Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
667 subscribers
3.9K photos
161 videos
11 files
1.1K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hazorasp ixtisoslashtirilgan maktabining telegram kanali
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida Al-Xorazmiy universiteti tashkil etilmoqda.


🔹 Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyati yoshlari bilan uchrashuvida Urganch shahridagi 3-maktab oʻquvchisi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Shahzoda Kamolova ushbu oliygohning birinchi talabasi sifatida oʻqishga qabul qilingandi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova Shahzodaning maktabiga borib unga talabalik seritifkatini topshirdi. Uning oila aʼzolari, ustozlari bilan uchrashib ularga oʻzining samimiy tilaklarini bildirdi.

🌎 Al-Xorazmiy universiteti — bir muddat oʻtib tom maʼnoda zamonaviy bilimlarni egallashga ishtiyoqmand yoshlarning orzular maskaniga aylanadi. Bu yerda tahsil oluvchi talabalar kelajakda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshuvchi barkamol avlod boʻlib ulgʻayishi, shubhasiz.

👉 Oʻzbekiston 24 telekanali “Axborot 24” dasturining navbatdagi sonida aynan shu mulohazalar tilga olib oʻtiladi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AL-XORAZMIY UNIVERSITETINING ILK TALABASI

02.05.2025
#qabul_2025

📣📣📣📣📣

❗️UMUMIY OʻRTA TAʼLIM MAKTABLARI DIQQATIGA!

🗣2025-yilda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarda oʻqish istagida boʻlgan oʻquvchilarning hujjatlari erp.maktab.uz elektron bazasidagi ma’lumotlar asosida onlayn qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlgan oʻquvchilarga qulaylik yaratish va hujjat topshirish jarayonlarini samarali tashkil etish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablari tomonidan quyidagi tashkiliy ishlarni amalga oshirish talab etiladi:


Davlat va nodavlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tahsil olayotgan 4-, 5-, 6-, 7-, 8-, 9-sinflardagi oʻquvchilarning tugʻilganlik haqida guvohnomasi ma’lumotlarini erp.maktab.uz elektron bazasi ma’lumotlariga mosligini tahlil qilish:

tugʻilganlik haqida guvohnomaning seriyasi va raqami;
familiyasi, ismi, sharifi tugʻilganlik haqida guvohnoma bilan bir xil ekanligi;
tugʻilgan yili, kuni, sanasi guvohnomada koʻrsatilgan sanaga mos kelishi.

Oʻquvchining amalda ta’lim olayotgan sinfi erp.maktab.uz elektron bazasida toʻg‘ri kiritilganligini koʻrib chiqish.

❗️erp.maktab.uz elektron bazasidagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga shaxsan davlat va nodavlat umumiy oʻrta ta’lim maktablari direktorlari mas’ul ekanligi eslatib oʻtiladi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hazorasp_IM_
#Bizning_shunday_oʼquvchilarimiz_bor

✔️Hazorasp ixtisoslashtirilgan maktabining 11-D sinf oʻquvchisi Jumaboyeva Zuhra Ingliz tilidan B2 sertifikatini  qoʻlga kiritdi.

🛑11-D sinf jami sertifikatlari:
(sinfda 18 ta oʻquvchi oʻqiydi)

1⃣Rahimova Asal IELTS 6.5
2⃣ Ataxonova Surayyo IELTS 5.5
3⃣ Rahimova Asal B2
4⃣Jumaboyeva Parizoda B2
5⃣Ibodullayeva Pashshajon B2
6⃣Saparboyeva Marjona B2
7⃣Sobirova Adolat B2
8⃣Olimova Fotima B2
9⃣Otajonova Saida B2
1⃣0⃣Sobirova Adolat Math A (100%)
1⃣1⃣Ibodullayeva Pashshajon Math B
1⃣2⃣Saparboyeva Marjona Ona tili B+
1⃣3⃣Jumaboyeva Parizoda ona tili B+
1⃣4⃣Boboxonova Ro'za ona tili C+
1⃣5⃣Rahimova Asal ona tili B
1⃣6⃣Otajonova Saida ona tili C
1⃣7⃣Sobirova Adolat ona tili C+
1⃣8⃣Sobirova Adolat Tarix C+
1⃣9⃣Rahimova Asal Tarix C
2⃣0⃣Sultonova MehrinisoB2
2⃣1⃣Jumaboyeva Zuhra B2

Oʻquvchilarmizni oʻqishlarida zafarlar tilab qolamiz.

