Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati|Rasmiy kanali
12K subscribers
37.2K photos
5.94K videos
70 files
14.2K links
Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati
Пресс-служба хокимията Мирзо-Улугбекского района




Мурожаатлар: [email protected]
Download Telegram
Eksportyor, investorlar hamda sanoat korxonalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

♻️ Mirzo Ulug'bek tumani Kichik sanoat zonasida joylashgan eksportyor, investorlar hamda sanoat korxona raxbarlari bilan yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishda tadbirkorlarga Prezidentimizning qaror va farmonlaridagi imtiyozlar tushuntirildi. Shundan so'ng tadbirkorlarning muammo, takliflari eshitilib, mutasaddi raxbarlarga ijrosini ta'minlash uchun topshiriqlar berildi.

Yig'ilishda tuman prokurori Pulatov Aliakbar Raximovich, tuman soliq raxbari Usmanov Dilshod Abdurashidovich, tuman hokimi o'rinbosari Xusainov Sarvarbek Ernazarovich ishtirok etishdi va murojaatlar bo'yicha o'z mulohazalarini bildirib o'tishdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram / YouTube
Toshkent shahrida tashish va saqlash, axborot va aloqa boʼyicha xizmatlar sohasida qancha qoʼshilgan qiymat yaratildi?

2022 yil yakunlariga koʼra, Toshkent shahrida tashish va saqlash, axborot va aloqa boʼyicha xizmatlar sohasida 17 198,2 mlrd.soʼm miqdorida qoʼshilgan qiymat yaratilgan boʼlib, bu koʼrsatkich oʼtgan yilga nisbatan 21,5 % ga yuqoridir.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram / YouTube
14-Toshkent shahar okrug komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazuvchi 14-Toshkent shahar okrug komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o'tdi. Yig‘ilishni okrug raisi Abdulla Magrupov olib bordi.

Dastlab okrug komissiyasi a’zolariga Markaziy saylov komissiyasi tomonidan taqdim etilgan a’zolik guvohnomalari topshirildi.

Shundan so‘ng yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazuvchi 14-Toshkent shahar okrugi hududi bo‘yicha referendum uchastkalarining joylashuvi yuzasidan 12 ta tuman hokimlarining taqdimnomalari ma’lumot uchun qabul qilindi.

Muhokamalardan so‘ng okrug a’zolari tomonidan Toshkent shahar referendum okrugi hududida 823 ta referendum uchastkalari tuzilganligi haqida qaror qabul qilindi.

Yig'ilish yakunida okrug komissiyasi raisi referendum kampaniyasi davomida amalga oshiriladigan ishlar va rejalar xususida batafsil to‘xtalib, okrug a’zolariga vazifalar taqsimoti belgilandi.

🌐
@toshkent_okrug
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Referendum
#Targibot_tadbiri
#Mirzo_Ulugbek
#Innovatsion_tuman

♻️Shu kunlarda poytaxtimizda “O‘zbekiston-yoshlar mamlakati” shiori ostida bayramona sayillar o‘tkazilmoqda, "kelajaging uchun ovoz ber!" mavzusida targ‘ibot tadbirlari yoshlarga ko‘tariki kayfiyat bag‘ishlayotgani aniq.

Jumladan, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Katta Qorasuv” mahallasida “Chimyon”, “Sultoniya” va “Gulsanam” mahallari aholisi uchun yoshlar sayli tashkil etildi va "Referendum - 2023" targ‘ibot tadbirlari ham ko‘tarinki ruhda qarshi olinmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram / YouTube
Vaqtincha elektr taʼminoti to‘xtatiladi!

Mirzo Ulug‘bek tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan tarmoqlarni o‘zgartirish va yangi tarmoqlarni ulash ishlari olib borilishini maʼlum qilamiz. Shu sababli tumandagi Yalang‘och 66-ko‘p qavatli uy manzilidagi isteʼmolchilarda bugun soat 10:00 dan 15:30ga qadar elektr taʼminoti tarmoqdan uziladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun tuman elektr tarmoqlari korxonasi uzr so‘raydi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram / YouTube
#Referendum
#Targibot_tadbiri
#Mirzo_Ulugbek
#Innovatsion_tuman

♻️ Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Alisherobod” mahallasida FVV MAXSUS MUXANDISLIK QURILISH BOSHQARMASI xodimlari va harbiy xizmatchilari uchun targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda, Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi deputati V.G.KIM, targ‘ibotchilar G.S.Abduraximova va mahalla raisi, yoshlar etakchilari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar, vatanparvarlik tuyg‘ulari va siyosiy jarayonga bo‘lgan e’tibor to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram / YouTube