IMA Hazorasp
441 subscribers
2.78K photos
123 videos
7 files
784 links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hazorasp ixtisoslashtirilgan maktabining telegram kanali
Download Telegram
#New_Uzbekistan_University

🏢 Bugun Xorazm viloyati Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabida "Yangi O‘zbekiston" universitetining Yoshlar bilan ishlash bo'limi boshlig'i Murodbek Islomov va Moliya bo‘limi mutaxassisi Javohir Saidibragimovlar targ'ibot dasturi o‘tkazdilar.

Uchrashuv davomida bitiruvchi o‘quvchilarga:
▪️ "Yangi O‘zbekiston" universitetiga qabul qilinish jarayonlari;
▪️imtihonlar tartibi;
▪️ajratilgan grantlar;
▪️joriy fakultetlar;
▪️yaratilgan shart-sharoitlar haqida to‘liq ma‘lumotlar berildi.

♻️ O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javoblar olishdi, shuningdek, faol qatnashganlarga universitetning esdalik sovg'alari topshirildi.

📍Bugungi tadbir viloyatning Hazorasp, Tuproqqal'a, Bog'ot va Yangiariq tumanlaridan jamlangan bitiruvchilar uchun o'tkazildi.

🌐 Telegram | Facebook
TAYINLOV

Sobirova Dilfuza Azimjonovna O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Jamoatchilik va OAV bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i - matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.

D.Sobirova "Darakchi" va Soliq plyus” gazetalarida Bosh muharrir, “Yoshlar Media markazi” Boshqaruv raisi o‘rinbosari va Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi - matbuot kotibi sifatida faoliyat yuritgan.

Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xotin_qizlarni_eʼzozlash_haftaligi
#Zakovat

Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Ayollarga ehtirom ko'rsatish-xalqimizga xos oliyjanob qadriyat" g'oyasi ostida "Xotin-qizlarni e'zozlash haftaligi" doirasida 9-11-sinf o'quvchilari o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi.

Natijalar quyidagicha:

🥇I-o'rin 9-"B" sinf o'quvchilar jamoasi
🥈II- o'rin 10-"A" sinf o'quvchilar jamoasi
🥉III-o'rin 9-"D" sinf o'quvchilar jamoasi

🌐 Telegram | Facebook
#Yangiliklar

11-mart kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi

Hukumat farmoyishiga (91-F, 04.03.2023 y.) asosan Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini qarshi olishga tayyorgarlik ko‘rish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2023-yil 11-mart kuni “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

🌐 Telegram | Facebook
#Xotin_qizlarni_ezozlash_haftaligi
#8_mart_tadbir

🇺🇿 Bugun Hazorasp tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 8-mart - Xalqaro xotin- qizlar kuni munosabati bilan "Xotin-qizlarni ezozlash haftaligi" doirasida madaniy tadbir o'tkazildi.

Tadbirda ayollarni madh etivchi she'r, kuy-qo'shiqlar yangrab yig'ilganlarga manzur bo'ldi. 🌐 Telegram | Facebook
Diqqat! Onlayn olimpiada!

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida joriy yilning 10-11-mart kunlari 5-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida onlayn olimpiada bo’lib o’tadi!

✔️Olimpiada matematika, fizika, kimyo, bologiya, informatika va axborot texnologiyalari hamda Science fanlaridan o’tkaziladi.

Olimpiada jarayonida ishtirokchilarga har bir fandan 30 ta test topshiriqlari taqdim qilinadi va ularni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt ajratiladi.

Shuningdek, Informatika va axborot texnologiyalari fanidan 2 bosqichda (test, dasturlash) tashkil etiladi.

👉O‘quvchilar ushbu onlayn olimpiadalarda Agenlikning portal.piima.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tib, o‘zlari tanlagan faqat 1 ta fan bo‘yicha ishtirok etishlari mumkin.

❗️Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.

👉 Batafsil saytimizda o'qing.