🛎Bizni kuzatishda davom eting.
        https://t.iss.one/HazoraspIMA
#Tanlov

📣 DIQQAT, TANLOV!

❗️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi O‘zbekiston ta’lim sohasining ravnaqi uchun o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan mahoratli, ijodkor pedagog xodimlar orasida matematika, fizika, kimyo, biologiya, tabiiy fan, ingliz tili, ona tili va adabiyot fanlari kesimida test tuzuvchilar tanlovini e’lon qiladi.

⚡️Batafsil: tanlov.pedmarkaz.uz
#live

🔴 Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida tibbiyot sohasidagi islohotlarning navbatdagi bosqichida turgan ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Unda yuqumli kasalliklarning 35-40 foizi oddiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida yuzaga kelayotgani koʻrsatib oʻtildi. Shu munosabat bilan barcha maktab, bogʻcha, texnikum, oliygoh, poliklinika va shifoxonalarda “Toza qoʻllar” dasturi amalga oshiriladi. Unga koʻra:

— taʼlim va tibbiyot tashkilotlaridagi qoʻl yuvish joylari sanitar-gigiyena vositalari bilan toʻliq taʼminlanadi,

— sharoiti ogʻir boʻlgan 126 ta maktabda hojatxonalar binoni ichida joylashtirilib, yangidan quriladi, 6 mingdan ziyod bogʻchaga geliokollektor olib beriladi;

— 4 ming 295 ta ijtimoiy muassasada suv baki va sisterna oʻrnatiladi.


⚡️ Ushbu maqsadlar uchun shu yilning oʻzida byudjetdan 780 milliard soʻm ajratiladi. Har bir ijtimoiy soha muassasasi toza, ozoda boʻlishi, unda odamlar uchun qulay sanitar-gigiyena sharoiti yaratilishi shartligi qayd etildi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Davlatimiz rahbarining tegishli qarori bilan:


Karimova Eʻzozxon Gapirjоnovna Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Uzoq yillar turli taʼlim maskanlarida mehnat qilib kelgan E. Karimova 2021-yilda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi boʻlimi boshligʻi, 2021-2023-yillarda Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi lavozimlarida ishladi.

2023-2024-yillarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori vazifasida ish olib bordi.

Vazirlik jamoasi Eʻzozxon Karimovaga maktabgacha va maktab taʼlimi sohasidagi kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hazorasp_IM
#9_may_xotira_va_qadrlash_kuni

🏣Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

✅️ Tadbirda faol qatnashgan o'quvchilar maktab rahbariyatining faxriy yorlig'i va qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlandilar.

📌 Bu kabi ma’rifiy tadbirlar tarixni, ajdodlarni xotirlash bilan birga  o‘quvchi yoshlarimizda Ona Vatanga muhabbat, tinch va osuda kunlarga shukronalik hissini  oshirishga xizmat qiladi.

🛎 Bizni kuzatishda davom eting.
        https://t.iss.one/HazoraspIMA
O‘zbekistonliklar 9-may munosabati bilan necha kun dam oladi?

Joriy yil 9-may – Xotira va qadrlash kuni juma kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Qo’shimcha dam olish kunlari nazarda tutilmagan, shu sababli juma kuni hamma dam oladi, qolgan kunlari odatiy rejim qo’llanadi.

9-may, juma — barcha uchun dam olish kuni;

10-may, shanba — 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga ish;

11-may, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni.


👉 @xushnudbek 👈
#Hazorasp_IM
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni
#5_tashabbus

     Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabida 9-may–"Xotira va qadrlash kuni"ga bag‘ishlab sinflar o‘rtasida minifutbol turniri o'tkazildi.

     ⚽️🏆 Musobaqa do‘stlik va ahillik muhitida bo‘lib o‘tdi. G‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

     ✅️Mazkur turnir yoshlar qalbida sog‘lom turmush tarzi, jamoaviylik va tarixga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qiladi.

🛎 Bizni kuzatishda davom eting.
        https://t.iss.one/HazoraspIMA