Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
666 subscribers
3.9K photos
161 videos
11 files
1.1K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hazorasp ixtisoslashtirilgan maktabining telegram kanali
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#xonatlas_haftaligi
#Hazorasp_IM

🌈 Ushbu haftada o‘zbek xalqining asrlik o‘tmish madaniyati, urf-odat va an’analari, estetik qarashlari shuningdek, tashqi qiyofa, libos borasida o‘ziga xos xususiyatlarini namoyish etish, yosh avlodda milliy g‘urur hissini uyg‘otish maqsadida butun Respublikamiz bo'ylab "Xon atlas" festivali o'tkazilyapti.

🇺🇿Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabida festival doirasida milliy liboslar ko'rgazmalari va o'quvchilar tomonidan fleshmoblar o'tkazildi.

“Xon atlas” haftaligi 14-aprelga qadar davom etadi.

🚨Bizni kuzatishda davom eting.
      https://t.iss.one/HazoraspIMA
“HOKIM KUBOGI” GʻOLIBLARINI TAQDIRLASH VA YANGI MASUMGA START BERISH MAROSIMI O‘TKAZILDI

Bugun yil davomida o‘tkazilgan “Viloyat hokimi olimpiadasi”ning yakuni sifatida tashkil etilgan "HOKIM KUBOGI" da g‘olib bo‘lgan 10 nafar o‘quvchini taqdirlash va yangi mavsumga start berish marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov ishtirok qilib, g‘olib o‘quvchilarni taqdirladi hamda yangi masumda o‘quvchilarga omad tiladi.

Olimpiadaning ushbu mavsumdagi 1-turi 5-, 6-, 7-, 8-sinf o‘quvchilari uchun matematika fanidan o‘tkazildi.

Ushbu olimpiadada 205 nafar o‘quvchi ishtirok qildi va g‘oliblar 3 mln, 4 mln va 5 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Vazir Xilola Umarovani yaqindan taniysizmi?

Bugun biz Xilola Umarova haqidagi ayrim ma’lumotlarni bir joyga jamlab, kuzatuvchilarimizga ulashishni lozim topdik.

Unda siz asli Germaniyada tug'ilgan Umarovaning yoshligi qanday kechgani, talabalik davri, Prezident maktabiga kirolmagan qizi hamda vazir lavozimiga tayinlangunga qadar bosib o'tgan yo'li haqida ayrim qiziq ma'lumotlar bilan ham tanishasiz.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/597

