Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati|Rasmiy kanali
12.8K subscribers
36.9K photos
5.88K videos
69 files
14.1K links
Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati
Пресс-служба хокимията Мирзо-Улугбекского района




Мурожаатлар: [email protected]
Download Telegram
14-Toshkent shahar okrug komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazuvchi 14-Toshkent shahar okrug komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o'tdi. Yig‘ilishni okrug raisi Abdulla Magrupov olib bordi.

Dastlab okrug komissiyasi a’zolariga Markaziy saylov komissiyasi tomonidan taqdim etilgan a’zolik guvohnomalari topshirildi.

Shundan so‘ng yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazuvchi 14-Toshkent shahar okrugi hududi bo‘yicha referendum uchastkalarining joylashuvi yuzasidan 12 ta tuman hokimlarining taqdimnomalari ma’lumot uchun qabul qilindi.

Muhokamalardan so‘ng okrug a’zolari tomonidan Toshkent shahar referendum okrugi hududida 823 ta referendum uchastkalari tuzilganligi haqida qaror qabul qilindi.

Yig'ilish yakunida okrug komissiyasi raisi referendum kampaniyasi davomida amalga oshiriladigan ishlar va rejalar xususida batafsil to‘xtalib, okrug a’zolariga vazifalar taqsimoti belgilandi.

🌐
@toshkent_okrug
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Referendum
#Targibot_tadbiri
#Mirzo_Ulugbek
#Innovatsion_tuman

♻️Shu kunlarda poytaxtimizda “O‘zbekiston-yoshlar mamlakati” shiori ostida bayramona sayillar o‘tkazilmoqda, "kelajaging uchun ovoz ber!" mavzusida targ‘ibot tadbirlari yoshlarga ko‘tariki kayfiyat bag‘ishlayotgani aniq.

Jumladan, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Katta Qorasuv” mahallasida “Chimyon”, “Sultoniya” va “Gulsanam” mahallari aholisi uchun yoshlar sayli tashkil etildi va "Referendum - 2023" targ‘ibot tadbirlari ham ko‘tarinki ruhda qarshi olinmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram / YouTube
Vaqtincha elektr taʼminoti to‘xtatiladi!

Mirzo Ulug‘bek tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan tarmoqlarni o‘zgartirish va yangi tarmoqlarni ulash ishlari olib borilishini maʼlum qilamiz. Shu sababli tumandagi Yalang‘och 66-ko‘p qavatli uy manzilidagi isteʼmolchilarda bugun soat 10:00 dan 15:30ga qadar elektr taʼminoti tarmoqdan uziladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun tuman elektr tarmoqlari korxonasi uzr so‘raydi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram / YouTube
#Referendum
#Targibot_tadbiri
#Mirzo_Ulugbek
#Innovatsion_tuman

♻️ Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Alisherobod” mahallasida FVV MAXSUS MUXANDISLIK QURILISH BOSHQARMASI xodimlari va harbiy xizmatchilari uchun targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda, Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi deputati V.G.KIM, targ‘ibotchilar G.S.Abduraximova va mahalla raisi, yoshlar etakchilari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar, vatanparvarlik tuyg‘ulari va siyosiy jarayonga bo‘lgan e’tibor to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram / YouTube
☝️ Ҳеч ким суднинг қарорисиз уй-жойидан маҳрум этилиши мумкин эмас

📄 Янги таҳрирдаги Конституциянинг 47-моддасидаги нормага мувофиқ, “Ҳеч ким суднинг қарорисиз ва қонунга зид тарзда уй-жойидан маҳрум этилиши мумкин эмас. Уй-жойидан маҳрум этилган мулкдорга уй[1]жойнинг ҳамда у кўрган зарарларнинг ўрни қонунда назарда тутилган ҳолларда ва тартибда олдиндан ҳамда тенг қийматда қопланиши таъминланади”.

[O'Z] [ЎЗ] [Qr] [RU]

Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook