IMA Hazorasp
440 subscribers
2.65K photos
119 videos
7 files
758 links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hazorasp ixtisoslashtirilgan maktabining telegram kanali
Download Telegram
#seminar
#imtihon_2023

📆 Prezident maktablari imtihonlarining birinchi bosqichi 15-iyul kuni boshlanishi munosabati bilan bugun Xorazm viloyatidagi jarayonlarda guruh rahbari va nazoratchisi sifatida faoliyat olib boradigan mas'ullarga seminar tashkil qilindi.

✔️ Seminarni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi bo‘lim boshlig‘i, ishchi guruh rahbari S.Nazarov, Xorazm viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i X.Bektemirov, boshliq o‘rinbosari S.Abdullayev, Bilim va malakalarni baholash Xorazm viloyati sho‘ba mudiri B.Yakubovlar tomonidan o‘tkazildi.

Shuningdek, seminar davomida STEM olimpiadasining Agentlik bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarning ustozlariga tashakkurnomalar topshirildi.

🗣Ma'lumot uchun 15-iyul kuni Imtihonlar 3 smenada – 08:00, 12:00 va 17:00 da bo‘lib o‘tadi.

🌐 Telegram | Facebook
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг қўшма мажлисида Ўзбекистон Республикаси сайланган Президенти Шавкат Мирзиёев тантанали қасамёд қилиб, ўз лавозимига киришди.

Айни пайтда давлатимиз раҳбари нутқ сўзламоқда.

"Менга юксак ишонч билдириб, Ўзбекистон Республикаси Президенти этиб сайлаган барча юртдошларимга яна бир бор чин қалбимдан самимий миннатдорчилик билдираман.

Муқаддас Ватанимиз тимсоли ва мустақиллигимиз рамзи бўлган Ўзбекистон Республикаси давлат байроғига, мадҳиямиз ва гербимизга, менга топширилган Президентлик Олий нишони ва байроғига юксак ҳурмат бажо келтираман.

Ўзбекистон Республикаси Президенти лавозимига сайланишимни мен инсон ҳуқуқ ва эркинликларини, халқ манфаатини таъминлашга қаратилган сиёсатимизнинг яна бир юксак эътирофи сифатида қабул қиламан", – деди Президент.

Facebook|Instagram|Twitter
#Bilasizmi

“ENG ISTE’DODLI KITOBXON” ADABIY TANLOVI!

⚡️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan yozgi ta’til davrini foydali o‘tkazish maqsadida “Ta'tilda - kitob bilan” shiori ostida tashkil etilgan “Eng iste’dodli kitobxon” adabiy tanlovida kuniga 1000 ga yaqin o‘quvchilar faol ishtirok etishmoqda.

🖍 AZIZ O‘QUVCHILAR!
USHBU TANLOVDAN XABARDORMISIZ? SIZ HAM ISHTIROK ETYAPSIZMI? HALI ULGURMAGAN BO‘LSANGIZ SHOSHILING!


📚 “Eng iste’dodli kitobxon” adabiy tanlovi joriy yilning 5-iyul kunidan 28-iyul kuniga qadar Respublika bolalar kutubxonasining facebookdagi sahifasida bo‘lib o‘tadi.

📃 Tanlov nizomi bilan tanishing!

Tanlovda qatnashish uchun Respublika bolalar kutubxonasining telegramdagi rasmiy sahifasiga ulanish lozim;

🎁 Ushbu tanlovda faol ishtirok eting va g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Respublika bolalar kutubxonasining esdalik sovg‘alariga ega bo‘ling!

📝 Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
#ONLAYN_VIKTORINA

📌DIQQAT! ONLAYN VIKTORINA!

🔰Xorazm
viloyat Bolalar kutubxonasi tomonidan o‘quvchilarning ma’naviy dunyosini boyitish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish va yozgi ta’til davrida bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida "Ta'lilda kitob bilan" shiori ostida "Bilimdon kitobxon" mavzusida "Xorazm VBK" kanalida onlayn viktorina o‘tkaziladi.

🗓Viktorina 2023-yil 19-21-iyul kunlari soat 11:00 dan 16:00 gacha Xorazm viloyat Bolalar kutubxonasining " Xorazm VBK" telegram kanalida onlayn shaklda o‘tkaziladi.

