Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
679 subscribers
3.88K photos
160 videos
10 files
1.09K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hazorasp ixtisoslashtirilgan maktabining telegram kanali
Download Telegram
#Hazorasp_IM
#Alisher_Navoiy_583
#Bobur_541
#Davra_suhbat

🇺🇿Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan maktabimiz ona-tili va adabiyot o'qituvchilari va o'quvchilar o'rtasida davra suhbati o'tkazildi.

✅️ Davra suhbat davomida o'quvchilar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur bobolarimizning serqirra ijodi va yoshlarimizga o'rnak bo'lgudek yaxshi fazilat egalari ekanligi haqida keng ma'lumotlar berildi.

🛎Bizni kuzatishda davom eting.
      https://t.iss.one/HazoraspIMA
#Al_Xorazmiy_olimpiadasi
#IGeo
#IEO

Bugun Xorazm viloyatidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab va maktab-internatlari o'quvchilari o'rtasida

📍Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasi,
📍Xalqaro iqtisod olimpiadasi (IEO) hamda
📍Xalqaro geografiya olimpiadasi (IGeo) ga saralashning hududiy bosqichi o‘tkazildi.

📸 Jarayondan fotolavhalar
.

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from Hilola Umarova
#Bobur_tavalludining_541_yilligi

Bugun O‘rta asr sharq tarixi, madaniyati va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan shoir, tarixnavis va yirik davlat arbobi — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

Bobur o'zining beqiyos aql-zakovati bilan tarixda munosib iz qoldirdi, Hindistonda buyuk Boburiylar sulolasiga asos soldi, o‘z davrining ilm-fan hamda madaniyati rivojiga munosib hissa qo‘shdi.

Uning o‘zbek tilida yozilgan "Boburnoma" asari o‘sha davrga oid bebaho tarixiy manba hisoblanadi. Unda Bobur yashagan davr, ijtimoiy-siyosiy hayot hamda voqealar go‘zal badiiy tasvir va mahorat bilan aks ettirilgan.

Bobur Mirzoning boshqa o‘nlab asarlari, g‘azal va ruboiylari o‘zbek she’riyati tarixida katta o‘rin tutuvchi ulkan xazina hisoblanadi.

Bobur — shaxs va ijodkor sifatida bugungi avlod uchun o‘lmas namunadir.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bobur_541

Zahiriddin, bu qanday savdo,
Qora hijrat sari yuz tutmoq?
Yuragingni etar-ku ado,
Tirik turib, Vatandan ketmoq?!
"...Zahiriddin, ortga bir qara,
Ortga boq, ey, sheri sargardon,
Axir, keyin tushlaringda ham,
Bu tuproqni ko‘rmog‘ing gumon”.
✍️Xurshid Davron

▪️Bugun ulug‘ o‘zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi, Boburiylar saltanati asoschisi - Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 541 yil to‘ldi.

🎞 Bobur hikmatli so'zlaridan tinglang

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Hazorasp_IM
#Bobur_541
#Bobur_day

🇺🇿Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 5-''A'' va 6-''B'' sinf o'quvchilari ishtirokida buyuk shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligiga bag'ishlab tayyorlagan chellenj.

     🛎Bizni kuzatishda davom eting.
      https://t.iss.one/HazoraspIMA
#Hazorasp_tuman_IM
#BOBUR_DAY

🇺🇿Ixtisoslashtirilgan  ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 2024 yilning 14-fevral kuni Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan "Bobur kabi seving Vatanni" mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

📌
Kechada Bobur hayoti va ijodiga bagʻishlangan sahna koʻrinishlari namoyish etildi.Shuningdek, o'quvchi-yoshlar tomonidan g'azal va ruboiylar aytildi.
✅️
Adabiy kechani tashkil qilishdan maqsad:Bobur bobomizdek buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari bo'lish, shuningdek milliy g'urur, faxr-iftixor tuyg'ularini o`quvchi-yoshlar qalbiga singdirish, vatanparvarlikni oshirish!

🛎Bizni kuzatishda davom eting.
      https://t.iss.one/HazoraspIMA