Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati|Rasmiy kanali
11.9K subscribers
37.3K photos
5.96K videos
70 files
14.3K links
Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati
Пресс-служба хокимията Мирзо-Улугбекского района




Мурожаатлар: [email protected]
Download Telegram
Ichimik suvi tarmogʻidan qarzdorligingiz bormi?

Ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali koʻplab fuqarolarimizdan ichimlik suvi tarmogʻi uzib qoʻyilganligi bilan bogʻliq murojaatlar koʻpaydi.

Ayni kunlarda Mirzo Ulugʻbek tuman Suv tarmoqlari boʻlimi va tegishli tashkilotlar tomonidan ishchi guruhi tashkil etilgan boʻlib, ichimlik suvi tarmogʻidan qarzdorligi mavjud istʼеmolchilar xatlovdan oʻtkazilmoqda. Maʼlumotlarga koʻra qarzdorlar bir milliondan 60, 70 milliongacha mavjudligi aniqlangan.

Hurmatli istʼemolchilar! Sizning tarmoqdan uzilgan tizimingiz aynan qarzdorlik bilan bogʻliq holatlar.

Oʻz vaqtida toʻlangan kommunal toʻlovlar, tarmoqlarning mutadil xizmat koʻrsatishiga zamin yaratadi. Shunday ekan kommunal toʻlovlarni oʻz vaqtida bajaring. Zero buyuk neʼmat sanalmish ichimlik suvini asrashimiz, tarmoq tizimlarini yangilashimiz sizning toʻlovlaringiz va samarali istʼemolingizga bogʻliqligini unutmang!

M.Parmonov
Mirzo Ulugʻbek tuman hokimligi
Matbuot xizmati rahbari
📢 Филиал «Hududgaz Poytaxt» отключает газоснабжение 30 и 31 октября в зоне действия котельной ТЦ-1.

❗️ В связи с этим будет отсутствовать горячая вода в некоторых локациях Юнусабадского, Мирзо-Улугбекского и Яшнабадского районов.

♨️ От газоснабжения будет временно отключена котельная ТЦ-1 нашего основного поставщика тепловой энергии (ООО «Tаштеплоцентраль»). Отключение связано с плановыми работами на газопроводе высокого давления «Hududgaz Poytaxt». Работы будут проводиться 30 октября с 08:00 до 31 октября 20:00.

Отключение горячей воды затронет следующие локации:

📍 Юнусабадский р-н: м-вы Ц-4, Ц-5, Ц-6, ул А.Дониша, Эргашева, Бадамзар, Богишамол, Гулямова, Гидрометцентр, А.Темура.

📍 Мирзо-Улугбекский р-н: ул.Навнихол, Неъмат, Шахриобод, Дурмон Йули, Муминова, Зиёлилар, Ходжибаева, Каландар, М.Улугбек, Левитана, Территория Госпиталя МО РУз, Сайрам, Буюк Ипак Йули, М.Юсуф, Мустакиллик, Аккурганская, Иргашева, К.Ниязова, Муртазаева, П.Салар, П.Пишпекская, пл.Х.Алимджана, м-вы Ц-1, Ц-2, Ялангач, Буз-1, Паркентская.

📍 Яшнабадский р-н: м-вы Боткина, Ташсельмаш, ул.Мирзо Улугбек, Риёзий, Паркенсткая, Циолковская, Махтумкули.

🕒 Полноценное возобновление подачи горячей воды произойдет после возобновления газоснабжения и запуска котельной ТЦ-1 (ориентировочно к полуночи 31 октября).

ИП ООО «Veolia Energy Tashkent» заранее приносит извинения за временные неудобства.
📢 30 va 31-oktabr kunlari 1-IM hududidagi «Hududgaz Poytaxt» filiali gaz taʼminotini to’xtatadi.

❗️Shu sababli Yunusobod, Mirzo-Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarining ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti o’chiriladi.

♨️ Bizning asosiy issiqlik energiyasini yetkazib beruvchimiz «Toshkent issiqlik markazi» MChJ) 1-IM qozonxonasi gaz ta’minotidan vaqtinchalik uziladi. To‘xtash sababi «Hududgaz Poytaxt» yuqori bosimli gaz quvuridagi rejalashtirilgan ishlar bilan bog‘liq bo’lib ishlar 30-oktabr kuni soat 08:00 dan 31-oktabr soat 20:00 gacha amalga oshiriladi.

Issiq suvni o'chirish quyidagi hududlarga ta'sir qiladi:

📍 Yunusobod tumani: S-4, S-5, S-6 dahalari, A. Donish, Ergashev, Bodomzor, Bog‘ishamol, G‘ulomov, Gidrometeorologiya markazi, A.Temur ko’chalari.

📍 Mirzo Ulug‘bek tumani: Navnihol, Ne’mat, Shahriobod, Do‘rmon yo‘li, Mo‘minov, Ziyolilar, Xojiboyev, Qalandar, M.Ulug‘bek, Levitan, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi gospitali hududi, Sayram, Buyuk Ipak Yo’li, M. Yusuf, Mustaqillik, Oqqo’rg’on, Irgashev, K.Niyozov, Murtazayev, P.Salar, P.Pishpek ko’chalari, H.Olimjon maydoni, S-1, S-2, Yalang’och, Bo’z-1, Parkent dahalari.

