Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati|Rasmiy kanali
9.73K subscribers
42.8K photos
6.82K videos
75 files
15.9K links
Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati
Пресс-служба хокимията Мирзо-Улугбекского района




Мурожаатлар: [email protected]
Download Telegram
Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati|Rasmiy kanali
#Vatanparvarlik_oyligi «Xalq va armiya – bir tanu bir jondir!» @Hokimiyat_MirzoUlugbek
#Vatanparvarlik_oyligi

«Xalq va armiya – bir tanu bir jondir!»

Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, tuman Mudofaa bo‘limi hamda tuman xalq taʼlimi bo‘limi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida «Xalq va armiya – bir tanu bir jondir!» shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Unda tumanimizdagi umumtaʼlim maktablarining 10-11 sinf o‘quvchilari Chirchiq harbiy dala poligoniga tashrif buyurishdi va harbiy texnikalar, qurol aslahalar va harbiylarning o‘ziga xos chiqishlari guvohi bo‘lishdi.

Tadbirda faol ishtirok etgan maktab jamoalari  faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

@Hokimiyat_MirzoUlugbek
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤼"Соғлом ва баркамол оила" шиори остида Мирзо Улуғбек 3-сектор ҳудудида яшовчи оилалар учун китобхонлик, спортнинг қувноқ стартлар, стол тенис, шахмат ва бошқа йўналишларида мусобоқалар ташкил этилди.

Ушбу мусобоқаларда иштирокчилар Ички ишлар вазири соврини учун туман босқичида ўзаро беллашдилар.

🎉Мусобоқа якунида юқори ўринларни олган оилавий жамоаларга ташкилотчиларнинг диплом ва эсдалик совғалари топширилди. Мусобақа ғолиблари Тошкент шаҳар босқичида Мирзо Улуғбек тумани шарафини ҳимоя қилади.

✍️Мирзо Улуғбек тумани ҳокимлиги
Матбуот хизмати
@Hokimiyat_MirzoUlugbek
Президент Шавкат Мирзиёев Сеул шаҳрида Корея Республикасининг етакчи компаниялари ва молиявий тузилмалари раҳбарлари билан учрашув ўтказди.
Учрашувда умумий қиймати 5 миллиард доллардан ортиқ 40 та янги лойиҳани амалга ошириш масалалари муҳокама қилинди.
Президентимиз Корея компаниялари раҳбарларини Ўзбекистонга келиш ва у ерда хорижий инвесторлар учун яратилган қулай шароитлардан фойдаланишга таклиф этди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел в Сеуле встречу с главами ведущих компаний и финансовых структур Республики Корея.
На встрече обсуждены вопросы реализации 40 новых проектов на общую сумму более 5 миллиардов долларов.
Глава государства пригласил руководителей компаний Кореи посетить Узбекистан и воспользоваться благоприятными условиями, которые созданы для иностранных инвесторов.

#Mirziyoyev #tashrif #JanubiyKoreya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligi Matbuot xizmati|Rasmiy kanali
Photo
#Mirzo_Ulugbek_tumani
#Mahallada_duv_duv_gap

"Shalola"da duv duv gap!

Barcha davlatlarda Yangi yil bayrami eng sevikli, eng orziqib kutiladigan bayram hisoblanadi. Bayram arafasida barchaga sovg‘a salom ulashish, yoshi ulug‘lar holidan xabar olish, kam ta’minlangan oilalarga yordam berish ayniqsa an’anaga aylangan.

Shu an’anadan voz kechmagan holda, Mirzo Ulug‘bek tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i tashabbusi bilan mahalla xodimlari hamkorligida Yangi yil bayrami arafasida turkum tadbirlar uyushtirildi.

Turli sohalarda uzoq yillar ishlab nafaqaga chiqqan mahalla faollarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 20 dan ortiq fuqarolarga yangi yil sovg‘asi sifatida oziq – ovqat to‘plamlari olib berildi. Mahalla bolajonlariga sovg‘alar ulashildi.

Kun davomida estrada yulduzlari ishtirokida konsertlar, shou dasturlar va va turli namoyishlar o‘tkazildi.

@Hokimiyat_MirzoUlugbek
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон-Корея: мустаҳкам дўстлик ва алоҳида стратегик шериклик

Узбекистан-Корея: крепкая дружба и особое стратегическое партнерство

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter