Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati|Rasmiy kanali
9.55K subscribers
43.2K photos
6.89K videos
76 files
16.1K links
Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati
Пресс-служба хокимията Мирзо-Улугбекского района




Мурожаатлар: [email protected]
Download Telegram
Янги тизим доирасида:

- тинтув ўтказиш, телефон сўзлашувини эшитиш ва мулкни хатлашга санкция прокурордан судга ўтказилади;

- терговчи жиноятга алоқадор деб, ҳар қандай мулкни хатлаб қўя олмайди. Бундан буён, мулк ҳуқуқини чеклашга оид ҳар қандай ҳаракат фақат суд орқали бўлади;

- судда ишларни кўришда қатнашадиган алоҳида прокурорлар корпуси шакллантирилади. Улар махсус ўқитилади, ишни судда кўришда холис, мустақил бўлиши қонун билан белгиланади;

- одил судловни таъминлашда ҳимоячига берилган ҳуқуқлар ҳам қайта кўриб чиқилиб, етмайдиган ваколатлар берилади;

- судларга жиноят иши фақат айблов хулосаси билан эмас, балки ҳимоячи фикри билан бирга қабул қилинади.

- айбланувчининг ҳимоячидан воз кечиши бўйича ҳар бир ҳолат прокурор, суд томонидан синчиклаб ўрганиладиган тизим жорий қилинади.

Facebook|Instagram|Twitter
👍4🎉1
Президент охирги пайтларда айрим ушлаб туриш жойларида инсон ҳуқуқлари бузилиши бўйича оғриқли масалалар кўтарилаётганини қайд этди.

"Бизнинг юртимизда бундай ҳолатлар умуман бўлиши мумкин эмас. Ким бунга амал қилмаса, қонун устувор, жазо муқаррар бўлади", - деди давлат раҳбари.

Шу боис, бундай жойларга олиб келинган барча шахсларни ҳисобга олишнинг онлайн тизими жорий этилади ва юзни таниш ускунаси ўрнатилади.

Маъмурий судларга ҳоким қароридан норози бўлиб мурожаат қилинганда, ишларни экстерриториал тартибда, яъни бошқа ҳудудда ҳам кўриш амалиёти жорий қилинади.

Ўзбекистонда мулк ва инвестициянинг ҳимоясини кучайтириш мақсадида Халқаро тижорат судини ташкил қилиш бўйича ҳам амалий ишлар бошлангани таъкидланди.

Facebook|Instagram|Twitter
👍5😍1
Мурожаатномада экология, айниқса сув масалалари глобал муаммога айланиб бораётгани ҳақида сўз юритилар экан, биз нафақат бугунги, балки келажак авлодларни ҳам ўйлашимиз шартлиги қайд этилди.

Амударё ўзанида янги канал қурилиши бўйича қўшни Афғонистоннинг муваққат ҳукумати ҳамда жаҳон ҳамжамияти билан бирга, халқаро меъёрлар асосида ва минтақанинг барча давлатлари манфаатларини инобатга олиш юзасидан амалий мулоқотлар олиб бориш лозимлиги таъкидлади.

Мамлакатимизда сув хўжалиги тизими ислоҳ қилиниши таъкидланди.

"Табиатимизни асраб-авайлаш, сув, ҳаво ва атроф-муҳитни тоза тутиш келаси йилда ҳар бир маҳалла аҳолисининг маданияти ва амалий ҳаракатига айланиши керак", - деди Президент.

Бу борада мавжуд вазиятни ижобий томонга ўзгартириш учун экология ва атроф-муҳитни асраш бўйича саъй-ҳаракатлар, хусусан, “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси доирасидаги ишлар кучайтирилади.

Facebook|Instagram|Twitter
👍31
📝 IT-sertifikatga ega bo‘ling va o‘qish uchun sarflangan xarajatning 50 foizini qaytаrib oling!

📆 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarimiz it-istedod.uz yoki my.gov.uz orqali ariza topshirib, xalqaro sertifikat yoki o‘qishga sarflagan xarajatlarining 50 foizini qoplatib olishlari mumkin.

💁🏻‍♂️ Talabgor 16 yoshga to‘lmagan bo‘lsa, arizani to‘ldirishda ota-onasi yoki vasiy haqidagi ma’lumotlarni keltiradi.

