‘rnatilib, montaj qilish ishlari olib borilmoqda.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ «Toshkent shahar» filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#JARAYON
#MIRZO_ULUGBEK_TETK

⚡️"CHIMYON"DAGI TRANSFORMATOR MUKAMMAL TA'MIRLANDI

🛠Mirzo Ulug`bek tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan joylarda elektr uzatish tarmoqlari va qurilmalarini joriy hamda mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

🛠 Jumladan, tumanning "Chimyon" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan TP-2353-sonli hamda TP-1576-sonli transformator punktlarida ta’mirlash ishlari bajarildi.

🛠 Ta'mirlash jarayonida elektr qurilmalarining estetik holatini yaxshilash, elektr qurilmalar sozligini tekshirish hamda nosoz elektr qurilmalarini sozlash ishlari olib borilmoqda.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk
#JARAYON
#MIRZO_ULUGBEK_TETK

"IQTIDOR" HAMDA "MILLIY BOG`" DA ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

🛠 «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25-oktyabrdagi "2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-408-sonli qaroriga asosan iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

🛠 Xususan, Mirzo Ulug`bek tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning "Iqtidor" hamda "Milliy bog`" mahalla fuqarolar yig'ini hududlaridagi iste’molchilarning elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida, hududga olib kelingan 30 dona yangi temir–beton tayanchlarni o‘rnatish ishlari bajarildi.

🛠 Ayni vaqtda, Toskent viloyatidan Mirzo Ulug'bek tuman hududiga “og'ir hudud” sifatida otkazilgan ushbu MFYlarning elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari jadallik bilan bosqichma – bosqich olib borilmoqda.


✍️«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali
Matbuot xizmati

Rasmiy kanalimiz👇👇👇
➡️
https://t.iss.one/toshetk