📍 Yashnobod tumani: Botkina, Tashselmash, Mirzo Ulugʻbek dahalari, Riyoziy, Parkent, Siolkovskiy, Maxtimquli ko’chalari.

🕒 Issiq suv ta'minotining to'liq tiklanishi gaz ta'minoti qayta tiklanganidan va 1-IM qozonxonasi ishga tushirilgandan so'ng (taxminan 31-oktabr yarim tunda) amalga oshiriladi.

«Veolia Energy Tashkent» MChJ XK vaqtinchalik noqulayliklar uchun oldindan uzr so'raydi.
🔥 Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida gaz ta'minoti qisman to‘xtatiladi

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida poytaxtimizning poytaxtimizda keng ko‘lamli rekonstruksiya, sozlash va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Shu sababli, joriy yilning 30-oktyabr kuni 08:00 dan 31-oktyabr kuni soat 20:00 ga qadar quyidagi manzillarda gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi:

Yunusobod tumanida:

— Yunusobod-2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16, 17, 18 va 19-dahalari;
— “Anorzor”, “Shahriston”, “Kulolqo‘rg‘on”, “Turkiston”, “Bobodehqon”, “Obod” mahallalari qisman;
— Moyqo‘rg‘on, Registon, Mirzaahmedova ko‘chalari hamda ToshGRES mittitumanidagi xonadonlar.

Mirzo Ulug‘bek hamda Yunusobod tumanlarida joylashgan ulgurji iste’molchilar:

— 1-sonli qozonxona;
— “Yunusobod metan”, “Edem” bolalar uyi, “Drim gaz”, “Xubit gaz”, “Laziz savdo”, “Aleks Ploya biznes”, “Delyuks trans servis”, “Nak Absolyut” avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari (AGNKS);
— “Edem” bolalar uyi;
— “Deutsche Kabel AG”, “Toshkent fayz agro”, “Macro” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari;
— “New Medical Services” klinikasi;
— 19-daha ro‘parasidagi maishiy xizmat majmuasi.


❗️Shuningdek, Yunusobod tumanidagi qator manzillarda gaz bosimi pasayishi kutilmoqda, shu sababli, yurtdoshlarimizdan gaz uskunalariga e’tiborli bo‘lib, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini iltimos qilamiz.

“Hududgaz Poytaxt” GTF noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
#OB_HAVO

 🌤 30 - oktyabr haftaning dushanba kuni uchun ob-havo ma'lumoti

🍁 Yangi kun barchaga xayrli bōlsin!

@Hokimiyat_MirzoUlugbek
#MirzoUlugbek_tumani
#Ishchi_guruh

♻️ Mirzo Ulug‘bek tumanida kuz-qish mavsumoldi tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirilmoqda. Aniqlangan muammolari bo‘yicha sifatli va tez fursatlarda yechim topilmoqda.

👉 Bugun erta tongdan Respublika ishchi guruhi vakillari, Mirzo Ulug‘bek tuman sektor rahbarlari va korxona, tashkilot xodimlari “Buyuk Ipak yoʻli" mahallasida saf yig‘inini o‘tkazishdi. Jumladan “Buyuk Ipak yoʻli” mahallasida hashar jarayonlarini tashkil etish, hududdagi daraxtlarni tartibga keltirish, xazon va chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

🌳 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlarni unumdorligi yuqori bo‘lgan hududlarga, sifatli ekin bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati|Rasmiy kanali
#MirzoUlugbek_tumani #Ishchi_guruh ♻️ Mirzo Ulug‘bek tumanida kuz-qish mavsumoldi tayyorgarlik jarayonlari ko‘zdan kechirilmoqda. Aniqlangan muammolari bo‘yicha sifatli va tez fursatlarda yechim topilmoqda. 👉 Bugun erta tongdan Respublika ishchi guruhi vakillari…
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#MirzoUlugbek_tumani
#Ishchi_guruh
#Buyuk_Ipak_yoli

Respublika ishchi guruhi vakillari va Mirzo Ulug‘bek tumani prokurori, sektorlar masʼullari tomonidan tumandagi “Buyuk Ipak yo‘li” mahallasi hududi o‘rganildi. O‘rganishlar jarayonida noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish, mahallaning sanitar holatini yaxshilash, kommunal tarmoqlarni tartibga keltirish bo‘yicha korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.

 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram / YouTube
“O‘zbekiston–2030” strategiyasidagi vazifalar sog‘liqni saqlash tizimida qanday ijro etiladi?

▶️ Mirzo Ulug‘bek tumani tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Xusanova Servara Rixsibaevna boshchiligida navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman davolash profilaktika muassasasi raxbar va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

🔹 Yig‘ilish kun tartibidagi dastlabki masala — davlatimiz rahbarining tegishli farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston–2030” strategiyasini sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirishga doir chora-tadbirlar va vazifalar yuzasidan birlashma boshlig‘i ma’ruza qildi.

Shuningdek, majlisda Prezidentimizning sohaga doir farmon, qarorlaridagi topshiriqlar ijro holati ham muhokama qilindi.
#MirzoUlugbek_tumani
#yashilmakon2023

🌳🌱Mirzo Ulug'bek tumanida “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida  amaliy ishlar davom etmoqda.

📍"Pastki-yuz" MFY

"Pastki-yuz" MFY
hududiga mahalla vakillari, faol fuqarolar va xotin-qizlar, yoshlar ishtirokida hashar tashkil etildi. 150 dan ortiq manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram / YouTube