🏆Savollarga birinchi bo'lib to'g'ri javob bergan o'quvchi go'lib deb topiladi va Bolalar kutubxonasining faxriy yorlig'i bilan taqdirlanadi.

Javoblarni @Xorazmbolalarkutubxona manziliga yuboring

#Xorazm_viloyat_Bolalar_kutubxonasi_axborot_xizmati

Web-site|Telegram|Facebook|Instagram| You tube
#Bugun

20-iyul ‐ Xalqaro shaxmat kuni

Butunjahon shaxmat kuni har yili 20-iyulda nishonlanadi. Bu dunyodagi eng qadimgi va eng mashhur stol o'yinlaridan biri bo'lgan shaxmat o'yinini targ'ib qilish va nishonlashga bag'ishlangan kun.

✔️ Butunjahon shaxmat kunini nishonlash gʻoyasi 1966-yilda 1924-yil 20-iyulda Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tashkil topgan kunni nishonlash maqsadida YuNESKO (Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taʼlim, Fan va Madaniyat tashkiloti) tomonidan taklif qilingan.

Shaxmat nafaqat ko'ngilochar mashg'ulot, balki sport va intellektual mashg'ulot ham hisoblanadi. Bu strategik fikrlash, muammolarni hal qilish qobiliyati, diqqatni jamlash va sabr-toqatni talab qiladi. U xotirani, tanqidiy fikrlash qobiliyatini va qaror qabul qilish ko'nikmalarini oshirishni o'z ichiga olgan ta'lim afzalliklari bilan tan olingan.

🌐 Telegram | Facebook
#imtihon_2023
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

📣 AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

❗️Yangi tashkil etilgan 166 ta Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlari hamda 13 ta yangi ochiladigan Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining imtihonlari joriy yilning 28-30-iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-11-sinflarga o‘tkaziladi.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

⬇️SMS-xabarnoma borgandan so‘ng, ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet” iga o‘z ID raqamini kiritishi kerak.

🔹 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MAS'ULLAR O'QUV YILIGA TAYYORGARLIK VA YANGI TAHRIRDAGI “ODOB-AXLOQ QOIDALARI"NI MUHOKAMA QILISHDI

🔴 Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalarni belgilab olish” mavzusida Respublika o‘quv-seminari bo‘lib o‘tmoqda.

✔️ Tadbirni kirish so‘zi bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Odil Abdurahmonov ochib berdi:

- Tarbiyaga barcha - o'qituvchi, ota-ona va jamiyat birdek mas'uldir. Bu borada sabablarni to‘g‘ri bahololmaganimiz, amalga oshirilayotgan ishlardan natija ololmaganimiz tufayli hozirgi nuqtaga kelib qoldik. Jahonda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar fonida ma'naviyat va tarbiya masalasi yanada muhimroq ahamiyat kasb etmoqda. Bizning kelajakka qo‘ygan rejalarimiz, intilayotgan marralarimiz juda katta. Bu yo'lda esa ma'nan barkamol, vatanparvar yoshlarga ehtiyojimiz bor.

✔️ Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova:

-
Bu seminar-treninglar yig'ilish emas, balki mulohazalar, takliflar uchun ochiq maydon tarzida o'tishini istardim. Biz ko'tarayotgan mavzu juda muhim, unda har biringizning taklifingiz soha rivojida alohida ahamiyat kasb etadi. Bugun maktablar uchun “Odob-axloq qoidalari"ning yangi tahririni birgalikda ko‘rib chiqamiz. Men sizlar tomoningizdan bildiriladigan barcha takliflarga ochiqman. Zero, o‘quvchilarimizni yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qiluvchi yoshlar etib tarbiyalashda biz hammamiz bir jamoamiz, bitta kemadamiz.

✔️ Dilshod Kenjayev, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari:

- Bugungi ta'lim jarayonini tarbiyadan alohida tasavvur etib bo‘lmaydi. Biz sizlar bilan sohaga oid muammolar va ularning yechimlarini ko'rib chiqish uchun yig'ilganmiz. Har bir taklif ustida alohida ishlaymiz. Bu esa yagona maqsad yo‘lida bitta jamoa bo‘lib ishlashga yordam beradi.

👉 Batafsil: https://www.uzedu.uz/y3/news/1151
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM