IMA Hazorasp
440 subscribers
2.59K photos
113 videos
7 files
740 links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hazorasp ixtisoslashtirilgan maktabining telegram kanali
Download Telegram
Maktablarimizning aziz bitiruvchilari!

Sizlarni maktablarimizni muvaffaqiyatli tamomlab, begʻubor oʻquvchilik yillaringizni ortda qoldirib mustaqil hayot sari ilk qadam tashlayotganingiz bilan chin dildan tabriklayman.

Mustaqil hayot goʻzal va jozibali, albatta. Shu bilan bir qatorda sizdan katta masʼuliyat va ulkan shijoat ham talab etadi. Ishonamanki, jonajon maktablaringizda mehribon ustoz-murabbiylaringizdan olgan taʼlim-tarbiyangiz hayot yoʻllaringizni oʻchmas mashʼala misol hamisha yoritib turadi.

Maktabni tamomlamasdan turib Garvard, Chicago, California, Pennsylvania, Cardiff, Arizona, Nottingham kabi dunyoning nufuzli Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilinganingiz bilan tabriklayman.

Yurtimizda mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi zamonaviy Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni joriy yilda 4293 nafar yigit-qizlarimiz tamomlamoqda. Prezidentimiz aytganlaridek, sizdek tirishqoq va intiluvchan farzandlarimiz – bizning ishonchimiz va tayanchimiz, Yangi Oʻzbekistonning oltin fondi, bebaho xazinasidir.

Qadrli oʻqituvchi va ustozlarimiz!

Shunday hayajonli daqiqalarda Sizlarning sharafli va masʼuliyatli kasbingizga sadoqat va fidoiylik bilan yondashib, har bir oʻquvchini oʻz farzandingizday bilib ularga bilim berganingizni alohida taʼkidlab oʻtmoqchiman.

Muhtaram muallim va murabbiylar Sizlarning zamon bilan hamnafas fikrlashingiz, oʻz ustingizda tinimsiz mehnat qilayotganingiz, izlanish va talabchanligingiz, qolaversa, mashaqqatli xizmatlaringiz sabab oʻquvchilarimiz barcha sohalarda yuksak marralarni qoʻlga kiritib kelmoqda.

Aziz oʻquvchilar!

“Soʻngi qoʻngʻiroq” sadolarini katta hayotga kirish uchun chalingan bong deb qabul qiling.

Davlatimiz rahbari taʼkidlaganlaridek, sizlar inson har tomonlama erkin, ozod va farovon yashaydigan yangi Oʻzbekiston, yangi Renessans bunyodkorisizlar.

Oʻrganish va izlanishdan aslo charchamang!

Barchangizga oʻqish va ishlaringizda omad tilayman.

Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari
agentligi direktori
Ҳурматли битирувчилар!
Азиз ўғил-қизларим!

Аввало, барчангизни бугунги янграётган ва етуклик шаҳодатномасини қўлингизга олиб, мустақил ҳаётга қадам қўяётганингиз билан муборакбод этаман.
Бугун “Сўнгги қўнғироқ” жаранглари остида туманимиздаги 53 та мактабларда 1942 нафар ёшларимиз қадрдон мактаблари, меҳрибон устозлари билан хайрлашмоқда. Айниқса, 61 нафар битирувчиларимиз ўқишни олтин, 21 нафари кумуш медали билан якунлаётгани байрам шукуҳини янада оширмоқда.
Ишонамизки, мактабни тугатётган йигит-қизларимиз келгусида эл-юртимизнинг меҳри ва эътиборида бўлиб, тинимсиз изланиб, замонавий билимларни эгаллаб, билим ва тажрибаларини ошириб, режа ва мақсадлари сари дадил ҳаракат қиладилар ва албатта катта марраларни қўлга киритадилар ҳамда юртимизнинг равнақи ва гуллаб яшнаши, ривожланиши йўлида ўз ҳиссаларини қўшадилар.
Сизларни яна бир бора мактаб таълимини муваффақиятли тамомлаганингиз билан самимий табриклайман. Мустақил ҳаётдаги қадамларингиз қутлуғ ва баракали бўлсин!

Ҳазорасп туман ҳокими
Зафар Абдиримов.
#JARANGLAYDI_SÒNGGI_QÒNĞIROQ

Bugun Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "So'nggi qo'ng'iroq" tadbiri o'tkazildi.

Tadbirda Xorazm viloyati hokimi o'rinbosari O'.R.Masharipov va Hazorasp tuman hokimi Z.A.Abdirimovlar ishtirok etdilar.

📌 Davlatimiz madhiyasi sadolari ostida boshlangan tadbirda viloyat hokimi o'rinbosari O'.R.Masharipov O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Umumiy o'rta ta'lim maktablarining bitiruvchi yoshlariga" yo'llagan bayram tabrigini o'qib eshittirdi.
Tadbirda so'zga chiqqan tuman hokimi Z.A.Abdirimov bitiruvchi yoshlarni tabriklab ularga ezgu tilaklarini bildirdi.

Tadbir davomida o'quv yilida yuqori natijalarga erishgan ustozlar va o'quvchilar munosib taqdirlandi.

🛎 Maktab uzra jaranglagan so'nggi qo'ng'iroq sadolari o'g'il-qizlarni yangi maqsadlar va yuksak orzular sari dadil qadam tashlashga undadi.


🛎Bizni kuzatishda davom eting.
      https://t.iss.one/HazoraspIMA
#Taqdirlash_marosimi
#Agentlik_olimpiadasi

G‘OLIBLAR TAQDIRLANDI

📌
Joriy yilning 12-13-may kunlari STEM fanlari bo'yicha olimpiadaning Agentlik bosqichi o'tkazilgan edi. Unda viloyat bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan 882 nafar o'quvchi ishtirok etdi. Olimpiadaning yakuniy natijalariga ko'ra g‘olib bo'lgan o‘quvchilarga Agentlik sovg‘alari 25-may kuni tantanali ravishda topshirildi.

Xorazm viloyatidan 5 nafar g'oliblarni taqdirlash marosimi Xiva shahridagi Prezident maktabida bo'lib o'tdi.
🎶 Tadbir oldidan Prezident maktabining "Milliy musiqa" to'garagi a'zolari hisobot konserti o'tkazildi.

Qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlangan olimpiada g'oliblari bilan tanishing:

⭐️ Rajabov Dilshod- Hazorasp IM- Fizika- 9-sinf- 1-o'rin

⭐️ Ko'palov Shohjahon - Xiva PM- Matematika- 6-sinf- 1-o'rin

⭐️ Egamberdiyev Maqsadbek - Bog'ot IM- Matematika- 9-sinf- 2-o'rin

⭐️ Xudayberganov Ollanazar- Shovot IMI- Informatika - 5-sinf -1-o'rin

⭐️ Yaqubov Iso - Bog'ot IM- Informatika- 5-sinf -2-o'rin

🌐
Telegram | Facebook