📝 Arizani ko‘rib chiqish, sertifikatni tekshirish va plastik kartaga pul mablag‘ini tushirib berish muddati 17 ish kunida amalga oshiriladi.

Eslatma!
📖 Imtihon xarajati maxsus sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun o‘tmasidan murojaat etilganida kompensatsiya qilinadi.

✔️ Sertifikat yo‘nalishlariga:
Coursera
Oracle
Udemy
Microsoft
Google va boshqalar kiradi.

💁🏻‍♂️ Xabaringiz bor, hozirgi kunda IT eng daromadli sohalardan biri hisoblanadi. Demak, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

☎️ Ma'lumot uchun: +998712680707 (148)
🏆5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎄 Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “SOS – bolalar shaharchasi”da yangi yil shukuhi...

👉 Bugun Mirzo Ulug‘bek tuman hokimi boshchiligida barcha sektor rahbarlari “SOS – bolalar shaharchasi”da bo'lishdi va bolajonlarni bayram bilan qutlashdi.

⛄️🐼Qorbobo va ertak qahramonlari bolajonlar ko‘ngliga iliqlik baxsh etgan bo‘lsa Qorbobo sovg‘alari va kuy qo‘shiqlar bolajonlar yuziga tabassum uyg‘otdi.

🎄🎉 Bayramingiz bilan aziz bolajonlar!

@Hokimiyat_MirzoUlugbek
🎉31👍1
#21_dekabr_kuni
#Brifing

Ertaga 21 dekabr kuni soat 14:30da Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligida Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan (Tuman hokimligi masʼul rahbarlari ishtirokida) brifing tashkil etiladi. Shu munosabat bilan, Sizda yuqoridagi masʼul rahbarga savollaringiz bo‘lsa quyida qoldirishingiz mumkin!

👉 Ushbu Brifing onlayn tarzda, Facebook va Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy kanalimizda kuzatib borishingiz mumkin.

Xususan, OAV va blogerlarning ham ishtiroki taʼminlanadi. (OAV xodimlari, jurnalistlar va blogerlar 98 301-67-47 raqamiga murojaat qilishlari mumkin).

✍️Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi
Matbuot xizmati
@Hokimiyat_MirzoUlugbek
👍2🥰1
#Mirzo_Ulugbek_tumani
#Shukur_Burxonov_MFY
#Obodonlashtirish

♻️ Tuman hokimining topshirig‘iga asosan 1-sektor hududidagi Shukur Burxonov mahallasida, mahalla raisi boshchiligida, BSK, kommunal tashkilotlar va okrug rahbarlari tomonidan hashar tashkil etildi. Hashar jarayonida mahalla hududidagi ko‘p qavatli uylar oldi xazon va chiqindilardan tozalandi.

Tumanimiz bo‘ylab obodonlashtirish ishlari davom etadi...

Telegram / Facebook / Instagram / YouTube
👍4🥰1
#Mirzo_Ulugbek_tumani
#Ahillik_MFY
#Obodonlashtirish

Mamlakatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan 2-sektor hududidagi "Ahillik" mahallasida ham hasher tashkil etildi. Unda mahalla raisi boshchiligida, BSK, kommunal tashkilotlar va okrug rahbarlari tomonidan ko‘p qavatli uylar oldi xazon va chiqindilardan tozalandi.

Kommunal soha obektlari o‘rganildi va mavjud kamchiliklar bartaraf etildi.

Tumanimiz bo‘ylab obodonlashtirish ishlari davom etadi...

Telegram / Facebook / Instagram / YouTube
👍6🥰1
#Mirzo_Ulugbek_tumani
#Darxon_MFY
#Obodonlashtirish

3-sektor hududidagi "Darxon" mahallasida ham hasher tashkil etildi. Unda mahalla raisi boshchiligida, BSK, kommunal tashkilotlar va okrug rahbarlari tomonidan ko‘p qavatli uylar oldi xazon va chiqindilardan tozalandi.

Kommunal soha obektlari o‘rganildi va mavjud kamchiliklar bartaraf etildi.

Tumanimiz bo‘ylab obodonlashtirish ishlari davom etadi...

Telegram / Facebook / Instagram / YouTube
👍3💯1