Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati|Rasmiy kanali
10.9K subscribers
38.7K photos
6.21K videos
72 files
14.7K links
Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati
Пресс-служба хокимията Мирзо-Улугбекского района




Мурожаатлар: [email protected]
Download Telegram
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

⬜️ Ijtimoiy tarmoqlardan birida e’lon qilingan Mirzo Ulug‘bek tumanidagi noqonuniy qurilmalar haqidagi murojaat yuzasidan Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

⬜️ Boshqarmaning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi inspektorlari o‘tkazgan yer nazorati tadbirida tumanning “Katta Yalang‘och ota” MFY, Feruza (Qodirova) ko‘chasidagi 1-uy oldida MCHJ tomonidan 25 kv.m. yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, noqonuniy konteyner o‘rnatib olinganligi aniqlangan.

⬜️ Shundan so‘ng tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydoni hamda noqonuniy qurilmalarni belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma xati berilgan.

⬜️ Biroq MCHJ rahbari davlat organining qonuniy talablarini bajarmaganligi sababli unga nisbatan ma’muriy ta’sir chorasi (jarima) qo‘llanilib, noqonuniy qurilmalarni buzish hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonini bo‘shatish yuzasidan belgilangan tartibda sudga da’vo arizasi bilan murojaat etilgan.

⬜️ Shuningdek, “Yangi Kamolot” MFY, Feruza (Qodirova) ko‘chasidagi 22-uy yonida fuqaro tomonidan 12 kv.m. yer maydoniga o‘zboshimchalik bilan noqonuniy konteyner o‘rnatilib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotish uchun ijaraga berilganligi aniqlangan.

⬜️ Mazkur holat yuzasidan ham yer qonunbuzilishini sodir etgan fuqaroga nisbatan 15 kunlik muddatda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonini bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma xati berilib, bugungi kunda bartaraf etish choralari ko‘rilayotganligi bildiriladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mirzo Ulugʻbek tumanidagi "Alisherobod" mahallasi aholisining turmush sharoitlarini yaxshilash bo'yicha amaliy ishlar boshlandi.

🚧 Mirzo Ulugʻbek tumanidagi "Alisherobod" mahallasi aholisining turmush sharoitlarini yaxshilash bo'yicha ishlarning boshlanishi fuqarolarning hayot sifatini oshirish va qulay shahar muhitini yaratish yo'lidagi muhim qadamdir. Mazkur mahallada infratuzilmani yaxshilash va rivojlantirish bo'yicha loyihalarni amalga oshirish, uy-joy sharoitlarini yaxshilash, obodonlashtirish, yo'l tarmog'ini yaxshilash, ijtimoiy infratuzilma obyektlarini (maktablar, bolalar bog'chalari, tibbiyot muassasalari) rivojlantirish kabi ishlar aholi farovonligi darajasini oshirishga yordam beradi.

#MirzoUlugbek_tumani
#Alisherobod_MFY
#obodonlashtirish
#bunyodkorlik_ishlari

💫Mirzo Ulug'bek innovatsion hudud 👇
Telegram / Facebook / Instagram / YouTube
Tabiiy omillar ta'sirida zararlangan daraxtlar tartibga keltiriladi...

Mirzo Ulug'bek tumani Mustaqillik mahallasi, Shaxrisabz koʻchasi 5-koʻp qavatli uy oldi va orqasida tabiiy omillar ta'sirida kuchli zararlangan va fuqarolar hamda ularning mol-mulkiga zarar etmasligi uchun, Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining hulosasiga asosan kesish va butalash tavsiya etilgan.
***
Деревья, пораженные природными факторами, будут приведены в порядок...

В махалле Мустакиллик Мирзо Улугбекского района,на ул. Шахрисабз, в передней и задней части многоэтажного дома 5, в целях избежания серьезных повреждений, а также ущерба для граждан и их имущества, согласно заключению Управления экологии и охраны окружающей среды города Ташкента, рекомендуется проводить вырубку и обрезку деревьев

@Hokimiyat_MirzoUlugbek
Тошкент – МДҲ ёшлар пойтахти” биринчи ҳалқаро ёшлар форуми доирасида Мирзо Улуғбек тумани ёшлари ҳамда МДҲ давлатларидан ташриф буюрган ёшлар билан бирга дўстлик рамзи сифатида Янги Ўзбекистон боғига дарахт кўчатлари экилди.
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

🔰 Коррупцияга оид ҳуқуқбузарлик ҳақида Бош прокуратура, Давлат хавфсизлик хизмати, Ички ишлар вазирлиги, Бош прокуратура ҳузуридаги Иқтисодий жиноятларга қарши курашиш департаментига хабар берган ёки коррупцияга қарши курашишга бошқа тарзда кўмаклашган шахслар БҲМнинг 25 бараваригача (8 млн 500 минг сўм) миқдорида бир марталик пул мукофоти билан рағбатлантирилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Forwarded from E-auksion_Toshkent_shahar (R.A.)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ikki bosqichda o'tkaziladigan davlat aktivlari ommaviy savdolarida ishtirok etish tartibi

🫥: 94,7 mb
: 3 daqiqa 10 sekund

Matn ko'rinishida o'qish

📨Telegram | 👨Facebook | 🖼Instagram | 👍Youtube
“Alisherobod” mahallasida “Onalar bog‘i” tashkil etildi

🔰 Mirzo Ulug‘bek Tuman oila va xotin qizlar bo‘limi tashabbusi bilan “Alisherobod” mahallasida fayzli maskanlar yana bittaga oshdi. Xususan mahalla hududidagi ochiq yer maydonida “Onalar bog‘i” tashkil etildi.

✔️ Hashar jarayonlarida bevosita Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin qizlar boshqarmasi boshlig‘i Shahnoza Abduvahitovna, tumanimizdagi barcha mahallalarda faoliyat olib borayotgan faol xotin-qizlar, “Alisherobod” mahallasi raisi hamda keng jamoatchilik vakillari, mahalla fuqarolari ishtirok etishdi."Onalar bog‘iga" mevali va manzarali daraxtlar bilan bir qatorda, gul va rayhon ko‘chatlari o‘tqazildi.

💫Mirzo Ulug'bek innovatsion hudud 👇
Telegram / Facebook / Instagram / YouTube