Telegram I Facebook I YouTube
Forwarded from Xorazm info
Taʼziya

ERKIN SAMANDAR VAFOT ETDI

Bugun O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir, nosir va dramaturg Erkin Samandar vafot etdi.
Erkin Samandar 1935-yilning 22-martida Xorazm viloyatining Xonqa tumanidagi Navxos qishlog‘ida dunyoga kelgan. 1957-yili viloyat Pedogogika institutini, 1967-yili O‘zFA Til va adabiyot institutining aspiranturasini tamomlagan. O‘zbekiston televideniyesi “Yoshlik” studiyasining bosh muharriri, adabiy-dramatik eshittirishlar dasturining bosh muharriri, “Xorazm haqiqati” viloyat gazetasining muharriri vazifalarida faoliyat ko‘rsatgan.
Birinchi sheʼriy to‘plami “Amu jilolalari” (1966) nomi bilan chop qilingan. Shuningdek, uning “Dunyoning yoshligi” (1968), “Osmon to‘la nur” (1970), “Vafo degan gavhar” (1973), “Mening yigitlik vaqtim” (saylanma, 1979), “Qabul soatlari” (1980), “Sohildagi bolalar” (1982), “Яблоня во дворе” (Moskva, 1982), “Bahor oqshomlari” (1984), “Шедрост рассвета” (1985), “Sevgi fasllari” (1987), “Bu bog‘ni qaysi bog‘ derlar” (1988), “Sevgi kitobi” (1996), “Va yana bahor” (2010, Sayyora Samandar bilan hammualliflikda), “Ko‘ngil yoshligi” (2010) kabi sheʼriy to‘plamlari nashr etilgan. “Osmonning tosh tulpori”, “Oltin sandiq”, “Qo‘shiq izlab”, “Samarqandni oshiqlar qurgan” kabi dostonlari, 100 dan ortiq qo‘shiqlar muallifidir.
Erkin Samandar tarixiy mavzuda yaratilgan “Daryosini yo‘qotgan qirg‘oq” (roman, 1989), “Tangri qudug‘i” (roman, birinchi kitob 1989), “Quduq tubidan sadolar” (roman, ikkinchi kitob, 1989), “Pahlavon Mahmud Puryoyvaliy” (2000), “Sulton Jaloliddin” (roman, 2007), “Quyun yuzlari yoxud Ogahiy” (roman, 2009), “G‘ayb qushlari” (roman, qissa va hikoyalar, 2011) kabi kitoblar muallifi hamdir.
Dramaturg sifatida “Javohir” (musiqali drama, 1984), “Ajdodlar qilichi” (tarixiy drama, 1986), “Jaloliddin Manguberdi” (“Yot hujra”, pyesa, 1988), “Bashorat” (musiqali drama, 1988), “Arabmuhammad” (tarixiy drama, 1992), “Dilda borim” (musiqali komediya, 2012) kabi sahna asarlarini yozdi. “Avaz O‘tar”, “Madraim Sheroziy”, “Ming otlilar diyori”, “Ogahiy qo‘lini olgan rais”, “Xiva”, “Qum sayli” kabi hujjatli-publitsistik filmlar yaratdi, ko‘plab esselar yozdi.
Xorazm viloyat musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan “Dilda borim” (2012) va “Jaloliddin Manguberdi” (2019) spektakllari sahnalashtirilgan.
Erkin Samandar milliy adabiyotimiz va jurnalistikamizni rivojlantirishdagi samarali hissasi uchun Vatanimizning oliy mukofotlari – “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist (1990) faxriy unvoni va “Do‘stlik” (2015) ordeniga sazovor bo‘lgan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi va ko‘p sonli aʼzolari uyushma aʼzosi Erkin Samandarning vafoti munosabati bilan uning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Janoza namozi ertaga, 14-aprel kuni soat 12:00da Urganch shahri Jaloliddin Manguberdi ko‘chasi, 60-uy, shoir xonadonida o‘qiladi. Mo‘ljal: Viloyat bojxona boshqarmasi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
#Hazorasp_IM_

🔰Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf o'quvchilaridan sinov testi olindi.

Oʻquvchilardan olingan soʻravnoma asosida DTM test markazidan buyurtma asosida olib kelingan blok testlar orqali oʻquvchilar kirish imtihonlaridan  oldin oʻz bilimlarini yana bir bor sinab koʻrishdi.

Natijalar tez orada e'lon qilinadi.


🚨Bizni kuzatishda davom eting.
      https://t.iss.one/HazoraspIMA
#Hazorasp_IM_
#Bizning_shunday_òquvchilarimiz_bor

🔰Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
ning 11-sinf o'quvchisi

Rustamova Rayxona

ona tili va adabiyoti
fanidan o'tkazilgan milliy sertifikat imtihonidan universitet kirish imtihonlarida maksimal ball beradigan sertifikat sohibasi bo'ldi.

📎Eslatib o'tish joizki, Rayxona bugunga qadar ingliz tilidan IELTS imtihonida 7,5 ball ham qo'lga kiritgan edi.

👏 O'quvchimiz o'zi orzu qilgan O'zbekiston Davlat Jahon tillari universitetining ingliz filologiyasi yo'nalishiga 2 ta asosiy fandan kirish imtihonlarida 100%lik natijani naqd etib, talaba bo'lishini muddatidan oldin kafolatlab ulgurdi.

Rustamova Rayxona , uning ota-onasi va ustozlarini chin dildan tabriklaymiz!
https://t.iss.one/HazoraspIMA
#Hazorasp_IM_
#Bizning_shunday_oʼquvchilarimiz_bor

🔰Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabi
ning 11-sinf o'quvchisi

Atabayeva Ozoda

ona tili va adabiyoti
fanidan o'tkazilgan milliy sertifikat imtihonidan universitet kirish imtihonlarida maksimal ball beradigan sertifikat sohibasi bo'ldi.

📎Eslatib o'tish joizki, Ozoda bugunga qadar ingliz tilidan IELTS imtihonida 6,5 ball ham qo'lga kiritgan edi.

👏 O'quvchimiz o'zi orzu qilgan O'zbekiston Davlat Jahon tillari universitetining ingliz filologiyasi yo'nalishiga 2 ta asosiy fandan kirish imtihonlarida 100%lik natijani naqd etib, talaba bo'lishini muddatidan oldin kafolatlab ulgurdi.

Atabayeva Ozoda , uning ota-onasi va ustozlarini chin dildan tabriklaymiz!
https://t.iss.one/HazoraspIMA