Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati|Rasmiy kanali
11.5K subscribers
37.6K photos
6.01K videos
71 files
14.4K links
Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati
Пресс-служба хокимията Мирзо-Улугбекского района




Мурожаатлар: [email protected]
Download Telegram
🛑#TEZKOR
  
#ELON📣📣📣

MIRZO ULUG‘BEK TUMANINING AYRIM HUDUDLARIDA ELEKTR ENERGIYASI TAʼMINOTIDA UZILISHLAR KUZATILMOQDA

Bugun, 14-avgust kuni Mirzo Ulug'bek tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi quvvati 110/35 kV bo'lgan yuqori kuchlanishli «Vodil» podstansiyasidan chiquvchi «Yangi Parkent» podstansiyasiga boruvchi quvvati 35 kV bo'lgan yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmog'ining shikastlanishi natijasida avariya holatida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Natijada:

Mirzo Ulug'bek tumanining: «Turon», «Parkent» hamda «Podshobog'» MFYlarining ayrim hududlaridagi aholi yashash xonadonlarida avariya holatida elektr ta'minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

Ayni vaqtda, «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ tasarrufidagi Mirzo Ulug'bek TETKning tezkor chiqish brigadalari tomonidan mazkur holat nazoratga olinib, nosozlikni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Favqulodda avariyali uzilish vaqti keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz!



✍️ «Toshkent shahar elektr tarmoqlari» MCHJ Axborot xizmati

🌐 Telegram
#Eʼlon!

Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi tomonidan, tumandagi Markaziy istirohat (Telman) bog‘ida mustaqilligimizning 33 yilligiga bag‘ishlangan “Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida bayram dasturi tashkil etilmoqda.


👉Tadbir soat 19:00dan boshlanadi va el ardog‘idagi sanʼatkorlar va tuman madaniyat bo‘limi xonandalari, Satira teatri jamoasi va boshqa taniqli mehmonlar kelishi kutilmoqda.

Barchangizga mustaqillik bayrami muborak bo‘lsin deymiz va albatta Markaziy bog‘da kutamiz!

👉https://t.iss.one/Hokimiyat_MirzoUlugbek
Forwarded from O'zbekiston stol tennisi federatsiyasi(rasmiy kanal)
#eʼlon

🔹Stol tennisi ishqibozlari diqqatiga!

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi hamda O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi hamkorligida 27-28-sentabr 🏓stol tennisi bo'yicha “Soliq qo‘mitasi kubogi”🏆 musobaqasining respublika bosqichiga START beiladi.

Musobaqada mamlakatimizning 14 hududidan 11 yoshgacha, 11 dan 15 yoshgacha hamda15 yoshdan katta 100 nafardan ortiq saralangan havaskor sportchilar “Soliq qoʻmitasi kubogi” uchun bahslarga kirishadi.

Manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Seul ko‘chasi 7-uy Taekvondo Assotsiatsiyasiga tegishli  “Universal” sport majmuasi.

Sportchilarni qoʻllab quvvatlashga barchani taklif etamiz.

Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi axborot xizmati
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Facebook 🔹 Youtube