Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
679 subscribers
3.88K photos
160 videos
10 files
1.09K links
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Hazorasp ixtisoslashtirilgan maktabining telegram kanali
Download Telegram
"Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2015-yil 22-dekabrdagi 70-sessiyasida 11-fevral-"Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni" sifatida rasman e'lon qilinib, 2016- yildan boshlab mazkur sana dunyoning ko'plab davlatlarida nishonlanib kelinmoqda.


🇺🇿Shu munosabat bilan Respublika miqyosida "Ilmli ayol-jamiyat ko'zgusi" mavzusida tashkil etilgan haftalik doirasida Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ziyoli ayollar ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi.

📌Tadbirda so'zga chiqqan ilm-fan, ta'lim, san'at, madaniyat, jurnalistika va boshqa sohalarda yutuqlarga erishgan, yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan ayollar davlatimizda ayollarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar haqida yoshlarga gapirib o'tdilar.
✅️Mazkur tadbir o'quvchi yoshlarda o'zgacha taassurotlar qoldirib, ularning ilmga bo'lgan qiziqishlarini yanada ortishiga zamin yaratdi.

🛎Bizni kuzatishda davom eting.
      https://t.iss.one/HazoraspIMA
#Hazorasp_IM
#Alisher_Navoiy_583
#Bobur_541
#Davra_suhbat

🇺🇿Hazorasp tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan maktabimiz ona-tili va adabiyot o'qituvchilari va o'quvchilar o'rtasida davra suhbati o'tkazildi.

✅️ Davra suhbat davomida o'quvchilar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur bobolarimizning serqirra ijodi va yoshlarimizga o'rnak bo'lgudek yaxshi fazilat egalari ekanligi haqida keng ma'lumotlar berildi.

🛎Bizni kuzatishda davom eting.
      https://t.iss.one/HazoraspIMA
#Al_Xorazmiy_olimpiadasi
#IGeo
#IEO

Bugun Xorazm viloyatidagi Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab va maktab-internatlari o'quvchilari o'rtasida

📍Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasi,
📍Xalqaro iqtisod olimpiadasi (IEO) hamda
📍Xalqaro geografiya olimpiadasi (IGeo) ga saralashning hududiy bosqichi o‘tkazildi.

📸 Jarayondan fotolavhalar
.

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from Hilola Umarova
#Bobur_tavalludining_541_yilligi

Bugun O‘rta asr sharq tarixi, madaniyati va she’riyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan shoir, tarixnavis va yirik davlat arbobi — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun.

Bobur o'zining beqiyos aql-zakovati bilan tarixda munosib iz qoldirdi, Hindistonda buyuk Boburiylar sulolasiga asos soldi, o‘z davrining ilm-fan hamda madaniyati rivojiga munosib hissa qo‘shdi.

Uning o‘zbek tilida yozilgan "Boburnoma" asari o‘sha davrga oid bebaho tarixiy manba hisoblanadi. Unda Bobur yashagan davr, ijtimoiy-siyosiy hayot hamda voqealar go‘zal badiiy tasvir va mahorat bilan aks ettirilgan.

Bobur Mirzoning boshqa o‘nlab asarlari, g‘azal va ruboiylari o‘zbek she’riyati tarixida katta o‘rin tutuvchi ulkan xazina hisoblanadi.

Bobur — shaxs va ijodkor sifatida bugungi avlod uchun o‘lmas namunadir.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bobur_541

Zahiriddin, bu qanday savdo,
Qora hijrat sari yuz tutmoq?
Yuragingni etar-ku ado,
Tirik turib, Vatandan ketmoq?!
"...Zahiriddin, ortga bir qara,
Ortga boq, ey, sheri sargardon,
Axir, keyin tushlaringda ham,
Bu tuproqni ko‘rmog‘ing gumon”.
✍️Xurshid Davron

▪️Bugun ulug‘ o‘zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi, Boburiylar saltanati asoschisi - Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 541 yil to‘ldi.

🎞 Bobur hikmatli so'zlaridan tinglang

🌐 Telegram | Facebook